О. Mavlonov, Т. Tilavov, В. Aminov


-§. Hid bilish va ta’m bilish organlari


Download 6.73 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/155
Sana27.09.2023
Hajmi6.73 Mb.
#1688535
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155
Bog'liq
Biologiya 8

57-§. Hid bilish va ta’m bilish organlari
Hid va ta’m bilish kimyoviy moddalarning maxsus sezgir hujayralarga ta’siri 
bilan bogliq. Hid va ta’m bilish ovqat sifati va atrof-muhit to‘g‘risida xabar beradi, 
odamning hissiyotiga ta’sir ko‘rsatadi.
Hid bilisb. Hid bilish - moddalarning hidini maxsus retseptorlar yordamida 
sezishdan iborat. Hid bilish retseptorlari burun bo‘shlig‘ining yuqori bolim ida 
joylashgan (91-rasm). Odam hid orqali atrof-muhit havosining tozaligi yoki iflos- 
langanligini (masalan, oshxonada gaz hidini) sezadi, ta’m va ichimliklar sifati va 
ulardan zaharlanishning oldini oladi.
171


Hidni burun bo‘shlig‘ining shilimshiq qavati sirtida joylashgan maxsus hid 
bilish retseptor hujayralari qabul qiladi. Odamda bunday hujayralar soni 30-40 
mln. gayetadi. Hujayralar yuzasi mayda tukchalar hisobiga juda kengaygan bo'ladi. 
Shilliq qavatning bezli hujayralari ishlab chiqaradigan sekret retseptorlarni namlab 
turadi. Burun bo‘shlig‘iga o‘tgan hidli modda shilimshiq moddada erib, retseptorni 
qo‘zg‘atadi. Hid to‘g‘risidagi axborot hid bilish nervlari bo‘ylab bosh miyadagi hid 
bilish analizatori markaziga uzatiladi. Bu joyda hidning o‘ziga xos xususiyati
o‘tkirligi, sifati to‘g‘risida tasavvur shakllanadi, Hid bilish analizatori xilma-xil 
hid beruvchi moddalar va ular kombinatsiyasini bir-biridan farq qila oladi. Har bir 
odamning o'ziga xos hidi bo‘lishi tufayli iskovuch itlar minglab odamlar orasidan 
qidirilayotgan odamni topib beradi.
Muayyan bir xildagi hidga organizm sezgirligi o‘zgarib turishi mumkin. 
Hidning ta’siri bahor va yozda, ayniqsa, issiq va nam havoda kuchayadi. Hid 
yorug‘likda nisbatan kuchli seziladi. Hidli modda retseptorlarni doimo qo‘zg‘atib 
turganida hidga moslanish sodir bo'lib, odam hidni sezmaydigan bo‘lib qoladi.

Download 6.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling