O qishlоq хo`jаligidа mulkchilik munоsаbаtlаri vа tаdbirkоrlik shаkllаri
Download 47.63 Kb.
|
Xamitov
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’rtinchidan
Uchinchidan, mamlakatimiz qishloq xo’jaligida yerdan foydalanish ijara usuliga asoslangan bo’lib, yer ijara mexanizmi orqali bozor munosabatlariga kiritiladi. Shuni ta’kidlash zarurki, agrar islohotlar jarayonida qishloqda turli toifadagi yerdan foydalanuvchilar soni keskin ko’paydi va bu hozir ham davom etmoqda. “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunda ham yer uchastkasi fermer xo’jaliklariga 30 yildan 50 yilgacha bo’lgan muddatga ijaraga berilishi belgilab qo’yilgan. Fermer xo’jaliklariga yer uchastkalari ajratib berish jarayonini takomillashtirish maqsadida ularga yer uchastkasini tender asosida ajratib berilishi tartibi joriy etilgan.
To’rtinchidan, fermer xo’jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralari amalga oshirib kelinmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6oktabrdagi “Fermer xo’jaliklari faoliyatini yuritishda yer uchastkalari miqdorini maqbullashtirish choralarini ko’rish yuzasidan takliflar ishlab chiqish bo’yicha maxsus komissiya tashkil etish to’g’risida”gi 3077sonli Farmoyishi, 2015-yil 15-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Fermer xo’jaliklarini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 362-sonli qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi “Fermer xo’jaliklari va boshqa qishloq xo’jaligi korxonalari yer maydonlarini maqbullashtirish hamda qishloq xo’jaligi ekin yerlaridan samarali foydalanishga doir qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi 14-sonli qarorlariga muvofiq fermer xo’jaliklariga ajratib berilgan yer uchastkalarini maqbullashtirish choratadbirlari amalga oshirildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 6-oktabrdagi 3077-sonli Farmoyishiga ko’ra, o’sha paytda jahon-moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davom etayotganligi va mamlakatimizda inqirozga qarshi chora-tadbirlar dasturi doirasida fermer xo’jaliklari yer maydonlarini asosan yiriklashtirishga e’tibor qaratildi. 2015-yil 15-dekabrdagi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 362-sonli qarori bo’yicha esa fermer xo’jaliklarining yer uchastkalari kichiklashtirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9yanvardagi 14-sonli qarorlariga muvofiq esa fermer xo’jaliklariga ajratib berilgan yer maydonlari yiriklashtirildi. Ushbu qarorda qishloq xo’jaligi korxonalari yer uchastkalarining hajmlari ularning faoliyat yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda quyidagicha belgilanadi: paxtachilik va g’allachilik yo’nalishidagi qishloq xo’jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o’lchami - 100 gektar; g’allachilik va sabzavotchilik yo’nalishidagi qishloq xo’jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o’lchami - 20 gektar; bog’dorchilik va uzumchilik yo’nalishidagi qishloq xo’jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o’lchami - 10 gektar; sabzavotchilik va polizchilik yo’nalishidagi qishloq xo’jaligi korxonalari yer uchastkalari maydonlarining eng kam o’lchami - 5 gektar. Bir gektar yer maydoni uchun paxta-g’allachilik loyihasiga 2 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida hamda sabzavot-g’allachilik, bog’dorchilik-uzumchilik, sabzavot-polizchilik loyihalariga 5 ming AQSh dollari ekvivalenti miqdorida to’g’ridan-to’g’ri investitsiya kiritadigan talabgorlarga va klaster korxonalariga tuman sektor rahbarining tavsiyasiga ko’ra tanlov o’tkazmasdan tuman hokimining qaroriga asosan yer uchastkalari ajratiladi. Bizning fikrimizcha, fermer xo’jaliklari yer maydonlarining maqbullashishi tabiiy jarayon sifatida yuz berishi lozim. Ya’ni, faoliyati rivojlanayotgan fermer xo’jaliklari asta-sekinlik bilan o’z maydonini kengaytirib borishi lozim, faoliyatini yaxshi tashkil eta olmagan, samaradorlikka erisha olmagan fermer xo’jaliklari o’z maydonlarini qisqartirishga majbur bo’ladilar. Bu jarayonga ma’muriy yo’l bilan aralashish ko’zlangan natijani bermasligi mumkin. Masalan, mavjud resurs salohiyati va inkoniyatlari 50 gektar yerda faoliyat yuritishga yetadigan, shu maydonda samarali faoliyat yuritayotgan fermer xo’jaligining yer maydonini yiriklashtirish uning faoliyati samaradorligi pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Yoki aksincha, undan ma’lum miqdordagi yer maydonining olib qo’yilishi uning kelgusida o’z faoliyatini yanada rivojlantirishga, faoliyatiga uzoq muddatli investitsiya kiritishga bo’lgan rag’batini susaytiradi. Shu sababli, yer uchastkasini yiriklashtirish yoki kichiklashtirishni fermerning o’zi hal etishi maqsadga muvofiqdir. Download 47.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling