О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

0 ‘ylab javob bering:
1. «Yuragi qinidan chiqayozdi», «qo'rqqanidan eti jimirlab ketdi». «tepa sochi tikka 
bo'ldi», «lavlagidek qizarib ketdi» iboralari qanday hissiyot bilan bog'liq?
2. Ifodali xatti-harakatni hissiyot tili deyishadi. Ayting-chi, qo‘lini paxsa qilib, boshini 
oldinga siltab gapirayotgan kishi nima demoqchi?
149


49-§. Xotira
Xotiraning ahamiyati. Odam ko‘rgan narsalarining qiyofasini, eshitgan yoki 
guvohi bo‘lgan voqea va hodisalarni ma’lum vaqt davomida eslab qoladi. Odam 
eslab qolish tufayli o‘rganadi.
Xotira - shaxsiy tajribaning to‘plcmib borishi, esda saqlab qolinishi va qayta 
hosil qilirushidan iborai. Xotira markaziy nerv sistemasida sodir bo‘ladigan xilma- 
xil va murakkab jarayonlar bilan bog‘liq. ‘rganish xotira orqali amalga oshadi.
Xotira turlari. Odamning nimani eslab qolishiga ko‘ra xotira 4 xilga bo‘linadi.
Harakat xotirasi turli harakatlar orqali yozish, sport mashqlarini bajarish, 
raqsga tushish, transport vositalarini boshqarish kabi amallarni o‘rganib olishdan 
iborat. Harakat xotirasi bosh miya yarimsharlari po‘stlog‘ining tepa qismi bilan 
bog‘liq.
Obrazli xotira odamlar qiyofasi, tabiat ko'rinishlari, musiqa ohangi va nar- 
salar hidini eslab qolishga yordam beradi. Obrazli xotira artistlar, musawirlar, 
yozuvchilar, bastakorlarda ayniqsa yaxshi rivojlangan. Obrazli xotira bosh miya 
yarimsharlari chakka va ensa qismlaridagi eshitish va ko'rish markazlarida 
qoladigan izlar bilan bog‘liq.
Emotsional (hissiyotli) xotira odamning o‘z boshidan o'tkazgan his-tuyg‘ularini 
esda saqlab qolishdan iborat. Emotsional xotira hamma odamda rivojlangan bo‘ladi. 
Bunday xotira hissiy qo‘zg‘alishda ajralib chiqadigan gormonlar bilan bog'liq. 
Emotsional xotira tufayli boshqa odamning boshidan o'tganlarini his etib, unga 
hamdard bo‘lamiz.
Og'zaki xotira o'qilgan va eshitilgan so'zlarni esda saqlab qolishdan iborat. 
Xotiraning barcha turlari o‘zaro bog‘liq. Odatda, har qanday axborot bir necha 
xotira ishtirokida chuqurroq eslab qolinadi.
Xotira uzoq va qisqa muddatli, ixtiyoriy va ixtiyorsiz bo‘ladi. Uzoq muddatli 
xotira izi uzoq vaqt, ba'zan umrbod saqlanib qoladi. Ixtiyorsiz xotira odamning 
xohishiga bog‘liq bo‘lmaydi. Odatda, kuchli taassurot qoldiradigan, odam uchun 
muhim bo‘lgan narsalar va hodisalar eslab qolinadi. Ixtiyoriy xotira odamning 
muayyan narsa va hodisalarni eslab qolishga urinishi, buning uchun maxsus 
metodlardan foydalanishi bilan bog'liq. Xotira 25 yoshlarda eng yaxshi rivojlangan 
bo‘ladi, 50 yoshgacha yaxshi saqlanadi. Shundan so‘ng asta-sekin pasayib boradi. 
Kasbiy xotira uzoq vaqt saqlanib qoladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling