О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Buyrakusti bezlari. Buyrakusti bezlari o‘ng va chap buyrak ustida joylashgan, 
birmuncha yassilashgan piramidalar shakliga ega. Har bir bez tashqi po'stloq 
va ichki mag'iz qismlardan iborat. Bezlarning po‘stloq qismi suv, tuz, oqsil va 
uglevodlar almashinuviga ta’sir ko‘rsatadigan gormonlar ishlab chiqaradi. Androgen 
va estrogen gormonlari jinsiy bezlar faoliyatini kuchaytiradi. Buyrakusti bezi
^ 2 3


shish kasalligidd jinsiy gormonlar ishlab chiqarilishi kuchayib, yosh bolalarda erta 
balog'atga yetish belgilarini paydo qiladi.
Bezlarning mag‘iz qismi ishlab chiqaradigan adrenalin gormoni nerv qo‘z- 
g'alishini kuchaytirib, muskullar toliqishini kamaytiradi, yurak qisqarishi, nafas 
olish va qon aylanish jarayonlariga ta’sir ko'rsatadi. Organizmning zo‘riqish 
(stress) holatlarida, masalan, kishi hayajonlanganida, achchiqlanganida yoki qattiq 
qo‘rqqanida adrenalin ishlab chiqarilishi keskin ortadi, qon tomirlari torayib, 
yurak urishi tezlashadi, qon bosimi ortadi, glukogenning glukozaga aylanishi
ya’ni uglevod almashinuvi tezlashadi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Sekretsiya bezlarini ularning organizmda joylashgan o‘rni bilan birgajuftlab yozing: 
A - qalqonsimon bez, В - qalqonoldi bezlaii, D - gipofiz, E - epifiz, F - ayrisimon 
bez, H - buyrakusti bezlari; 1 - o‘ng va chap buyrak ustida, 2 - qalqonsimon bez 
orqa yuzasida, 3 - bosh miya ostki yuzasida, 4 - o‘rta miyada. 5 - to‘sh suyagining 
orqa yuzasida, 6 - bo‘yinning oldingi qismida.
2. Sekretsiya bezlari va ular ishlab chiqaradigan gormonlami juftlab yozing: A -
qalqonsimon bez, В - qalqonoldi bezi, D - gipofiz, E - epifiz, F - ayrisimon, 
H - buyrakusti; 1 - paratgormon, 2 - somatotrop, gonadotrop, 3 - melatonin, 4 -
tiroksm, 5 - androgen, estrogen, 6 - timozin.
3. Gormonlarni ularga mos keladigan xususiyadar bilan birga juftlab yozing: A -
tiroksin, В - adrenalin, D - androgen, E - paratgormon, F - estrogen; 1 - qonda 
kalsiy va fosfor miqdorini boshqaradi, 2 jinsiy bezlar faoliyatini boshqaradi, 3 
ayollar jinsiy gormoni, 4 - moddalar almashinuvi, nerv sistemasi qo‘zg‘aluvchanligini 
oshiradi, 5 - nerv qo‘zg‘alishini kuchaytirib, muskullar toliqishini kamaytiradi.
0 ‘ylab javob bering:
Nima sababdan qalqonsimon bez oldi bezlari funksiyasi kuchayganida suyaklar 
yumshab, deformatsiyaga uchraydi va qiyshayib qoladi?

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling