10. O’QUV TANISHUV AMALIYOTNI O’TISH NATIJALARI BO’YICHA TALABALAR BILIMINI BAHOLASH MEZONLARI
Amaliyot natijalari bo’yicha talabalar bilimi quyidagi mezonlar bo’yicha baholanadi:
86-100 ball
|
Agar amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirish barcha talablarga javob berib, uning himoyasi vaqtida talaba korxona faoliyatining dasturda ko’rsatilgan barcha yo’nalishlarini to’g’ri va to’la aks ettirsa, ularni nazariy jihatlar bilan to’g’ri bog’lasa, ilg’or turdosh korxonalar tajribasi bilan solishtirsa, korxona faoliyatidagi kamchilik va qo’llanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlasa, korxona faoliyatini kelajakda rivojlantirish bo’yicha o’z fikr va takliflarni shakllantirgan bo’lsa hamda kommissiyaning barcha savollariga javob bersa talabaga maksimal ballning 86-100 % qo’yiladi.
|
71-85ball
|
Agar amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirish talablarga javob berib, uning himoyasi vaqtida talaba korxona faoliyatining dasturda ko’rsatilgan barcha yo’nalishlarini to’g’ri va to’la aks ettirishga harakat qilsa, korxona faoliyatidagi kamchilik va qo’llanilmayotgan imkoniyatlarni aniqlasa, korxona faoliyatini kelajakda rivojlantirish bo’yicha o’z fikr va ba’zi takliflarni shakllantirgan bo’lsa hamda kommissiya tomonidan berilgan ko’pchilik savollariga javob bersa talabaga maksimal ballning ni 71-85% gacha qo’yiladi.
|
55-70 ball
|
Agar amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirishda ba’zi kichik xattolarga yo’l qo’yilib, uning himoyasi vaqtida talaba korxona faoliyatining dasturda ko’rsatilgan yo’nalishlarini qisman aks ettirsa, korxona faoliyatidagi kamchilik va qo’llanilmayotgan imkoniyatlarni qisman aniqlasa, korxona faoliyatini kelajakda rivojlantirish bo’yicha o’z fikr va takliflarni shakllantirishga qiynalsa hamda kommissiyaning ba’zi savollariga javob bersa talabaga maksimal ballning 55-70% i qo’yiladi.
|
55 –ballgacha
|
Agar amaliyot bo’yicha hisobotni rasmiylashtirishda qo’pol kamchiliklarga yo’l qo’yilib, uning himoyasi vaqtida talaba korxona faoliyatining dasturda ko’rsatilgan barcha yo’nalishlarini yorita olmasa, ularni nazariy va amaliy jihatlarini bilmasa, korxona faoliyatini kelajakda rivojlantirish bo’yicha o’z fikr va takliflarni shakllantira olmasa, hamda kommissiyaning savollariga javob bera olmasa talabaga maksimal ballning 55% gacha ball qo’yiladi.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |