О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Muskullar va ular uchun xos belgilarni juftlab yozing: A - skelet muskullari, В -
yurak muskullari, D silliq muskullar; 1 tolalari duksimon kalta, sekin va kuchsiz 
qisqaradi, 2 - tolalari ingichka, ayrim qismlaxi orqali o‘zaxo yopishgan, tez va kuchli 
qisqaradi, 3 - tolalari ingichka, uzun, ko‘ndalang chiziqli, tez va kuchli qisqaradi.
2. Muskullar va ular funksiyasini juftlab yozing: A - skelet muskullari, В - yurak 
muskullari, D - silliq muskullar, E - bukuvchi muskullar, F - yozuvchi muskullar;
1 qo'l va oyoqni bo‘g‘imdan yozadi, 2 
organlarni harakatlantiradi, 3 
qo‘l va 
oyoqni bo‘g‘imdan bukadi, 4 - yurakdan qonni haydaydi, 5 - ichki organlar devorini 
qoplab turadi.
0 ‘ylab javob bering:
1. Nima sababdan jismoniy mehnat qilib charchaganda muskullarda og‘riq paydo bo‘- 
ladi, dam olgandan so‘ng og‘riq yo'qoladi?
2. Nima sababdan musiqa eshitib, jismoniy mehnat qilgan kishi tez charchamaydi?
39


13-§. Muskullarning rivojlanishi, odam 
qad-qomatining shakllanishi
Muskullarning rivojlanishi. Skelet va muskullar odamning yoshlik davrida 
tez o‘sib, rivojlanadi. Muskullar 17 yoshgacha, ayniqsa, jadal o‘sadi. Bola o‘sishi 
va rivojlanishi bilan uning harakatlari ham xilma-xil bo‘lib, murakkablasha boradi.
18 yoshli bola muskullari massasi katta yoshdagi odam muskullariga teng bo'ladi.
Mehnat qilish, jismoniy mashq va sport bilan shug'ullanish skeletning to‘g‘ii 
shakllanishi, suyaklarning tez o‘sib, pishiq bo‘lishiga va muskullarning kuchli ri­
vojlanishiga yordam beradi. Suyaklar va muskullarning rivojlanishi o‘zaro cham- 
barchas bogMangan, Muskullar rivojlanishi suyaklarga ham katta ta’sir ko‘r- 
satadi. Shu sababdan muskullar qancha kuchli rivojlansa, suyaklar ham shuncha 
mustahkam bo'ladi. Paylarning suyaklarga birikadigan joyida suyaklar yo‘g‘on- 
lashib, bo‘rtmalar paydo bo‘ladi.
Lekin suyakning o‘sishi davrida me’yoridan ko‘p yuk ko‘tarish bo‘g‘imlarning 
kasallanishiga olib kelishi mumkin. Odam semirganida ham oyoqdagi bo'g'im- 
laming tayanch yuzasiga katta bosim tushib, og'riq paydo bo‘ladi va oyoqlarning 
qon bilan ta’minlanishi buziladi. Odamlarda bolalikda tayanch-harakat sistemasi 
shakllanishining buzilishi ularning katta yoshda bo‘g‘imlarining kasallanishiga 
olib keladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling