O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 2. Konstitutsiyaning ta'rifi mazmuni va mohiyati


Download 1.95 Mb.
bet13/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 2. Konstitutsiyaning ta'rifi mazmuni va mohiyati

Konstitutsiya davlatning oliy kuchga ega qonuni, u asosiy qonun deb ham ataladi. Sababi Konstitutsiya davlatchilikni, qonuniylik va huquq-tartibotni, qonunchilikni asosi. Konstitutsiya eng avvalo yuridik hujjatdir. Uning shu xususiyatlari va sifatlari konstitutsiyaviy huquq fanining predmetini tashkil etadi.


Konstitutsiya boshqa qonunlar kabi faqat yuridik hujjat sifatidagina namoyon bo‘lmay, u siyosiy hujjathamdir. Chunki Konstitutsiya jamiyatdagi siyosiy munosabatlarni ham tartibga solishga ta'sir qiladi.
Huquqiy davlatlar yoki shunday davlat qurayotgan mamlakatlar Konstitutsiyalari g‘oyaviylikdan xolidir. Faqat ular ko‘pg‘oyaviylikni, plyuralizmni vujudga kelishi uchun, agar ular hammabop g‘oya bo‘lsa sharoit yaratishi mumkin.
Shunday qilib Konstitutsiya deb – oliy yuridik kuchga ega, davlatning asosiy qonuni tushuniladi. Bu qonun davlat tuzilishining asosiy prinsiplarini, shaxs huquqiy holati asoslarini, hokimiyat organlari tizimi, tarkibi, tashkil bo‘lish tartibi, vakolatlari, o‘zaro munosabatlari, davlatning jamoat birlashmalari bilan munosabatlarining asoslarini belgilovchi normalar yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Konstitutsiya davlat funksiyasi doirasini, uning shaxs va jamiyat bilan aloqasining asoslarini o‘rnatish bilan konstitutsiyaviy tuzim asoslarini belgilaydi.
Konstitutsiya mohiyatini mavjud tuzimda qo‘lga kiritilgan yutuqlar, ularni qanchalik fuqarolar manfaatiga mosligi belgilaydi. Shu va Konstitutsiya bilan tartibga solish doirasi turli mamalaktlarda turlichaligi, Konstitutsiyaviy huquq nazariyasida Konstitutsiya tushunchasi, mazmuni va mohiyati haqida yagona fikr yo‘qligiga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari turli mamlakatlarning rivojlanish taraqqiyoti har xilligi, Konstitutsiya qabul qilinayotgandagi sharoitlarning har xilligi, xalqning ongi, dunyoqarashi, hatto ahloqidagi farqlar ham bu masalalar yuzasidan turlicha fikrlar bo‘lishini tabiiiy ekanligini ko‘rsatadi.
AQSH Konstitutsiyasi to‘rt asr yuzini ko‘rgan Konstitutsiyadir. U qabul qilingan 1787-yildagi sharoit va jamiyat taraqqiyoti, XX asr oxiridagi va hozirgi sharoitdan mutlaq farq qiladi. AQSH Konstitutsiyasi shundan kelib chiqib faqat hokimiyatga bog‘liq masalalarnigina hal qilgan. Keyingi kiritilgan qo‘shimchalargina inson huquqlariga taalluqli bo‘lgan. Shuning uchun AQSHning Konstitutsiyasini sof davlat (jamiyat emas) Konstitutsiyasi va huquqiy hujjati desak bo‘ladi. Angliyada esa hozirgacha yozilgan ya'ni yagona shakldagi Konstitutsiya yo‘q.
Shuning uchun ularning Konstitutsiyalariga nisbatan, keying davrda qabul qilingan Konstitutsiyalarga ishlatiladigan ta'rifni qo‘llab bo‘lmaydi. Ikkinchi jahon urushidan keyingi, mustamlakachilik tuzumi yemirilishi natijasida vujudga kelgan davlatlar, Sovet Ittifoqi tarqalib ketishi natijasida vujudga kelgan mustaqil davlatlar konstitutsiyalarining tartibga solish doirasi nihoyatda kengaytirildi, bu esa Konstitutsiya mohiyati, mazmuniga yangicha ta'rif berishga asos bo‘ladi.
Lekin Konstitutsiya tushinchasiga beriladigan ta'riflarda albatta uni, fuqaro va shaxs huquqiy holati, erkinligi kafolati ekanligi, davlat hokimiyatini demokratik tashkil qilish hokimiyatlar bo‘linish prinsipida bo‘lishi, xalq suvereniteti saylab qo‘yiladigan vakillik organlari orqali amalga oshirilishi, Konstitutsiya erkinlik va hokimiyat munosabatida muttanosiblik bo‘lishini ta'minlanishi o‘z ifodasini topishi kerak.
Markscha-Lenincha konstitutsiyaviy ta'limotga asosan, Konstitutsiyaning mohiyatini sinfiy kurashdagi sinfiy kuchlar nisbati belgilar edi. Bu ularning asosiy ta'limotida jamiyatning sinflarga bo‘linishi, albatta hukmron sinfning mavjud bo‘lishi, ularning irodasi hamma narsani belgilashi, boshqalarning shu irodaga bo‘ysunishga majburligi haqida ta'limotlariga mos edi.
U ta'limotda hokimiyat kimgadir (qandaydir) guruhga tegishli bo‘lishi qat'iy e'tirof etilar, bu narsa yashirilmas edi.
Hozirgi demokratik jamiyatlarda hokimiyat mexanizmi bu kelishuvchilikdir (sheriklik), chunki jamiyatda siyosiy kuchlar turli – tuman bo‘lib, hokimiyat uchun kurashuvchi sub'ektlar soni cheklanmagan. Hokimiyatdagi kelishuvchilik (sheriklik) istalmasada, ixtiyoriylik asosida bo‘lib, umumiy maqsadga erishishda manfaatdorlik bo‘lishidan, hokimiyat va erkinlik masalasini qonun asosida hal qilish zarurligidan vujudga keladi. Shuning uchun hozirgi Konstitutsiyalar hatto eng kuchli bo‘lsa ham ayrim sinflarning, ijtimoiy sinflarning manfaati uchungina xizmat qila olmaydi.
O‘zbekiston Konstitutsiyasi sinfiylikdan xoli, xalq manfaatini ifoda etuvchi Konstitutsiyadir. “Konstitutsiya o‘zining tub mohiyati, falsafasi, g‘oyasiga ko‘ra yangi hujjatdir. Unda kommunistik mafkura, sinfiylik, partiyaviylikdan asar ham yo‘q”1.
Hozirgi kunda hatto ayrim guruh yoki sinf o‘z hukmronliginini o‘rnatgan vaqtda ham, demokratik jamiyat uchun xos bo‘lgan, umume'tirof etilgan qadriyatlardan boshqa, yangi narsani taklif qilishni tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun o‘rnatiladigan tuzum u qanday bo‘lishidan qat'iy nazar hukmronlar tomanidan demokratik deb e'lon qilinadi, hatto o‘zi avtoritar yoki totalitar bo‘lsa ham. Ular hyech qachon nodemokratik Konstitutsiyalar qabul qilishga tavakkal qilmaydi. Mamlakatda kelishuv faqat hokimiyat mexanizmini yaratishda bo‘lishi mumkin. Inson huquq va erkinliklarini (bu Konstitutsiyaning asosiy maqsadi) aniqlashda kelishuv bo‘lishi mumkin emas.
Totalitar tuzum va demokratik tuzumdagi davlatlarning Konstitutsiyalari bir-biridan farq qiladi. Totalitar tuzum davlatlari Konstitutsiyalarida davlatning rahbarlik roli Konstitutsiyaning o‘zida ko‘rsatib qo‘yiladi va hukmron partiyaning g‘oyaviy ko‘rsatmalari ta'siri iqtisodiy va siyosiy tizimga to‘la tatbiq qilinadi. Shu asosda mafkura, g‘oya asosiy qonun darajasiga ko‘tariladi.
Demokratik jamiyatda esa uning aksidir. Bu jamiyat hamma sohada davlat boshqaruviga, rahbarligiga muhtoj emas. Bu jamiyatda Konstitutsiya davlatga jamiyatni himoyalash vazifasini yuklaydi.
Bunday jamiyatdagi Konstitutsiyalarda, davlatning jamiyatni himoyalash, fuqaro mas'uliyatini himoyalash vazifasi aniq belgilab qo‘yiladi.
Konstitutsiyalar Muqaddima qismining mavjudligi bilan ham boshqa qonunlardan farq qiladi. Muqaddima tantanali - deklarativ xaraterdagi ta'kidlardan iborat bolib, ular yuridik kuchga ega emas. Muqaddimada davlatning maqsad va vazifalari, davlatchilikda qabul qilinadigan, tayaniladigan qadriyatlar, xalq va kelajak avlod oldidagi mas'uliyat belgilanadi. Bu g‘oyalar keyinchalik turli ko‘rinish va shakllarda Konstitutsiya normalarida o‘z aksini topadi. Shuning uchun ham Konstitutsiyalarga ta'rif berilganda Konstitutsiya qo‘lga kiritilgan yutuqlarni mavjud ijtimoiy munosabatlarni mustahkamlovchi hujjat bo‘lib qolmay, maqsad va vazifalarni belgilovchi hujjat hamdir deb ta'riflanadi.



Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling