O. S. Vixanskiy talqiniga koʻra boshqaruv funksiyalari Reja


Download 28.14 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi28.14 Kb.
#1281757
Bog'liq
47.O.S.Vixanskiy talqiniga koʻra boshqaruv funksiyalari


O.S.Vixanskiy talqiniga koʻra boshqaruv funksiyalari
Reja:
Kirish

  1. Boshqaruv usullari.

  2. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullari

  3. Boshqaruv tizimining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimchasi

Xulosa
Boshqaruv usullari.Boshqaruv usuli – maqsadga erishish uchun boshqariladigan ob’ektga usullar va qo’llanmalar yig’indisi orqali ta’sir etishdir. Usullar ko’pincha metodlar deb ham yuritiladi. «Metod» grekcha so’z bo’lib (methodos) –«qandaydir maqsadga yetish» ma’nosini bildiradi. Boshqaruv metodlari (usullari) orqali boshqaruvning faoliyatlari amalga oshiriladi. Menejment metodi tashkilotning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishishda tashkilotning butun faoliyatini tashkil qiladi va ijroni nazorat qilib boradi.
Menejment usullarining (metodlarining) ko’pligi va uslubiy yondashishlarning ham ko’pligi aniq boshqaruv vazifalarini belgilashda mazkur usullardan qaysi birini qo’llashni tanlab olishni qiyinlashtiradi.
Shuning uchun ham mavjud bo’lgan barcha boshqaruv usullarini o’z tavsiflariga binoan
guruhlashni, tartibga tushirishni talab qiladi. Usullarning yo’nalishlarga asoslanganligi boshqaruv tizimidagi shakllarni (firma, bo’lim, laboratoriya, kompaniya va h.k.) boshqarishda usul tanlab olishni ta’minlaydi.
Tashkiliy shakllar usuli ko’p hollarda boshqaruvda vaziyatlar birdaniga yoki asta-sekinlik bilan o’zgara boshlaganida qo’llaniladi. Bu holatda ham o’sha vaziyatga mos bo’lgan usullarni saralab, tanlab olish zarur bo’ladi. Boshqaruv amaliyotida usullar asosan birdaniga, biryo’la qo’llaniladi. Bu holda qo’llanilayotgan usullar kombinatsiyalashib ketadi. Qayd qilish lozimki, iqtisodiyotda boshqaruv usullarini mazmuni yoki vazifalariga qarab tasniflash haqida standart talablarga javob beradigan ko’rsatma yoki tavsiyalar yo’q. Chunki boshqaruv bir maromda faoliyat ko’rsatmaydi. Bu holat ayniqsa bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda aniq ko’rinadi.
Bozor munosabatlari yoki bozor mahsulotlariga iste’molchilarning xohish-istaklari o’zgara boshlashi bilan boshqaruvda ko’plab usullar bir-biriga qo’shilib, bir-birini ba’zida inkor qiladi, ba’zida qo’llab-quvvatlaydi. Bunday vaziyatlarda qo’shimcha usullarni qo’llash ham talab qilinadi.
Ta’kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, boshqaruvning mukammalligini ta’minlashda hozirgi vaqtda asosan quyidagi boshqaruv usullari ommaviy holda, an’anaviy tarzda qo’llaniladi:
1. To’g’ridan-to’g’ri direktivalarga asoslangan tashkiliy ma’muriy usullar;
2. Iqtisodiy me’yorlashtirishga asoslangan iqtisodiy usullar;
3. Xodimlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qo’llaniladigan ijtimoiy – psixologik usullar.
1. Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullarida qo’llaniladigan buyruq berish, nazorat qilish, jazolash usullari doimo birini-biri kutib turganidan ko’p hollarda boshqaruvning bu usullarini tanqid qilishadi. Lekin keyingi vaqtlarda ma’lum bo’ldiki, jamoada (har qanday jamoada) tartibni saqlash, ishlab chiqarishdagi tartib, aniqlik, javobgarlikni sezish aynan ana shu – boshqarishning tashkiliy –ma’muriy usullarini qo’llashda namoyon bo’ladi.
Bu usulda boshqaruvning ketma-ketligi yoki bir-biri orqali boshqaruvi yo’q qilinadi. Ma’muriyat o’z bo’yrug’i yoki ko’rsatmalari bilan butun bir jamoaning bir me’yorda ishlashini ta’minlaydi. Lekin, bu usulning kamchiligi shundan iboratki, tashkilot xodimlarining sustligi, befarqligi oqibatida rahbar o’z xizmat vazifalarini, vakolatlarini suiste’mol qilishi mumkin.
Shuning uchun ham tashkiliy – ma’muriy boshqaruv usulini qo’llaganda rahbardan tortib to oddiy xodimning huquqlari va imtiyozlari ma’muriyat va jamoa o’rtasidagi mehnat shartnomasida qayd qilinishi lozim. Ma’muriyat boshqaruvida qonun doiralaridan chiqqan vaziyatlarda tashkilot umumjamoa yig’ilishi rahbarga ishonchsizlik bildirishi mumkin.
2. Boshqarishning iqtisodiy usullariga boshqaruvda markaziy o’rin berilganligi bilan muhim ahamiyatga ega. Menejmentda bu boshqaruv usuli erkin bozor munosabatlari sharoitida juda ko’p hollarda qo’llaniladi. Chunki, tashkilotning barcha a’zosi tashkilot iqtisodiyotining barqaror rivojlanishidan manfaatdor bo’lishligini juda yaxshi bilishadi. Bu usulni qo’llashdagi eng muhim huquqiy talablardan biri-tashkilotning mustaqil ish yuritishga sharoit yaratilish hisoblanadi. Bunda, asosiy e’tibor mustaqil xo’jalik yuritish boshqaruvida iqtisodiyotni rivojlantirishga asoslangan tadbirkorlikka qaratiladi.
Boshqarishning iqtisodiy usullari tashkilot xodimlarining tadbirkorligi, ixtirochilik imkoniyatlarini uyg’otadi, tashabbuskorlikni kuchaytiradi.
Bunday ijobiy holatlarning yuzaga kelishi albatta ma’lum. Chunki, tashkilot tashabbuskorlik, ixtirochilik, yangilikka intilish, tavsiya va takliflarni joriy qilishdan qo’shimcha daromad oladi. Bu qo’shimcha daromad (foyda)ning ma’lum bir qismidan jamoa a’zolari manfaatdor bo’lishadi.
Bu boshqaruv tipidagi eng muhim masalalardan biri boshqaruv organi ham mehnat jamoasi ham o’z tashkiloti rahbariyatining faoliyati tashkilotni qanday iqtisodiy rivojlanishga olib kelishni maksimal holda bilishi lozim bo’ladi. Erkin bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiy
boshqaruv usuli yanada rivojlanadi. Boshqaruvda erkin harakat qilish kengayadi. Xo’jalik
hisobidagi ba’zi hisob-kitoblar jarayonidagi cheklovlar barham topadi, iqtisodiy rag’batlantirish natijasida korxonaning har bir xodimi korxona iqtisodiyoti ko’tarilishi natijalariga o’z hissasini qo’shish yo’nalishiga o’tadi.
Iqtisodiy boshqaruv usulida rejalashtirish, tahlil, xo’jalik hisobi, bahoni
belgilash, moliyalashtirish, rag’bat- lantirish tizimi mukammallashtiriladi. Korxonada
iqtisodiy –matematik usullarni qo’llash amalga oshiriladi. Bu usullarda ishlash olinadigan
natijalarning aniqligiga asoslanish boshqaruvini ta’minlaydi.
3. Boshqaruvning ijtimoiy–psixologik usullari qo’lla- nilganda korxonada mehnat
unumdorligini oshirish albatta xodimlarning ruhiyati holatlariga bog’liq bo’ladi. Boshqaruvda
har bir xodimga individual (shaxsan) yondashish korxona oldiga qo’ygan maqsadni bajarishda yagona jamoani shakllantirishda juda qo’l keladi.
Tadqiqotlardan ma’lumki, rahbarning xo’jalikni boshqarish faoliyatidagi yutuqlarining 15 % malakali bilimga ega ekanligi, 85 % odamlar bilan muvaffaqiyatli ishlash qobiliyatiga bog’liq ekan. Yaponiyalik olimlarning tadqiqotlari bo’yicha korxonadagi psixologik muhitning ijobiy yoki salbiyligi jamoaning mehnat unumdorligini 1,5 % ga yoki oshiradi yoki pasaytirib yuboradi.
Ijtimoiy–psixologik boshqaruv usullarining oddiy jihatlariga e’tibor bermaslik jamoada xodimlar o’rtasida nosog’lom muhitning asta-sekinlik bilan kuchayib borishiga sabab bo’ladi, jamoada boshqaruvdan norozi bo’lgan guruhlar shakllanadi, boshqaruv rahbariyati bilan bu guruhlar o’rtasida tortishish, to’qnashish hodisalari yuz bera boshlaydi, xodimlarning bir-biriga o’zaro yordam berishi munosabatlari yo’qola boradi. Natijada boshqaruvning korxona oldiga qo’ygan maqsadlari mehnat unumdorligining pasayishi sababli barbod bo’ladi.
Ijtimoiy-psixologik boshqaruv usullarida rahbarning asosiy faoliyati xodimlarning
tabiiy xulq-atvorlariga, jamoada ishlashda o’zaro munosabatlariga, shaxsiy
manfaatdorlik tushunchalariga e’tiborni qaratish lozim bo’ladi. Ijtimoiy- psixologik
boshqaruv usulida shaxsning tarbiyalanganlik (oilada) belgilari, muomala darajalari,
jamoa bilan hamfikrlik holatlari chuqur o’rganilishni talab etadi. Albatta bu
boshqaruv usulida rahbarning bilimli, malakali printsipial xodimlarni
rahbarlik lavozimlariga asta-sekinlik bilan ko’tarib borishi ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa - bu boshqaruv sub’ektining ob’ektga boshqaruv buyruqlari, qarorlar, tavsiyalar va x.q ko‘rinishidagi ta’siridir. Teskari aloqa - bu boshqaruv ob’ektidan boshqaruv sub’ektiga chiquvchi axborotdir.
Keltirilgan to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqalar vertikalga kiradilar. Ulardan tashqari rasmiy va norasmiy munosabatlarni amalga oshishiga imkon beruvchi, bilimlar va ko‘nikmalarni uzatishga ko‘maklashuvchi, boshqaruv tizimining o‘zining oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishish bo‘yicha bitta darajadagi sub’ektlarning harakatlari mufoviqlashuvini ta’minlovchi gorinzontal aloqalar ham mavjud. Dioganal aloqa, masalan, bitta bo‘limning mutaxassisi va boshqa bo‘limning boshlig‘i o‘rtasida mavjud bo‘ladi.
Boshqaruv tizimini ikkita tizimchalar – boshqaruvchi (boshqaruv sub’ekti) va boshqariluvchi (boshqaruv ob’ekti), hamda ular o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri va teskari aloqani tashkil qiluvchilarni elementar ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin.
O.S. Vixanskiy va A.I. Naumov boshqaruv tizimida uchta tizimchani belgilaydilar. Birinchi tizim boshqaruv tizimi sifatida avvalroq qabul qilingan. Bu o‘zlarining oldilariga qo‘yilgan vazifalarni bajaruvchi boshqaruv idoralari, bo‘linmalar va ijrochilar majmuasi, ular yordamida boshqaruv amalga oshiriladigan usullar yig‘indisidir. Ushbu tizimchani tashkilot, texnologiya va boshqaruv usullarining birligi deb belgilash mumkin. U tarkibiy-vazifaviy deb ataladi va boshqaruv tizimining “negizi” sifatida bo‘ladi.
Ikkinchi tizimcha – axborotli - ahloqiy. Quyidagilar uning asosiy bloklari bo‘ladilar:

boshqaruv g‘oyasi va boshqaruv tizimini qiymatga yo‘naltirish;

boshqaruv jarayoni ishtirokchilarining manfaatlari va axloqiy me’yorlari;

boshqaruv tizimidagi axborotlar va kommunikatsiyalar.



Ushbu bloklar yig‘indisi asosan butun ko‘rib chiqilayotgan tizimchani qamrab oladi, ammo boshqaruvning alohida tizimlarida qo‘shimcha bloklar, masalan: milliy manfaatlar, milliy boshqaruv steorotiplari va x.q bo‘lishi mumkin. Hozirgi vaqtda ob’ektiv sodir bo‘layotgan axborotlarni jadal va keng tarqalish munosabatlari bilan ushbu tizimchaning roli keskin o‘sadi.
Boshqaruv tizimining o‘zini o‘zi rivojlantirish tizimchasi uchinchi tizimcha bo‘ladi. Uni paydo bo‘lishi boshqaruv tizimida o‘zini o‘zi takomil- lashtirishga intilish, ilg‘or g‘oyalarini qidirib topish va ishlab chiqish, ularni amaliyotga tadbiq etish kabi sifatlarni vujudga kelishi bilan asoslanadi. Bu tizimcha nafaqat ko‘rsatib o‘tilgan sifatlarni aks ettiradi, balki, ularni qayta ishlab chiqilishi, tarqatilishi va amalga tadbiq etilishiga yordam beradi.
Ushbu tizimcha ikkita qismga ajratilishi mumkin, birinchisi – boshqaruv tizimini muntazam ravishda takomillashish va rivojlanishga yo‘naltiradi. Ikkinchisi uni rivojlanishini ta’minlaydi.
R.A.Fatxutdinov tashkilot menejmenti tizimining quyidagi tuzilishini taklif etadi
Bunda quyidagilar tashkilotning menejment tizimi maqsadli tizimchasining tarkibiy qismlari bo‘ladilar: ishlab chiqarilayotgan tovarlar va xizmatlarning sifatini oshirish, resurslarni tejash, tovarlarni sotish bozorlarini kengaytirish, ishlab chiqarishni tashkiliy-texnik rivojlantirish, jamoani ijtimoiy rivojlanishi va atrof-muhitni muhofaza qilish.
Tashkilot menejment tizimining ta’minlovchi tizimchasi quyidagilarni o‘z ichiga oladi: uslubiy ta’minot, resurslar ta’minoti, axborot ta’minoti va xuquqiy ta’minot.
Vazifaviy tizimcha quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi: marketing, rejalashtirish, jarayonlarni tashkil qilish, hisobga olish va nazorat, motivatsiya va tartibga solish.
Tashkilot menejmenti tizimini boshqaruvchi tizimchasi quyidagilarni o‘z ichiga quyidagilarni oladi: xodimlarni boshqarish, menejmentning sotsiologiyasi va psixologiyasi, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qarorlarni qabul qilishdagi tahlil, qarorlarni qabul qilishdagi bashorat.

ADABIYOTLAR RUYXATI
1. A.V.Petrovskiy. “Umumiy psixologiya”, 1992 yil.
2. P.V.Ivanov .“Umumiy psixologiya”, 1972 yil.
3. A.N.Leont’ev. “Problem’ razvitiya psixika”
4. www.ziyonet.uz
Download 28.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling