O qishlоq хo`jаligidа mulkchilik munоsаbаtlаri vа tаdbirkоrlik shаkllаri
Download 47.63 Kb.
|
Xamitov
XULOSA VA TAKLIFLAR
Qishloq xo’jaligida mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab davlatning bevosita rahbarligida agrar islohotlarning negizi hisoblangan yer va mulk islohotlari, mazmunan yangi fermer, dehqon xo’jaliklari va qo’shma korxonalar tashkil etildi va bu jarayon takomillashtirib borilmoqda. Qishloq xo’jaligida amalga oshirilgan agrar-iqtisodiy islohotlar natijasida jamoa, xususiy va aralash mulkchilik shakllari bosqichmabosqich barpo etilib, muttasil rivojlantirilmoqda. Xususiy mulkchilik asosida fermer va dehqon xo’jaliklari va tadbirkorlikning boshqa shakllari tashkil qilinib, taraqqiy ettirilmoqda. Qishloq xo’jaligida dehqonlarning moddiy manfaatdorligini ta’minlovchi, ularda haqiqiy mulkdorlik hissini uyg’otuvchi xo’jalik yuritish shakllarini joriy etishga ham alohida e’tibor berib kelinmoqda. Qishloq xo’jaligida davlat ahamiyatiga molik bo’lgan ayrim masalalarni hal etish uchun tarmoqda davlat mulki va unga asoslangan xo’jalik yuritish shakli ham saqlab qolingan. Kelajakda xususiy hamda qo’shma mulkchilikka asoslangan korxonalarni rivojlantirishga e’tiborni kuchaytirish maqsadga muvofiqdir. qiymatli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarishni nazarda tutuvchi qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish; qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ini modernizatsiyalash, diversifikatsiya qilish va barqaror o‘sishini qo‘llab-quvvatlash uchun xususiy investitsiya kapitali oqimini ko‘paytirishni nazarda tutuvchi sohada davlat ishtirokini kamaytirish va investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish mexanizmlarini joriy qilish; er va suv resurslari, o‘rmon fondidan oqilona foydalanishni nazarda tutuvchi tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish; qishloq xo‘jaligida davlat boshqaruvi tuzilmasini restrukturizatsiya qilish va yanada rivojlantirishni nazarda tutuvchi boshqaruvning zamonaviy tizimlarini rivojlantirish; fermer xo‘jaliklarida mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratishga qaratilgan tarmoq dasturlarini ishlab chiqish orqali davlat xarajatlari samaradorligini oshirish ko'zda tutilgan. Download 47.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling