О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

immunitet deyiladi.


Immunitet xillari. 
ChaqaLoq tug‘ilishigacha uning qonida ko‘pchilik kasal- 
liklarga qarshi tayyor antitelolar hosil bo‘ladi. Bu xildagi immunitet ota-onadan 
bolaga berilganidan tug‘та immunitet deyiladi. Ko‘kyo‘tal, qizamiq, suvchechak, 
tepki kabi yuqumli kasalliklardan keyin ham immunitet paydo bo'ladi. Infeksiyali 
kasalliklardan so‘ng paydo bo‘lgan bunday immunitet hosil qilingan immunitet 
deyiladi. Tug'ma va hosil qilingan immunitet tabiiy immunitet deyiladi. Ko'pincha 
poliomiyelit, qizamiq, tepki kasalliklaridan himoya qilish uchun odamlar emlanadi. 
Emlashda organizmga o‘ldirilgan yoki kuchsizlantirilgan kasallik qo‘zg‘atuvchi 
mikroblar yuboriladi.
Yuqumli kasalliklarni davolashda tayyor antiteloga ega bo‘lgan shifobaxsh 
zarcfoMardan foydalaniladi. Bunday zardoblar yuqumli kasallik bilan og‘rib 
sog‘aygan odam yoki hayvon qoni plazmasidan olinadi. Zardoblardan yuqumli 
kasalliklarning oldini olish maqsadida ham foydalaniladi.
Odam immun tanqisligi virnsi (OITV), orttirilgan immun tanqisligi 
sindromi (OITS). 
Odam immun tanqisligi virusi (OITY) immun sistemaning 
buzilishi bilan bog‘liq infeksiyali kasallik. Bu virus birinchi marta 1983-yilda 
orttirilgan immun tanqisligi sindromi (OITS) sabablarini tadqiq qilish jarayonida 
fransiyalik olim Lui Montani tomonidan aniqlangan. Virus bemor qoni, limfasi va 
orqa miya suyuqligida ko‘p uchraydi. Virus ko‘pincha organizmni kasalliklardan 
himoya qiluvchi antitelolar ishlab chiqaradigan qon hujayralari - limfotsitlarni 
zararlaydi. Shu sababdan kasal organizmning immunlik xususiyati asta-sekin 
kuchsizlanib, har xil kasalliklarga tez beriluvchan bo‘lib qoladi.
Virusli immun tanqisligi rivojlanishiga ko‘ra 5 davrga bo'linadi:
1 - inkubatsiya davri organizmga virus yuqishidan boshlab 14 kundan bir 
yilgacha davom etadi.
2 - o‘tk ir davr virus yuqqanidan 7-14, ba’zan 30 kun o‘tgach namoyon bo‘ladi. 
Bu davr kasallik alomatlari: haroratning ko‘tarilishi, sovqotish, bedarmonlik, 
faringit, eshakyemi toshishi, bosh og‘rig‘i, stomatit, ko‘ngil aynishi, ich ketishi 
kabi o‘tkir belgilar orqali namoyon boladi,
3 - latentlik davrida 
kasallik alomatlarining pasayishi, limfa bezlarining 
og'riqsiz yiriklashuvi kuzatiladi. Latent davri 5-10 yil davom etadi. Turli xil 
davolash tadbirlari orqali bu davrni bir necha o‘n yilga cho‘zish mumkin.
4 - OITSdan oldingi davr 
1-2 yil davom etadi. Bu davrda hujayra immuniteti 
pasayishi tufayli stomatit, gerpes, kandidoz, til leykoplakiyasi kabi kasalliklarning 
takrorlanishi va uzoq davom etishi bilan bog‘liq.
53



— 
terminal, ya’ni OITS davri 
virusli infeksiyaning so'nggi o'limoldi davri 
hisoblanadi. Bu davr sil, meningit, ensefalit, gripp, o‘pka yallig'lanishi, tokso- 
plazmoz, gerpes, kandidoz, salmonelloz, saraton, limfoma kabi har xil mfeksiyali 
va infeksiyasiz kasalliklar paydo bolishi bilan bog‘liq. Bu davr davolash choralari 
ko‘rilmaganida 3 yilgacha, ba’zan bir yil davom etadi.
Immun tanqisligi virusi bemordan yoki virus yuqtirgan lekin kasallik belgisi 
paydo bolmagan odamdan yuqadi. Immun tanqisligi virusi bilan zararlanish 
narkomanlar orasida ko‘proq uchraydi. Sterillanmagan tibbiy, kosmetologik, 
sartaroshlik asbob-uskunalari ham virusnmg tarqalishiga sabab bo‘ladi. Vims 
homiladorlik davrida ona qonidan va virus bilan zararlangan ona sutidan ham 
bolaga yuqishi mumkin. «XXI asr o‘lati» deb nom olgan OITS ni davolash, unga 
qarshi emlash usullari yaratilmagan. Bu xavfli kasallikdan saqlanishning asosiy 
chorasi virusni yuqtirmaslik uchun sog‘lom turmush tarziga rioya qilishdan iborat. 
1-dekabr «Umumjahon OITS ga qarshi kurash kuni» deb e’lon qilingan.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko'ring:
1. Immunitet xillari va ularga mos keladigan hosil bo'lish yoiini juftlab ko'rsating: A 
tug‘ma, В - hosil qilingan, D - passiv, E - faol, F - tabiiy; 1 - zardob bilan emlash,
2 - kasallanishdaii so‘ng, 3 - embrional rivojlanish davrida, 4 - kuchsizlantirilgan 
mikrob yoki zardob bilan emlashdan so'ng, 5 - kasallik tiig‘diruvchi organizm 
ta’sirida tabiiy yoki sun’iy.
2. Terminlai va ularga mos keladigan tushunchalaxni juftlab yozing: A - immunitet, 
В - antitelo, D - fagotsitoz, E - fagotsit; 1 - hazm qiluvchi hujayralar, 2 - yot 
antitelolar va o‘lik hujayralarni qamrab olib, hazm qilish, 3 - kasallik mikroblari 
va ular ishlab chiqargan moddalarni zararlantiruvclii moddalar, 4 
organizmning 
kasallikka berilmaslik xususiyati.
0 ‘ylab javob bering:
1. Leykotsitlammg qattiq qobig‘i bolmasligi va tana shaklini oson o‘zgartira olish 
xususiyati ularning himoya funksiyasida qanday ahamiyatga ega?
2. Yosh bolalar qonida leykotsitlar soni nisbatan ko‘p bolishi, bola ulg'ayishi davomida 
ular sonimng kamayib borishi aniqlangan. Nima sababdan shunday bo‘ladi?
3. Insoniyat tarixida epidemiyali kasalliklar ko‘plab shahar va qishloqlar aholisini qirib 
yuborgan. Shunga qaramasdan, nima sababdan ayrim odamlar tirik qolgan?
54



Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling