О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

Suyaklarning birikishi. Suyaklar o'zaro harakatchan, yarim harakatchan yoki 
harakatsiz birikishi mumkin (18-rasm). Harakatchan, y a ’ni bo‘g ‘imlar orqali biri- 
kish qo‘l va oyoqniag naysimon suyaklari uchun xos bo‘ladi. Suyaklarning hara­
katchan birikkan joylari bo'g'im  deyiladi. Bo‘g‘imlar orqali birikadigan suyak- 
lardan binning uchi qavariq, ikkinchisining uchi botiq bo‘ladi. Birinchi suyakning
17-rasm. Ko‘krak qafasi: 
7 7 - chin qovurg'alar, 
8-10 -  soxta qovurg'alar, 
11, 12 -  yetim qovurg'alar.
-Щ Щ
18-rasm. Suyaklarning birikishi: 1 -  harakatsiz choklar orqali birikish2 -  chala 
harakatchan birikish, 3 5 -  harakatchan bo‘g‘imlar orqali birikish.


19-rasm. Tizza bo‘g‘imining 
tuzilishi: 1 - son suyagi,
- bo‘g‘im xaltachasi,
3 -  tizza qopqog'i, 4 -  tog‘ay,
5 - bo‘g‘im suyuqligi,
6 -  katta boldir suyagi.
qavariq o‘simtasi ikkinchi suyak botig‘iga kirib 
turadi. Suyaklaming birikish yuzasi silliq va 
yaltiroq tog‘ay bilan qoplangan. Bo‘g‘im bo‘g‘im 
xaltasi bilan o‘ralgan. Bo‘g‘im bo‘shlig‘i bo‘g‘im 
suyuqligi bilan to‘lgan (19-rasm). Tog'ay v ab o ‘g‘im 
suyuqligi suyaklarning bir-biriga ishqalanishini 
kamaytiradi.
Yarim harakatchan birikishda o‘zaro birikadi- 
gan suyaklar orasida tog‘ay qatlam bo‘ladi. Umurt­
qa pog‘onasidagi umurtqalar o‘zaro shu usulda 
birikadi.
Harakatsiz birikish choksiz va chokli bo£ladi. 
Kalla suyaklari o‘zaro chok orqali, yuz va chanoq 
suyaklari, dumg‘aza umurtqalari choksiz birikadi.
Topshiriqlarga javob yozing va javobingizni tekshirib Wring:
1. Umurtqa pog'onasi bo‘limlarini ulaxga mos kclgan umurtqalar soni bilan birga juft­
lab ko‘rsating: A - bo‘yin, В - ko‘krak, D - bel, E - dumg‘aza, F - dum, G -
umurtqalar; 1 - 5 ta, 2 - 5 ta harakatsiz birikkan, 3 - 3-4 ta, 4 - 7 ta, 5 - 12 ta,
6 33 34 ta.
2. Ko‘krak qafasi skeleti suyaklari va ulai sonini juftlab yozing: A - umurtqalar, В -
qovurg‘alar, D - haqiqiy qovurg'alar, E - soxta qovurg'alar, F - yetim qovurg‘alar, 
G - to‘sh; 1 - 7 juft, 2 - 2 juft, 3 - 1 ta, 4 - 3 juft, 5 - 1 2 juft, 6 - 1 2 ta.
3. Birikish xillari va ularga mos kelgan suyaklarni juftlab yozing: A - harakatchan
В - chala harakatchan, D - harakatsiz chokli, E - harakatsiz choksiz; 1 - kalla 
suyaklari, 2 - umurtqa pog'onasi, 3 - chanoq dumg‘aza umurtqalari, 4 - qo‘l va 
oyoqning erkin suyaklari.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling