О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Yassioyoqlik. Oyoqning tovon kafti 
ustki yuzasi gumbaz shaklida yuqoriga 
ko‘tarilgan, pastki yuzasi esa chuqur egilgan 
bo'lih, tana uchun ressorlik vazifasini ba- 
jaradi. Tovonning bunday tuzilishi tufayli 
odam harakat qilganida yoki yuk ko‘targanida og‘irlik kaft bilan tovonga teng 
taqsimlanadi. Tovon gumbazi odam sakraganida yoki tasodifan yiqilganida 
organizmni kuchli zarbadan saqlaydi.
Yassioyoqlik tovon gumbazining pasayib, yassilanishi, ba’zan butun lay yo‘q 
bo1 lib ketishidan iborat (29-rasm). Yassioyoq odam ko'p yurganida yoki uzoq 
vaqt tik turib qolganida uning oyoqlari kaftida og‘riq paydo bo‘ladi. Yassioyoqlik 
tug‘ma yoki hayot davomida orttirilgan bo‘lishi mumkin. Tug‘ma yassioyoqlik ota- 
onadan o‘tgan yoki homiladorlik davrida ona organizmida paydo bo‘ladigan ayrim 
o‘zgarishlar ta’sirida paydo bolishi mumkin.
Yassioyoqlik tug‘ilishdan keyin paydo bo‘lishi ko'pincha bolalik va o‘smirlik 
davrida tor, ayniqsa, poshnasi baland poyabzal kiyib yurish bilan bog‘liq. 
Yassioyoqlik uzoq vaqt tik turib ishlaydigan yoki ortiqcha semirgan kishilarda 
ham paydo bo'ladi.
Yassioyoqlikning oldini olish uchun uning dastlabki belgilari paydo bo‘lishi 
bilan mutaxassis shifokorga murojaat qilish va uning tavsiyasi bilan maxsus 
mashqlarni muntazam bajarib borish zarur.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Muskullar ishining nerv boshqarilishida nerv impulslari o‘tadigan yo‘lni tartib bilan 
koVsating; A - nerv markazi, В - muskullar, D - sezuvchi nervlar, E - organlardagi 
retseptorlar, F - harakatlantiruvchi nervlar.
2. Tushunchalar va ularga mos keladigan iboralarni juftlab yozing: A - qad-qomat, 
В - retseptorlar, D - sezuvchi nervlar, E - harakatlantiruvchi nervlar; 1 - sezuvchi 
nervlar uchlari, 2 - odam tanasimng erkin tutiladigan holati, 3 - nerv impulslarini


orqa miyadan muskullarga uzatadigan nervlar, 4 - nerv impulslarini retseptorlardan 
orqa miyaga uzatadigan nervlar.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling