О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

0 ‘ylab javob bering:
1. Har qanday tana o‘z og‘irlik markaziga ega. Tinch turganda odam tanasi og'irligi 
markazi tovon gumbaziga tushadi. Nima sababdan odam qoqilib ketganida oldinga
sirpanib ketganida esa orqaga yiqiladi?
2. Doskaga chaqirilgan o‘quvchi o‘midan turishdan oldin tanasini oldinga egib, so'ngra 
turadi. O'qnvchi nima sababdan shun day qiladi?
1-laboratoriya mashgUiloti
Suyaklarning tuzilishi va tarkibini o‘rganish
Kerakli Jihozlar va o'quv-ko'rgazmali qurollar: Odam skeleti modeli, naysimon 
suyaklar kolleksiyasi, tovuqning son yoki boldir suyagi, yoki qo‘yning qovurg'a 
suyagi, xlorid kislotaning 10 % li eritmasi yoki sirka kislota, stakan, pinset, 
suyaklarning rasmi.
1-ish. Suyaklarning organik va mineral tarkibini aniqlash:
laboratoriya mashgLulotidan 1-2 kun oldin xlorid kislota eritmasi yoki 50-70 
ml sirka kislota quyilgan stakanga tovuq yoki qo‘y suyagi solib qo‘yiladi;
mashg'ulot oldidan suyak pinset bilan kislotadan olinib, toza suvda yuviladi;
- kalsiysizlashtirilgan suyakning cho‘zilishi va egilishi namoyish qilinadi.
2-ish. Naysimon suyakning tuzilishini o ‘rganish:
naysimon suyaklardan biri tanlab olinib, uning tuzilishi ko‘zdan kechiriladi;
- suyakning tanasi va ikki uchi aniqlanadi;
suyakning uchki tomonlaridagi bo'g'im chuqurchasi va bo'rtig'i topiladi;
- suyakning tashqi tuzilishi rasm daftariga chiziladi va uning qismlari yozib 
qo‘yiladi.
43


IV BOB. QON
14-§. Qon va uning vazifasi
Ichki muhit to‘g‘risida tushuncha. Organizmning normal hayot kechirishi 
uchun uning to‘qimalari va hujayralari doimo kislorod hamda oziq moddalar 
bilan ta’minlanib, moddalar almashinuvi mahsulotlari chiqarilib turilishi lozim. 
Moddalar faqat suvda erigan holda hujayra membranasidan o'tishi mumkin. Shu 
sababdan hujayralar faqat ichki suyuq muhitda o‘z funksiyasini bajaradi. Ana shu 
suyuq muhit hujayralarni tashqi muhit bilan bog‘lab turadi. To‘qima suyuqligi, qon 
va limfa organizm ichki muhitini hosil qiladi.
To'qima suyuqligi hujayralar orasidagi suyuqlikdan iborat. Hujayralar to'qima 
suyuqligida joylashgan bo‘lib, suyuqlik orqali zarur oziq moddalar va kislorod 
oladi. Keraksiz moddalar almashinuv mahsulotlarini chiqarib turadi. To‘qima 
suyuqligi doimo harakatda bo‘lib, qon tomirlari orqali yangilanib turadi.
Limfa - tiniq, biroz sarg‘ish suyuqlik limfa tomirlarida bo‘ladi. Tarkibi qonga 
yaqin, lekin eritrotsitlar va trombotsitlar bolmasligi bilan qondan farq qiladi. 
Limfada juda ko‘p limfotsitlar bo'ladi. Limfa tomirlari barcha organlar va to‘qimalar 
orqali o‘tadi. Limfa yo‘llari bo‘ylab limfa tugunlari joylashgan. Limfa organizmni 
har xil mikroblardan himoya qilishda ishtirok etadi.
Qon — organizm ichki muhitini saqlashda asosiy ahamiyatga ega. Qon katta 
yoshdagi odam tanasi massasining 7 % ini tashkil etadi. Organizm ichki muhiti 
miqdori, kimyoviy tarkibi, osmotik bosimi va barcha fizik va kimyoviy xossalari 
nisbiy doimiy gomeostaz holatida bo'ladi. Ichki muhitning gomeostaz holati 
saqlanib turishida qon aylanish, nafas olish, ovqat hazm qilish, ayirish, nerv va 
endokrin sistemalari ishtirok etadi. Ichki muhitning doimiyligi organizmdagi 
barcha hujayralar, to‘qimalar hamda organizmning normal faoliyati uchun zarur. 
Kasai organizmda ichki muhitning gomeostaz holati, ya’ni hujayra, qon, to'qima 
suyuqligi va limfaning miqdori, kimyoviy tarkibi o‘zgaradi. Bu hoi organlarning 
faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ichki muhit nisbiy doimiyligining o‘zgarishi tashqi muhit omillari, ovqat 
miqdori va sifati, jismoniy mehnat, his-tuyg‘u va boshqa omillar bilan ham bog‘liq 
bo'lishi mumkin. Masalan, issiq havoda yoki og‘ir jismoniy mehnat qilinganda 
organizm terlash orqali ko‘p suyuqlik va tuz yo'qotadi To'qima suyuqligi, qon va
44


hujayralarda suv miqdorining kamayishi chanqoqlik hissini paydo qiladi. Bunday 
holatda suv yoki boshqa suyuqlik ichish orqali yo‘qotilgan suvning o‘rni to‘ldi- 
riladi. Ichiladigan suvga biroz osh tuzi qo‘shish yoki mineral suv iste’mol qilish 
orqali ichki muhitning kimyoviy tarkibi ham tiklanadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling