O ‘rta maxsus ta`lim vazirligi


Download 85.17 Kb.
bet2/20
Sana02.01.2022
Hajmi85.17 Kb.
#196559
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Ўқув танишув амалиёти услубий кўрсатма узб

1. O’QUV-TANISHUV AMALIYOTINING MAQSADI VA VAZIFALARI

5230100 -Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar) yo'nalishi bo'yicha ta`lim olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan.

O’quv tanishuv amaliyotini o'tkazish bo’yicha dastur va ko’rsatmalar yangi o'quv rejasi hamda Davlat ta`lim standarti asosida ishlab chiqildi.

O’quv tanishuv amaliyoti Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 1998 yil 30 oktyabrdagi 305-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqida” Nizom talablari asosida tashkil etiladi va o’tkaziladi.

O’quv tanishuv amaliyoti II kurs yakunida 6 hafta davomida o'tkaziladi.

O’quv tanishuv amaliyoti Farg'ona viloyati va shahardagi eng ilg'or ishlab chiqarish korxonalarida o'tkaziladi. Talabalar tomonidan oiib kelingan aloqa xatlari asosida boshqa viloyatlardagi korxonalar ham amaliyot uchun baza bo'lib hisoblanishi mumkin.

O’quv tanishuv amaliyoti o'quv jarayonining eng ahamiyatga molik qismlaridan biri bo'lib, ushbu amaliyot iqtisodiy taraqqiyotning hozirgi bosqichida talabalar bilmini mustahkamlash, chuqurlashtirish maqsadida o'tkaziladi.

Talabalarni malakaviy amaliyotga jo'natish bilan «Iqlisodiyot» kafedrasi o'z oldiga quyidagi asosiy maqsadlarni qo'yadi:


  1. Talabalar tomonidan umumkasbiy fanlarni o’zlashtirishda orttirilgan nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash, boshqaruvdagi iqtisodiy va tashkiliy jarayonlarni o’rganish;

  2. Talabalarda korxona xo’jalik faoliyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo’yicha dastlabki fikr va mulohazalarni hosil qilish.

Yuqoridagi maqsadlardan kelib chiqqan holda o’quv tanishuv amaliyotining vazifalari quyidagilardan iborat.

  • тalabalarda bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar faoliyati to’g’risida amaliy tassavur hosil qilish;

  • sanoat korxonalarining ta’sis hujjatlari bilan tanishish.

  • korxonalarda mahsulot ishlab chiqarishda qo’llaniladigan texnika va texnologiyalar bilan tanishish

  • korxonalar umumiy, ishlab chiqarish va boshqarish strukturasi hamda ishlab chiqarish va boshqaruv bilan bog’liq bo’lim va bo’linmalar vazifalari bilan tanishish

  • korxonada yuritiladigan reja va hisobot hujjatlari hamda asosiy texnik iqtisodiy ko’rsatkichlar bilan tanishish.


Download 85.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling