Yog’da eruvchi vitaminlar


Download 28.07 Kb.
bet1/5
Sana11.03.2023
Hajmi28.07 Kb.
#1260886
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Yog’da eruvchi vitaminlar

Yog’da eruvchi vitaminlar




Reja:

  1. A vitamini (retinol)

  2. D vitamini (kalsiferol)

  3. E vitamini (tokoferol)

Yog‘da eruvchi vitaminlarga A, D, E va K vitaminlar kiradi
A vitamini (retinol)
A vitamini vujudning ko’pgina faoliyatlarida faol ishtirok qiladi. Masalan, ko’rish jarayonining me'yorda bo’lishi, qator kasalliklarga qarshi tegishli immunitetning hosil bo‘lishi, teri epiteliysining sog‘lom bo‘lishi tanamizda shu vitaminning yetarli ekanligidan darak beradi. A vitaminining taqchilligi tufayli odam badanining terisi tovuq yoki g‘oz terisi shaklini oladi, oyoq kafti, tovon, barmoqlar terisi quruqshab ko‘chib tusha boshlaydi (tanada terining me'yoriy faoliyati kishi salomatligining 25% kafolatlaydi).
Qalqonsimon bezning faoliyati A vitamini va magniy elementining yetishmasligidan susayib ketishi aniqlangan.
Bulardan tashqari A vitaminining yetishmasligidan jinsiy bezlar faoliyati yomonlashib, xotinqizlarda hayz maromi buziladi, erkaklarda esa jinsiy ojizlik kelib chiqadi. Bu vitaminga taqchillik saraton kasalligini ham yuzaga keltiradi.
A vitaminining asosiy manbalari (100 g da mg hisobida)

Oziq moddalar

A vitamini

β – karotin

Qoramol jigari


Tovuq tuxumi
Sariyog’
Qaymoq
Pishloq
Sabzi
Petrushka
Ismaloq
Otquloq (shavil)
Ko‘k piyoz
Qizil qalampir
Pomidor
Chakanda (oblepixa)
Chetan (ryabina)
Na'matak mevasi
O‘rik
Turshak
Oshqovoq
Tarvuz
Qovun

8,2
0,25


0,52
0,16
0,26
















1,0



0,30
0,07
0,16
9,0
5,7
4,5
2,5
2,0
2,0
1,2
7,9
9,0
4,9
1,6
3,5
1,50
0,10
1,40

Odam va hayvonlar tanasida retinol o’simlik tarkibida uchraydigan karotindan ham hosil bo’ladi. Karotel degan sabzi navida karotin ko’p bo’ladi.
Odamning A vitaminiga bo‘lgan kunlik ehtiyoji keyingi hisob-kitolarga qaraganda o‘rtacha 1,2 – 2,5 mg bo‘lib, uning 1/3 qismi retinol, qolgan 2/3 qismi karotindan iborat bo‘lgani maqsadga muvofiq. Lekin kishi og‘ir jismoniy ish bajarganida, sport bilan shug‘ullanganida yoki boshqa kuchli stress omil (ruhiy, hissiy iztirobga tushish, kuchli og‘riq, yuqori yoki past atmosfera bosimi sharoitida ishlash va hokazo) ta'siriga uchraganida uning retinolga bo‘lgan talabi bir necha marta oshib ketar ekan. Bunday paytlar A vitaminiga boy mahsulotlarni kundalik iste'molda ko‘paytirish kerak.
12- jadvalda ko‘ringanidek, ushbu vitaminga eng boy mahsulotlar bu qoramol jigari, sabzi, chetan (ryabina), chakanda (oblepixa), petrushka va shu kabi ko‘katlar ekan. Sabzining nafaqat ildizmevasi, balki bargi ham karotinga boy bo‘ladi, shuning uchun uni bemalol salatlarga qo‘shib yoki quritib olinganini ovqatga sepib ishlatish A vitaminiga bo‘lgan ehtiyojni qondirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
A vitaminining yetishmasligidan yuzaga keladigan asosiy kasalliklarga biri shabko’rlikdir. Bunday olam qorong’u tushishi bilan tevarak atrofni ko’rmay qoladi. Shabko’rlik belgilari boryo‘qligini aniqlash uchun qorong‘ulashtirilgan xonaga kirish bilan ko‘rish holatining qanday bo‘lishini tekshirib ko’rish kerak. Agar 3-4 soniya o‘tishi bilan qorong‘ulashtirilgan xonadagi narsalarni ko‘ra boshlasangiz, vujudingizda bu vitamin yetarli ekan. 8-10 soniyadan keyin ko‘rish tiklansa oz, 15-20 soniyadan keyingina salpal ko‘ra boshlasangiz u ancha kamayib ketgan bo‘ladi.
Qadimgi Xitoyda va O’rta Osiyoda shabko’rlikni chala pishirilgan mol jigarini iste'mol qilish bilan davolashgan chunki yuqoridagi jadvalda ko’ringanidek, 100 g jigarda 8,2 mg retinol bo’ladi. Ammo bugungi kunda bunday amaliyotni qo’llash tavsiya etilmaydi. Chala pishgan jigar orqali exonokokkoz bilan kasallanish mumkin. Shabko’rlik o‘z vaqtida bartaraf qilinmasa, yosh chiqaruvchi bezlarning va ko‘z shox qavatining qurib qolishi natijasida odam butunlay ko’rmay qolishi, kseroftalmiya kabi og’ir xastalikka mubtalo bo’lishi mumkin.
Biz yuqorida A vitamini yetishmasligidan terining quruqlashishi haqida gapirdik. Bu holat teridagi ter bezlarining kichrayib, tananing shu qismida ter ajralishiga salbiy ta'sir qiladi, nafas olish yo‘llari shilimshiqligi kamayib, tegishli xastaliklar yuz beradi (og‘iz, tomoq, burun bo‘shliqlarining qurishi va b). Shu sababdan ham nafas va o‘pka yo‘llari kasalliklari, agar tanada A vitamini yetishmasa, tez tuzalmay, qaytalab turadi. A vitamini tanada to‘qima va hujayralarning yangilanishi, yangidan hosil bo‘lishida ham faol qatnashadi. Shu sababli yosh bolalarning me'yorida o’sishi uchun uning yetarli bo‘lishi muhimdir. Bu vitamin yetishmasligidan kelib chiqadigan kasalliklarni oldini olishda yuqoridagi jadvalda ko‘rsatilgan hayvon va o‘simlik mahsulotlaridan foydalanish ma'qul. Chunki avval aytib o‘tkanimizdek, tabiiy mahsulotlarda bir nechta vitamin va ma'danli moddalar uyg‘unlashgan holda bo‘lib, bunday holat yetishmagan vitaminning vujud tomonidan o‘zlashtirib olinishini yaxshilaydi. Bu borada sabzi sharbatini alohida ta'kidlash lozim, undan har kuni 100 g, ichib turilsa ko’pgina vitaminlar, jumladan A vitaminiga bo‘lgan ehtiyoj qonadi. Dorixonalardagi mavjud vitamin preparatlaridan boshqa iloji bo‘lmaganida, masalan, kasallik avjiga chiqqanida, tegishli mahsulotlar muxayyo bo‘lmaganida va boshqa holatlarda foydalanish tavsiya qilinadi. Tayyor vitamin preparatlarini me'yoridan oshiqcha qabul qilishning xavfli tomoni ham bor. Bu A gipervitaminozi deyiladi. Agar tanaga undan 15 mg yuborilsa zaharlanish sodir bo‘lib, bosh og‘rishi, qayt qilish, soch tushib ketishi kabi holatlar ro‘y beradi. Lekin bu vitaminni uning tabiiy manbalari hisobiga me'yoridan ko‘p qabul qilgan bilan yuqoridagi zaharlanish holati ro‘y bermaydi. Chunki, birinchidan, yegulik mahsulotlaridan shuncha birlikdagi vitamin bor ovqat yeyilmaydi, va ikkinchidan qayd qilinganidek, hyech qanday tabiiy manbada faqat sof A vitamini mavjud bo‘lmaydi.
A vitamini haroratga ancha chidamli bo‘lib, oziqovqatlar pishirilganidan keyin, bu vitaminning ko‘pi bilan 30% yo‘qoladi. Bir vaqtning o‘zida u ultrabinafsha nurlar, havodagi kislorod va yog‘ kislotalarining oksidlanish mahsulotlari ta'sirida tez parchalanib ketadi.
O‘simlik mahsulotlaridagi karotin ichak va jigarda kimyoviy o‘zgarishga uchrab retinolga aylanadi. Qizil sabzi tarkibida karotin sariq sabziga qaraganda 9 marta ko‘p bo‘ladi.

Download 28.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling