4. AMALIYOT O’TUVCHI TALABALARNING VAZIFALARI
4.1. Talabalar amaliyot o’tish davrida quyidagi vazifalarni bajaradilar:
- ishlab chiqarish amaliyotini o’tkazish dasturidagi va rahbar tomonidan topshirilgan vazifalarni bajarish;
- muassasa jihozlaridan foydalanishda to’liq javobgarlikni his qilish, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish va ichki tartibga to’liq bo’ysunish;
- har kun bajariladigan ishlar bo’yicha kundalik daftarni to’ldirib borish, rahbarga ko’rsatish. Har hafta oxirida tekshirish uchun topshirish;
- amaliyot tugagandan so’ng uning natijalari to’g’risida yozma hisobot yozish, amaliyot dasturining barcha bo’limlarini to’liq bajarilganligi to’g’risida rahbarning imzosini olish;
- amaliyot davomida qilingan ishlar va ichki tartib qoidalarga amal qilish natijalari bo’yicha muassasa rahbarining tavsifnomasini olish.
4.2 Ishlab chiqarish amaliyotining dasturiga amal qilmagan, dastur talablarini to’liq bajarmaganligi uchun rahbarlardan salbiy tavsifnoma olgan talaba va hisobot himoyasidan qoniqarsiz baho olgan talaba ta’til davomida qayta amaliyotga yuboriladi, yoki rahbarning bildirishnomasigasiga ko’ra institut rektorining buyrug’iga asosan talabalar safidan chiqariladi.
4.3 Amaliyot davrida talaba muassasaning ichki tartib qoidalarini buzgan taqdirda muassasa rahbari tomonidan salbiy fikrlar bildirilsa institut rektori bu talabani institutda qoldirish yoki qoldirmaslik masalasini ko’rib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |