О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Sekretsiya bezlari funksiyasining boshqarilishi


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Sekretsiya bezlari funksiyasining boshqarilishi. Sekretsiya bezlari funksiyasi 
nerv va gumoral omillarning o‘zaro ta’siri orqali boshqariladi. Misol tariqasida 
bosh miyaning bir qismi bo‘lgan gipotalamusni gipofiz bilan birgalikda boshqa 
bezlar ishiga ta’sirini koVsatish mumkin. Biron omil ta’sirida organizm ichki 
muhiti o'zgarib, stress holati (lotincha stress — zo ‘riqisK) yuzaga keladi, Stress 
sovuq, issiq, og‘riq, turli kasalliklar va hissiy omillar (qo‘rquv, hayajonlanish, 
xafa bo'lish) ta’sirida paydo bo'ladi. Bunday o‘zganshlar ta’sirida nerv sistemasi 
qo‘zg‘aluvchanligi o'zgaradi. Paydo bo‘ladigan nerv impulslari ta’sirida gipotalamus 
faollashib, uning sekretor hujayralari gormon ishlab chiqaradi. Gormonlar 
gipofizni faollashtiradi. Gipofiz gormonlari esa boshqa bezlarga ta’sir qilib, 
ularning funksiyasini kuchaytiradi yoki pasaytiradi.
Shunday qilib, gipotalamus - gipofizar sistema barcha organlar funksiyasiga 
ta’sir qiladi, qon tarkibini o‘zgartiradi, yurak-qon tomir sistemasi ishini tezlash- 
tiradi, qon bosimini oshiradi, nafas olish organlari ishini kuchaytiradi va mod-
25


dalar almashinuvi, muskullarning qon bilan ta’minlanishi va tayanch-harakat 
sistemasi ishini tezlashtiradi. Bu o'zgarishlar stressning organizmga ta’sirini 
kamaytiradi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib W ring:
1. Bezlar va ular o'rnini juftlab yozing: A 
gipofiz, В - epifiz, D - ayrisimon, E -
oshqozonosti, F - urug'don, G - tuxumdon, 1 - moyak, 2 - bosh miya asosi, o‘rta 
miya, 3 - qorin bo‘shlig‘i, 4 - bachadon orqasi, kichik chanoq bo‘shlig‘i, 5 - bosh 
miya ostki yuzasi, 6 - to‘sh suyagi orqa yuzasi.
2. Bezlar va ular ishlab chiqaradigan gormonlami juftlab yozing: A - gipofiz, В -
epifiz, D - ayrisimon, E - oshqozonosti, F - urug'don, G - tuxumdon; 1 - estrogen,
2 - androgen, 3 - timozin, 4 - insulin, 5 - melatonin, 6 - somatotrop.
3. Gormonlar va ular funksiyasini juftlab yozing: A - melatonin, В - somatotrop, D -
timozin, E - insulin, F - androgen, G - estrogen, H - paratgormon, J - tireotrop,
I gonadotrop; 1 
ikkilamchi ayollik jinsiy belgilami rivojlamshi, 2 jinsiy bezlar 
funksiyasini pasaytiradi, 3 - jinsiy bezlar ishini boshqarish, 4 - qalqonsimon bez 
ishini boshqarish, 5 - qonda qand miqdorini kamaytiradi, 6 - pigment almashinuviga,
7 - qonda kalsiy va fosfor almashinuvi, 8 - ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilarini 
rivqjlanishi, 9 - bo'yning o'sishi.
4. Sekretsiya bezlari funksiyasini gipotalamus-gipofizar sistema orqali boshqarilishini 
tartib bilan yozing: A - gipofiz faollashib, gormonlar ishlab chiqara boshlaydi, В -
nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligi o'zgaradi, D - omil ta’sirida organizm ichki muhiti 
o‘zgaradi, E 
barcha bezlar ishi kuchayadi yoki pasayadi, F 
nerv impulslari 
gipotalamusga uzatiladi, G - gipofiz gormonlari boshqa bezlaiga ta’sir qiladi, H -
gipotalamus faollashib, neyrogormon ishlab chiqara boshlaydi, J - neyrogormonlar 
gipofizga ta’sir qiladi.
Ofylab javob bering:
Odam kuchli hayajonlanganida rning yuragi tez-tez nra boshlaydi, nafas olishi 
tezlashib, yuzidan ter oqa boshlaydi. Bu jarayon organizmda sodir bo‘ladigan qaysi 
o‘zgarishlar bilan bogliq bo'ladi?



Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling