О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 41-rasm.
62
J 40-rasm. Limfa sistemasi: 1 -boshdagi limfa tomirlari, 2 - venalar, 3 - ichki organlar limfa tomirlari, 4 - limfa tugmlari, 5 - qo‘l limfa kapillarlari, 6 - oyoq limfa kapillarlari. kunduzda 1200-1500 ml limfa suyuqligi limfa tomir- laridan vena qon tomirlariga quyiladi. Buning o‘rniga to‘qimalardagi suyuqlikdan limfa hosil bo‘lib turadi. Limfa sistemasi limfa suyuqligining limfa tomirlari bo‘y- lab oqishi va to‘qimalardan ortiqcha suyuqlikning olib chiqib ketilishini ta’minlaydi. Limfa sistemasi to'qima lar suyuqligida joylashgan bir uchi berk limfa kapillar- laridan boshlanadi (40-rasm). To'qima suyuqligi limfa kapillarlariga o‘tib, limfa suyuqligiga aylanadi. Limfa kapillarlari o‘zaro birlashib, yirik limfa tomirlarini hosil qiladi. Bu tomirlar barcha organlar orqali o‘tadi. Lim fa tomirlarining ichki devorida joylashgan klapanlar limfaning teskari tomonga oqishiga yo‘l bermaydi. Klapanlar tufayli limfa faqat oldinga qarab oqadi. Limfa tomirlari bo‘ylab limfa tugunlari joylashgan (41-rasm). Tugunlar mikroorganizmlarni tutib qoluvchi filtr hisoblanadi. Limfa tugunlarida ko‘plab hosil boladigan limfotsit hujayralar organizmning immun reaksiyalarida faol ishtirok etadi. Limfa tugunlari qoltiqosti, bo‘ym, tirsak va tizza bo‘g‘im- lari, ko'krak va qorin bo‘shlig‘ida ayniqsa ko‘p boladi. Limfa qon, to‘qima suyuqligi bilan birgalikda organizm ichki muhitini hosil qiladi. Barcha limfa tomirlari o‘zaro birlashib, limfa oqimlarini hosil qiladi. Limfa oqimlari esa yirik venalarga kelib quyilib, tomirlarda qon bilan aralashib ketadi. Ana shu tariqa to‘qima suyuqligi qon oqimiga qaytib keladi. 41-rasm. Limfa va qon aylanish sistemasi o'rtasidagi bog‘- lanish: 1 - limfa tugunlari, 2 - limfa kapillarlari, 3 - arteriya qoni, 4 - yurak, 5 - vena qoni, 6 - limfa tomirlari. Taloq qorin bo‘shlig‘i chap tomonining yuqori qismida, ya’ni chap qovurg'alar ostida joylashgan. Uning massasi katta odamda 140 200 g. Taloqda limfotsitlar hosil bo'ladi va ular limfa tomirlariga chiqarib turiladi. Limfotsitlar odam organizmining immunitet xususiyatini ta’minlashda ishtirok etadi. Demak, taloq organizmni yuqumli kasalliklardan himoya qilish (immunitet) vazifasmi bajarishda ishtirok etadi. Bundan tashqari, taloqda qonning ortiqcha qismi zaxira holda to‘planadi va u qon deposi vazifasini bajaradi. Shu bilan birga taloqda qonning yashash muddatini o‘tagan shaklli elementlari (eritrotsitlar va leykotsitlar) parchalanadi. Jismoniy mehnat va sport bilan shug‘ullanganda taloqda limfotsitlar hosil bo‘lishi ko‘payadi. Demak, bunda odam organizmining immuniteti kuchayadi. Tepshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring: 1. Turli xil holatlar va ularga mos keladigan qon bosimini juftlab ko‘rsating: A - yurak muskullari bo‘shashganda, В - kapillarlarda, D - yurak muskullari qisqarganida; 1 - 1 5 mm, 2 - 110-120 cm, 3 - 70-80 mm. 2. Qon aylanish. sistemasining turli qismlari va ularga mos keladigan qonning oqish tezligini juftlab ko‘rsating: A - kapillarlarda, В - aortada, D - venalarda; 1 - Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling