Yog’da eruvchi vitaminlar
E vitaminining manbalari (100 g da mg hisobida)
Download 28.07 Kb.
|
Yog’da eruvchi vitaminlar
E vitaminining manbalari (100 g da mg hisobida)
Tokoferolning yetarli bo‘lishi ana shu radikallarning hujayra qobig‘i orqali ichkariga o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi. Tokoferol tarkibida ko‘p bo‘lgan mahsulotlar mayonez, yong‘oq hamda chakanda (oblepixa) dir. Lekin bu mahsulotlar hamma yerda va hammaga ham yetarli bo‘lavermaydi. Vujudni E vitamini bilan yetarli darajada ta'minlab turishning eng oson, arzon yo‘li bug‘doy donini undirib, uning oq maysasini iste'mol qilishdir. Bug‘doy o‘rnida boshqa donlar yoki donlar aralashmasidan ham foydalansa ham bo‘ladi. Donlar una boshlaganida ularning oziq modda sifatidagi to‘yimlilik va foydalilik darajasi oshadi, ularda inson uchun zarur bo‘lgan aminokislotalar hosil bo‘lib, eng muhimi, ularning bir-biriga nisbati salomatlik uchun eng maqbul holatda bo‘ladi. Aynan shu aminokislotalardan tanada to‘la qiymatli oqsillar sintezlanadi. Shu boisdan bunday taomni doimiy suratda iste'mol qilib turish koni foyda. Ayniqsa, tanada umumiy darmonsizlik paydo bo‘lganida xomilador va emizikli onalar uchun u bebadal oziq modda hisoblanadi. Endi unib chiqayotgan turli xil o‘simliklar, masalan, kartoshka, piyoz, sholg‘om va boshqalarning tarkibida ko‘pgina vitaminlar (E, A, B, va C) va boshqa biologik faol moddalar mavjud bo‘lib, ular salomatlik uchun ko‘p foydalidir. ye vitamini yana bug‘doy va boshqa donlarning kepagida ham ko‘p bo‘ladi. Kepagi to‘liq ajratib olingan, oliy nav unlarda bu vitamin bo‘lmaydi. Tokoferol tanada zahira holida unga boy mahsulotlarni iste'mol qilib turish yog‘ to‘qimalarida to‘planadi. Download 28.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling