О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
- Bu sahifa navigatsiya:
- 21-§. Qon aylanish organlari ishining boshqarilishi
- Simpatik nervlar
0,1 cm/sek, 2 - 0,3-0,5 cm/sek, 3 - 4 0 cm/sek.
0 ‘ylab javob bering: Yurak qorinchasi devori muskullarining qisqarishi va arteriyalar devorining elastikligi qonni qon tomirlarida oqishini tarninlaydi. Lekin venalar devori elastik emas, muskullari esa rivojlanmagan. U holda qonni vena tomirlari orqali yurakka oqib kelishi qaysi omillar bilan bog'liq? 21-§. Qon aylanish organlari ishining boshqarilishi Yurak ishining boshqarilishi. Odam tanasidagi organlar va to‘qimalarning qon bilan ta’minlanishi yurak qisqarishining soni va kuchiga bog‘liq. Yurakning ishi nerv va gumoral yo‘l bilan boshqariladi. Yurakka markaziy nerv sistemasidan simpatik va parasimpatik nervlar keladi. Simpatik nervlar yurakning qisqarish kuchini va tezligini oshiradi. Parasimpatik nervlar, aksineha, yurak qisqarishini kuchsizlantiradi va sekinlashtiradi. Yurak ishining gumoral boshqarilishi buyrak- 64 usti bezi gormoni adrenalin, kalsiy va kaliy tuzlari bilan bog'liq Adrenalin va kalsiy tuzlari yurak qisqarishini kuchaytiradi, kaliy yurak ishiga aks ta’sir ko‘rsatadi. Nerv va gumoral boshqarilish tufayli yurakning ishi boshqa organlar fao- liyatiga muvofiqlashadi. Masalan, odam jismoniy ish bajarayotganida simpatik nervlar orqali nerv impulslari yurakka boradi. Buyrakusti bezining adrenalin ishlab chiqarishi kuchayib, yurakning qisqarish kuchi va qisqarish tezligi oshadi. Qon tomirlariga ko‘proq qon haydaladi. Natijada muskullar kislorod va oziq moddalar bilan ko‘proq ta’minlanadi. Organizmda qonning qayta taqsimlanishi. Organlar faoliyatining kuchayishi yoki pasayishi bilan ularning kislorod va oziq moddalarga talabi ham ortadi yoki kamayadi. Bu esa qonning organizmda qayta taqsimlanishiga olib keladi. Simpatik nervlar ta’sinda qon tomirlari torayib, qon oqishi kamayadi. Buyrakusti bezimng adrenalin gormoni ham simpatik nervlar singari ta’sir ko‘rsatadi. Parasimpatik nervlar esa qon tomirlarini kengaytirib, qon oqishini ko‘paytiradi. Yurak va qon tomirlari kasalliklari. Yurak va qon tomirlari kasalliklaridan miokard infarkti (qon aylanishining ishdan chiqishi tufayli yurak muskullarining yemirilishi), gipertoniya (arteriyalarda qon bosimining oshib ketishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi), ateroskleroz (qon tomiri devorining qalinlashib, uning nayining torayib qolishi), insult (bosh miyaga qon quyilishi) ko‘proq uchraydi. Kasalliklarining kelib chiqishi kam harakatlanish, ortiqcha semirish, chekish, spirtli ichimliklar iste’mol qilish va psixik zo‘riqish bilan bog‘liq. Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling