О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Suyaklarning o‘sishi. Odamning bo'yiga o‘sishi nay­
simon suyaklar ikki uchini qoplab turadigan tog'aylarning 
o'sishi bilan bog'liq. Suyaklarning yo‘g‘onlashuvi esa su­
yakusti pardasi hisobidan sodir bo'ladi. 22-25 yoshlarda 
odam gavdasi shakllanishi tugallanadi va odam bo'yi ham 
o'sishdan to'xtaydi. Suyaklarning o'sishini gipofiz bezi ajratib 
chiqaradigan somatotrop gormoni boshqarib turadi. Yoshlikda
20-rusm. Naysimon suyaklarning tuzilishi:
1 -  suyak boshchasi, 2 -  g'ovak modda, 3 -  tig'iz modda,
4 -  suyakusti pardasi, 5 -  ilik, 6 -  suyakning o'rta qismi.
31


bu gormon ko‘p ishlab chiqarilsa, bo‘yning o‘sishi tezlashib, odam baland bo‘yli 
bo'ladi. Gormon kam ishlab chiqarilganida bola sekin o'sib, bo‘yi past bo'lib qoladi.
Suyaklarning kimyoviy tarkibi. Suyaklar tarkibiga anorganik va organik 
moddalar kiradi. Anorganik moddalarning asosiy qismini suyaklarni qattiq qila- 
digan kalsiy karbonat va kalsiy fosfat tuzlari tashkil etadi, Organik moddalar 
suyaklarni qayishqoq qiladi, Anorganik birikmalaming qattiqligi va organik birik- 
malarning qayishqoqligi tufayli suyaklar mustahkam bo'ladi. Yosh o‘tgan sayin 
suyaklar tarkibidagi anorganik moddalar ko‘payib, organik moddalar tobora 
kamayib boradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring:
1. Suyak to‘qimasi tarkibiy qismlari va ularga xos xususiyatlami juftlab ko‘rsating: A -
suyak hujayralari, В - oraliq moddasi, D - suyak to‘qimasi, E - suyakusti pardasi;
1 - qattiq toshsimon, 2 - nerv va qon tomirlari bilan ta’minlangan, 3 - yupqa, 4 -
uzun o'simtali.
2. Suyaklarga xos xususiyadar va ularga mos kelgan tushunchalarni juftlab yozing: A -
o‘sishi, В - yo‘g‘onlashuvi, D - o‘sishining boshqarilishi, E - o‘sish gormoni ko‘p 
ishlab chiqarilganida, F - o'sish gormoni kam ishlab chiqarilganida, G - mineral 
moddalari, H 
organLk moddalari; 1 
bo‘y o‘sishi sekinlashib, past bo‘yli bo'ladi,
2 - bo‘yi tez o‘sib, baland bo‘yli boladi, 3 - gipofiz gormoni boshqaradi, 4 - suyak 
ikki uchini qoplab olgan tog‘ay hisobidan o‘sadi, 5 - suyakni qayishqoq qiladi, 6 -
suyakni qattiq qiladi, 7 - suyakusti pardasi hisobidan bo'ladi.
3. Suyaklarni ularga xos tuzilish belgilari bilan birga juftlab yozing: A - suyak 
to‘qimasi, В 
suyaklar sirti, D suyaklar shakli, E naysimon suyaklar, F yassi 
suyaklar, G - suyaklar qizil iligi, H - g‘ovak moddasi, I - naysimon suyak kovagi;
1 - naysimon va yassi bo'ladi, 2 - ikki uchi g‘ovak, o‘rtasi tig'iz moddadan iborat,
3 - uzun 
0
‘simtali hujayralar va toshsimon oraliq moddadan iborat, 4 - sariq ilik 
bilan to‘lgan, 5 - qon hujayralari hosil qiladi, 6 - qizil ilik bilan to‘lgan, 7 - tig‘iz 
moddadan iborat, 8 - g‘ovak moddadan iborat.
Masalani yeching:
Odam har kuni o‘rta hisobda 2500-3000 qadam bosib, taxminan 20 km yo‘l yuradi. 
Odam bir yilda va 70 yoshga kirgunicha qancha yo‘l bosishi mumkin?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling