133
• Value,
• Models,
• Schematic Options,
• Fault,
• Node,
• Display,
• Analysis Setup.
Label (Komponentning xossalari). Komponentning
metkasi yoki
identifikatorini o’rnatish yoki o’zgartirish. Komponentning
identifikatori yagona
bo’lishi kerak, uni o’chirib tashlab bo’lmaydi.
Value. Komponent xossalarining qiymatlari o’rnatiladi.
Models. Komponentning modelini tanlash va uni tahrirlash.
Komponentlar
sukut bo’yicha ko’pchilik hollarda “ideal” bo’ladi. Natijalarning aniqligini orttirish
zarur bo’lsa “real” modellarni tanlash mumkin.
Schematic Options. Sxemaning parametrlarini tanlash.
Fault. Komponent terminaliga nosozliklarni kiritish. Quyidagi
nosozliklarni kiritish
mumkin:
• Leakage – Komponentga parallel ulanadigan
qarshilikning qiymati
(komponentga qo’shni
zanjirlarning, komponentga
parallel ekvivalent
qarshiligi);
• Short – komponentning qisqa tutashuv rejimi;
• Open – komponentning
ichida uzilish mavjud, ya’ni
uning qarshiligi juda
katta.
Node. Sxema tugunining xossalarini o’zgartirish, unda quyidagi bo’limlar
mavjud:
• Node ID – sistema tomonidan berilgan tugunning nomi;
• Use as Testpoint – tugun test nuqtasi sifatida ko’rilishi kerakligini bildiradi;
• Set Node Color – simlarning rangini o’zgartirish.