O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Download 1.95 Mb.
bet15/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Insonparvarlik prinsipi. Inson, uning huquq va erkinliklari, sha'ni, qadr-qimmati, manfaati masalasini belgilash Konstitutsiyaning asosiy prinsiplaridan hisoblanadi. Konstitutsiyamizda insonning huquq va erkinliklari, sha'ni oliy qadriyat deb belgilanishi esa, uning insonparvarlik xarakterini ko‘rsatadi. Insonparvarlik g‘oyasi Konstitutsiyadagi asosiy g‘oya bo‘lganligi sababli, uni Konstitutsiya prinsipi deyish mumkin. Konstitutsiyada insonning manfaatlarini ustuvorligini belgilanishi, huquq erkinliklarni ta'minlashda davlatning mas'uliyatining belgilanganligi ham shu prinsipning ta'siridir. Mamlakatda yashovchi barcha fuqaro, millat va elatlarni tengligini o‘rnatilishi, biror bir kishi imtiyozga ega bo‘lmasligi, yordamga muhtoj toifadagi kishilarning huquqlari davlat tomonidan alohida himoya qilinishi, ayollarning erkaklar bilan teng huquqligining o‘rnatilishi, Konstitutsiyaning insonparvarligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyaning ustunligi prinsipi. Bu prinsip Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga ega yuridik hujjat ekanligidan kelib chiqadi. Davlat o‘z faoliyatini Konstitutsiya prinsiplari va qoidalari asosida tashkil etadi. Shuningdek barcha davlat organlari, tashkilot, korxona, muassasa, jamoat birlashmasi, fuqarolar, mansabdor shaxslar Konstitutsiya asosida faoliyat yuritadi.
O‘zbekistonda amal qiladigan birorta ham nomativ hujjat Konstitutsiyaga zid bo‘lmaskligi kerak, zidlik holatlari vujudga kelsa Konstitutsiya normalari amal qiladi.
Konstitutsiyaning ustunligi yana Konstitutsiya normalari boshqa huquqiy hujjatlarni yaratilishi uchun asos bo‘lishida ham ko‘rinadi.
Konstitutsiyani kelajak maqsad, rivojlanishni ko‘zlash prinsipi. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishni maqsad qilib qolmay, u kelajakdagi vazifalarni ham belgilashi mumkin. Konstitutsiyaning muqaddimasida belgilangan kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatni anglash, insonparvar demokratik davlatni barpo etishni ko‘zlash, kabi da'vatlar va ta'kidlar Konstitutsiyaning muhim g‘oyalaridir. Bu maqsadlar Konstitutsiyaviy tartibda asoslantirilgan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling