О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Venalar - qonni organlardan yurak bo‘lmalariga  o'tkazadigan qon tomirlari. Venalar devori ham arte-  5


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Venalar - qonni organlardan yurak bo‘lmalariga 
o'tkazadigan qon tomirlari. Venalar devori ham arte- 
5 
riyalarga o‘xshash uchta qavatdan iborat Lekin vena 
qon tomirlari devori arteriyalarga nisbatan ancha 
yupqa, qon bosimi ham pastroq bo‘ladi,
Qon aylanish doirasi 
Qon organizmda qon to- 
mirlarida ikkita tutash sistema - katta va kichik qon 
aylanish doirasi bo1 у lab aylanadi (35-rasm). Katta qon 
aylanish doirasi yurakning chap qorinchasi va undan 
chiqadigan aortadan boshlanadi (36-rasm).
35-rasm. Odam organizmida qon aylanishining umumiy sxemasi:
1 -  yurak, 2 -  boshga ketuvchi qon tomirlar, 3 -  ichki organlar 
qon tomirlari4 -  oyoq qon tomirlari, 5 -  pastki kovak vena,
-yuqori kovak vena, 
7
- o‘pka arteriyasi, 8 -  o‘pka venasi.
59


36-rasm. Katta vakichik qon aylanish doirasi sxemasi:
1 -  yurak, 2 -  aorta yoyi, 3 -  aorta, 4 -  organlarga ketadigan 
arteriyalar, 5 - oyoq arteriyasi, 6 -  organlardagi kapillarlar,
7 - boshga ketadigan arteriya, 8 -  boshdagi kapillarlar,
9 - pastki kovak vena, 10 -  yuqori kovak vena, 11 -  o‘pka 
arteriyasi, 12 -  o‘pka kapillarlari, 13 -  o‘pka venasi.
Aorta arteriyalarga, ular esa kapillarlarga ajraladi. Kapil- 
larlardagi qondan hujayralarga kislorod va oziq moddalar
hujayralardan qonga esa karbonat angidrid va alraashinuv 
mahsulotlari o‘tadi. Kapillarlar birlashib, oldingi va keyingi 
kovak venalami hosil qiladi. Ikkala kovak vena ham 
yurakning o‘ng bo‘lmasiga kelib quyiladi. Yirik venalarda 
joylashgan klapanlar qonni orqaga qaytishga yo‘l qo‘ymaydi. 
Shu sababdan qon yurak tomonga oqadi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling