O qishlоq хo`jаligidа mulkchilik munоsаbаtlаri vа tаdbirkоrlik shаkllаri


Download 47.63 Kb.
bet10/11
Sana11.03.2023
Hajmi47.63 Kb.
#1260892
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Xamitov

XULOSA VA TAKLIFLAR
Mamlakatimizda mustaqillikka erishilgandan so’ng bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o’tish bo’yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi. Mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida bo’lgani singari qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda. Amalga oshirilayotgan ushbu islohotlar natijasida qishloq xo’jaligi tarmog’ida ham bozor munosabatlari shakllanib, mulkiy munosobatlar takomillashdi, bozor iqisodiyoti shatroitiga mos yangicha tadbirkorlik shakllari paydo bo’ldi.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan qishloq xo’jaligi tarmog’ida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada takomillashtirishga alohida e’tibor berib kelinmoqda.
Mamlakatimiz hukumati tomonidan yerga nisbatan xususiy mulkchilikni joriy etish bo’yicha islohotlar amalga oshirilmoqda. 2019-yil 13-avgustda O’zbekiston Respublikasining “Qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to’g’risida”gi qonuni qabul qilingan. Bunda yer uchastkasini xususiylashtirish deganda ommaviy mulk bo’lgan yer uchastkasini O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bo’lgan jismoniy shaxslarga va (yoki) O’zbekiston Respublikasi rezidentlari bo’lgan yuridik shaxslar mulkiga o’tkazish nazarda tutilgan. Ushbu qonunning 10-moddasiga binoan, yer uchastkalarini xususiylashtirish obyektlari quyidagilardan iborat:

  • yuridik shaxslarga mulk huquqi asosida tegishli bo’lgan yoki ular tomonidan xususiylashtirilgan binolar va inshootlar, ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlari joylashgan yer uchastkalari, shuningdek ularga tutash bo’lgan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirish uchun zarur o’lchamlardagi yer uchastkalari;

  • O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun berilgan yer uchastkalari;

  • bo’sh turgan yer uchastkalari;

  • Urbanizatsiyani rivojlantirish jamg’armasiga berilgan yer uchastkalari.

Yer uchastkalarini xususiylashtirishda ularni elektron onlaynauksion orqali sotish nazarda tutilgan. Ushbu qonun 2020-yil 1-martdan e’tiboran kuchga kirgan.


Download 47.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling