О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib ko‘ring:
1. Jarohatlanish xillari va ulaxga xos belgilami juftlab ko‘rsating: A - pay cho‘zilishi, В -
suyak chiqishi, D - suyakning ochiq sinishi, E - suyakning yopiq sinishi; 1 - suyak 
g‘ayritabiiy shaklga kiradi, 2 - ko‘rinishi bilan sog'lom suyakdan farq qilmaydi
faqat qattiq og'riydi, 3 - bo‘g‘imda kuchli og‘riq paydo bo‘ladi, 4 - zararlangan joy 
qattiq og‘rib, shishadi.
2. Jarohatlanish xillari va ularda ko'rsatiladigan birinchi yordamni juftlab yozing: A -
pay cho‘zilganida, В - suyak chiqqanida, D - suyak ochiq singanida, E - suyak yopiq 
singanida, F - umurtqa pog'onasi shikastlanganida, H - miya qutisi shikastlanganida, 
G - qovurg‘a singanida; 1 - odam tekis yuzaga yuztuban yotqizilib, tibbiy yordam. 
chaqiriladi, 2 - kishi orqasi bilan yotqiziladi, uning boshi biroz ko‘tarib qo'yiladi,
3 - bo‘g‘im qimirlamasligi uchun jarohatlangan qo‘l bog‘ich yordamida bo‘yinga 
osib qo‘yiladi, 4 - ko'krak qafasi sochiq bilan mahkam bog'lanadi, 5 - singan 
suyak dezinfeksiya qilinib, taxtakach qo‘yiladi, 6 - suyaklar qo‘zg‘almasligi uchun 
taxtakach qo‘yib boglanadi, 7 
shikastlangan joyga muz yoki sovuq suv bosiladi 
va siqib bog‘lab qo'yiladi.
3. Qovurg'alar singanida ko‘rsatiladigan birinchi yordam tartibini aniqlang: A 
bemor yuza nafas ola boshlaydi, В - bemorning ko‘krak qafasi bint bilan mahkam 
bog'lanadi, D bemor shifoxonaga yotqiziladi, E Ьетот o‘pkasidan ko‘proq havo 
chiqaradi.
0 ‘ylab javob bering:
Suyaklar uchun qattiqlik, qayishqoqlik va yengillik xos boladi. Bu xossalar suyaklar 
tuzilishining qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq?
^ 3 5


12-§. Muskullar
Muskul to'qimasi. Odam tanasidagi muskullar skelet, yurak va silliq mus- 
kullarga ajratiladi (23-rasm).
Skelet muskullari tolalari ingichka va uzun bo‘lib, mikroskop ostida tekshi- 
rilganida ko‘ndalang chiziqlari ko‘rinadi. Muskul tolalari ichida qisqaruvcbi oqsil 
tolachalar joylashgan. Bu tolachalar qisqarganda organlar harakatlanib, ish baja- 
radi. Skelet muskullari tez va kuchli qisqaradi. Ularning ishlashi odam ixtiyoriga 
bog‘liq bo‘ladi.
Yurak muskullari ham ko'ndalang chiziqli tolalardan iborat. Lekin ularning 
tolalari ayrim qismlari orqali o‘zaro yopishib, to‘rga o'xshash joylashgan. Yurak 
muskullari tez va kuchli qisqaradi. Ularning qisqarishi kishi ixtiyoriga bog‘liq 
bo‘lmaydi.
Silliq muskullar ichki organlar (qon tomirlari, ichak, qovuq) devorini qoplab 
turadi. Silliq muskul tolalari duksimon kalta, sekin va kuchsiz qisqaradi. Ularning 
qisqarishi kishi ixtiyoriga bog'liq bo‘lmaydi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling