О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 0 ‘ylab javob bering
- Muskullarning rivojlanishi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Muskullar va ular uchun xos belgilarni juftlab yozing: A - skelet muskullari, В - yurak muskullari, D silliq muskullar; 1 tolalari duksimon kalta, sekin va kuchsiz qisqaradi, 2 - tolalari ingichka, ayrim qismlaxi orqali o‘zaxo yopishgan, tez va kuchli qisqaradi, 3 - tolalari ingichka, uzun, ko‘ndalang chiziqli, tez va kuchli qisqaradi. 2. Muskullar va ular funksiyasini juftlab yozing: A - skelet muskullari, В - yurak muskullari, D - silliq muskullar, E - bukuvchi muskullar, F - yozuvchi muskullar; 1 qo'l va oyoqni bo‘g‘imdan yozadi, 2 organlarni harakatlantiradi, 3 qo‘l va oyoqni bo‘g‘imdan bukadi, 4 - yurakdan qonni haydaydi, 5 - ichki organlar devorini qoplab turadi. 0 ‘ylab javob bering: 1. Nima sababdan jismoniy mehnat qilib charchaganda muskullarda og‘riq paydo bo‘- ladi, dam olgandan so‘ng og‘riq yo'qoladi? 2. Nima sababdan musiqa eshitib, jismoniy mehnat qilgan kishi tez charchamaydi? 39 13-§. Muskullarning rivojlanishi, odam qad-qomatining shakllanishi Muskullarning rivojlanishi. Skelet va muskullar odamning yoshlik davrida tez o‘sib, rivojlanadi. Muskullar 17 yoshgacha, ayniqsa, jadal o‘sadi. Bola o‘sishi va rivojlanishi bilan uning harakatlari ham xilma-xil bo‘lib, murakkablasha boradi. 18 yoshli bola muskullari massasi katta yoshdagi odam muskullariga teng bo'ladi. Mehnat qilish, jismoniy mashq va sport bilan shug'ullanish skeletning to‘g‘ii shakllanishi, suyaklarning tez o‘sib, pishiq bo‘lishiga va muskullarning kuchli ri vojlanishiga yordam beradi. Suyaklar va muskullarning rivojlanishi o‘zaro cham- barchas bogMangan, Muskullar rivojlanishi suyaklarga ham katta ta’sir ko‘r- satadi. Shu sababdan muskullar qancha kuchli rivojlansa, suyaklar ham shuncha mustahkam bo'ladi. Paylarning suyaklarga birikadigan joyida suyaklar yo‘g‘on- lashib, bo‘rtmalar paydo bo‘ladi. Lekin suyakning o‘sishi davrida me’yoridan ko‘p yuk ko‘tarish bo‘g‘imlarning kasallanishiga olib kelishi mumkin. Odam semirganida ham oyoqdagi bo'g'im- laming tayanch yuzasiga katta bosim tushib, og'riq paydo bo‘ladi va oyoqlarning qon bilan ta’minlanishi buziladi. Odamlarda bolalikda tayanch-harakat sistemasi shakllanishining buzilishi ularning katta yoshda bo‘g‘imlarining kasallanishiga olib keladi. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling