О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov
Download 6.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Biologiya 8
a
b d 42-rasm. Chekish ta’sirida qon tomirlarining torayishi (qo'lning teplovizor orqali olingan surati): a - chekishgacha, b, d - bitta sigareta chekilgandan so‘ng ( b ) 7 va (d) 17 minut o‘tgach. 5 - Biologiya (Odam va uning salomalligi), 8-sinf 65 Yurak-qon tomir sistemasiga, ayniqsa, alkogol va tamaki zahari — nikotin katta ta’sir ko'rsatadi. Alkogol yurak muskullari qisqarish kuchini pasaytirib, nafas olishni qiyinlashtiradi. Chekish qon tomirlari devori qalinlashib, mo‘rtlashib qolishiga sabab bo‘ladi. Yetarli kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanmagan yurak muskullari kuchsizlanib qoladi. Yurak ishining buzilib, organlarning qon bilan ta’minlanishining izdan chiqishi organizmning immun sistemasini ham kuchsizlantiradi. Tekshirishlarning ko'rsatishicha, har bir chekilgan sigaretadan so‘ng qon tomiri 30 minut davomida siqilgan holatda turadi (42-rasm). Shu sababdan kashandalar qon tomiri doimo toraygan holatda bo'ladi. Qon tomirlarining siqilib qolishi oqsoqlanish va yurganda qattiq og‘riq paydo boHishiga, oqibatda nogironlikka olib keladi. Yurak va qon tomirlari kasalliklarining oldini olishda yuqorida ko‘rsatilgan zararli odatlarni bartaraf etish bilan birga jismoniy mehnat, mashq qilish va sport bilan shug'ullanish orqali yurakni chiniqtirish ham katta ahamiyatga ega. Muttasil jismoniy mashqlar (yurish, yugurish, gimnastika va boshqalar) yurak muskullariga qon oqib kelishini kuchaytirib, ularni kislorod va oziq moddalar bilan ta’minlanishini yaxshilaydi. Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring: 1. Yurak ishini boshqaradigan omillar va ularning funksiyasini juftlab ko‘rsating: A - simpatik nervlar, В - parasimpatik nervlar, D - adrenalin, kalsiy tuzlari, E - kaliy tuzlari; 1 - yurak qisqarishini kuchaytiradi, 2 - yurak qisqarishi tezligi va kuchini kamaytiradi, 3 - yurak qisqarishi kuchi va tezligini oshiradi, 4 - yurak qisqarish kuchini kamaytiradi. 2. Jismoniy ish bajarilayotganda yurak ishining boshqarilishi jarayonini tartib bilan ko'rsating: A - yurakning qisqarish kuchi va qisqarish tezligi oshadi, В - buyrakusti bezining adrenalin ishlab chiqarishi kuchayadi, D - muskullar kislorod va oziq moddalar bilan ko'proq ta’minlanadi, E - simpatik nervlar orqali nerv impulslari yurakka boradi, F - qon tomirlariga ko‘proq qon haydaladi. 0 ‘ylab javob bering: Nima sababdan yurak o‘qtin-o‘qtin qisqarib qonni haydashiga qaramasdan, tomirlarda qon uzluksiz oqib turadi? Qon ketishining organizmga ta’siri. Odam tomirlari bo‘ylab 5 litrga yaqin qon oqib turadi. Qon tomirlari jarohatlanib, ko‘p qon yo‘qotilganida qon bosimi pasayib ketadi. Miya, yurak va barcha organlarning kislorod bilan ta’minlanishi izdan chiqib, odam hayoti uchun jiddiy xavf tug‘iladi. Odam 2-2,5 litrdan ko‘proq qon yo‘qotganida halok bo'ladi. Ayniqsa, arteriyalar va yirik venalardan qon ketishi juda xavfli ho‘lib, o‘z vaqtida chora ko‘rilmaganida o‘limga olib kelishi mumkin. Kapillarlardan qon ketishi. Kapillardan qon ketishi nisbatan ko‘p uchrab turadi (43-rasm). Te rming kuchsiz jarohat olishi kapillarlardan qon ketishiga sabab bo‘ladi. Jarohatlangan kapillar lardan qon sekin oqib turadi. Shuning uchun qon ketishini to'xtatish uncha qiyinchilik tug'dirmaydi. Kapillardan qon ketganida shikastlangan joy yuvi- lib, yod eritmasi bilan zararsizlantiriladi. So‘ngra toza bint bilan bog‘lab qo‘yiladi. Ba’zan burun devoridagi mayda kapillarlar jarohatlanib, burundan asta-sekin qon keta bosh- laydi. Bunday hollarda burun ehtiyotlik bilan sovuq suvda bir necha m arta chayiladi. Bemor- ning burni ustiga sovuq suvda ho‘llangan sochiq qo‘yiladi- Sovuq suv kapillarlar nayini toraytirih, qon oqishini sekinlashtiradi. Burundan qon ketishi sababini aniqlash uchun shifokorga murojaat qilish lozim. Venalardan qon ketishi. Ko‘pchilik venalardagi qon bosimi va qonning oqish tezligi kapillardagiga nisbatan birmuncha yuqori bo'ladi. Qon ketishi kapillarlarga nisbatan qon oqishi kuchliroq bo‘lgan venalarda sodir bo‘ladi. Shu sababdan shi kastlangan joyda qon ivishidan hosil bo‘ladigan qon laxtasi yuvilib ketib, odam qisqa vaqt ichida ko‘p qon yo‘qotishi mumkin. Kichikroq venalar shikastlanganida shikastlangan tomir siqib bog'lanib, bemor shifoxonaga jo‘natiladi. Yirik venalar shikastlanganida ham arteriyalar shikastlanganida ko‘riladigan tadbirlar qo‘llaniladi. Arteriyalardan qon ketishi. Arteriyalarda bosim yuqori bo‘lganidan qon jarohatlangan tomirdan faw ora bo‘lib otilib chiqa boshlaydi. Shuning uchun arteriyalardan qon ketishi hayot uchun juda katta xavf tug‘diradi. Arteriyalardan Download 6.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling