9.HISOBOTNI YOZISH TARTIBI
O’quv tanishuv amaliyotining oxirida talabalar yozma ravishda yakuniy hisobotni rasmiylashtiradilar.
Hisobot qo’l yozma va kompyuter variantida tayyorlanishi mumkin. Hisobotning umumiy hajmi kompyuterda 14 shriftda 1,5 intervaldan yozilgan 25-30 betdan iborat bo’ladi.
Sahifaning tartib raqami sahifaning yuqori qismidan o’rtaga qo’yilishi, agar hisobot qo’lyozma shaklida yozilsa unda sahifa raqami pastki qismda o’rtaga yoziladi. Hisobotni raqamlash kirish qismidan 3 raqam bilan boshlanadi. Hisobotning betlarida matnning chap tomoni 30 mm, yuqori tomoni 20 mm, o’ng tomoni 15 mm, quyi tomoni 20 mm bo’lishi, Times New Roman shriftlaridan foydalanilgan bo’lishi tavsiya etiladi. Hisobot betida (titul varag’ida) institutning nomi, kafedra va yo’nalishning nomi, talabaning ismi sharifi, amaliyot turi, rahbar o’qituvchining ismi sharifi va tegishli imzolar bo’lishi kerak. Hisobot yakunida ilovalar keltirilishi kerak. Hisobotning barcha varaqlari va jadvallarda ularning tartib raqami qo’yilishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |