O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish prinsipi


Download 1.95 Mb.
bet16/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Konstitutsiya normalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilish prinsipi. Konstitutsiya normalari oliy yuridik kuchga ega ekan, shu bilan birga ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qiladi. Yoki boshqacha qilib aytganda uning normalarini hayotga tatbiq qilish uchun (Konstitutsiyaning o‘zida shu talab ko‘rsatilmagan bo‘lsa) qo‘shimcha maxsus qonunlar yoki qonunosti hujjatlar qabul qilish shart emas.
Ayrim adabiyotlarda ko‘rsatilayotgan boshqa bir qancha prinsiplar, Konstitutsiyaning prinsiplari bo‘lmasdan, boshqa Konstitutsiyaviy institularining prinsiplaridir, masalan, davlat bilan fuqaro o‘zaro mas'ulligi prinsipi, bu Konstitutsiyaviy prinsip bo‘lib, unda fuqaro manfaatining ustunligi ta'minlanadi, xalq suvereniteti prinsipi, hokimiyat bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy prinsipidir, yoki Konstitutsiyaning 17-moddasidagi prinsiplar, davlatning tashqi siyosat olib borish prinsipi hisoblanadi. XXII bobdagi prinsiplar esa sud va sudlov prinsiplari hisoblanadi.
Konstitutsiya masalasini o‘rganishda Konstitutsiyalarni xususiyat­larini aniqlash, muhim masaladir. Xususiyatlar umumiy ya'ni umuman Konstitutsiyaga tegishli yoki alohida ya'ni ayrim mamalkatlarning Konstitutsiyalariga tegishli bo‘lishli mumkin. Konstitutsiyaning xususiyatlari orqali uning yuridik tabiati ochiladi. Konstitutsiyalarni xususiyatlari uning huquq tizimidagi alohida o‘rni, ijtimoiy munosabatlarni Konstitutsiyaviy tartibga solish mexanizmida aks etadi. Bu xususiyatlarga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:

  1. Konstitutsiya, maxsus sub'ektlar tomonidan alohida tartibda qabul qilinadi (legitimlik).

  2. Konstitutsiya normalari ta'sis etuvchi, rahbariy ahamiyatga ega bo‘ladi.

  3. Konstitutsiyaning tartibga solish doirasi keng va xilma – xildir.

  4. Konstitutsiya kelajak maqsadni ko‘zlaydi.

  5. Oliy yuridik kuchga ega, alohida tartibda qabul qilinadi va muhofazalanadi.

  6. Huquq tizimi poydevori hisoblanadi.

1. Konstitutsiyalar odatda xalq nomidan yoki uning vakillari nomidan qabul qilinadi. Konstitutsiya bevosita xalq nomidan referendum orqali (Rossiya Konstitutsiyasi) yoki alohida maxsus faqat shu maqsadda tashkil qilinadigan (Germaniya Konstitutsiyasi) yoki Qonunchilik organi – Parlament (O‘zbekiston Konstitutsiyasi) tomonidan qabul qilinadi.
2. Konstitutsiya normalari ta'sis etuvchi kuchga ega. Konstitutsiya konstitutsiyaviy tuzum asoslarini belgilaydi, bular shaxsning huquqiy holati asoslari, konstitutsiyaviy tuzum asoslari, uning prinsiplari bo‘lib, shunday normalar boshqa yuridik normalarni yoki munosabatlarni keltirib chiqaradi. Jumladan O‘zbekiston Konstitutsiyasida belgilangan “Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir” degan qoida davlat hokimiyatining vujudga kelishi uchun asos ta'sis xarakterga ega. Xuddi shuningdek hokimiyat bo‘linishi prinsipi mustahkamlangan 11-modda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati oliy qadriyat ekanligi belgilangan 13-moddaning qoidalarida ham ta'sis etuvchi xususiyatni yaqqol ko‘rsa bo‘ladi.
3. Konstitutsiyaning tartibga soluvchi predmeti doirasining kengligi uning yuridik xususiyatlaridan biri sifatida ko‘rsatiladi. Boshqa turli qonunlar alohida bir ijtimoiy munosabatni tartibga solsa (masalan mehnat huquqi – mehnat munosabatlarini, moliya huquqi – moliya munosabatlarini) Konstitutsiyaviy huquq tartibga soladigan munosabatlar doirasi turli tumandir. Masalan u shaxs huquqiy holatini ham, hokimiyatni tashkil etish va faoliyatini ham, siyosiy, iqtisodiy munosabatlarni ham tartibga soladi.
4. Konstitutsiya faqat mavjud ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish bilan cheklanmay, unga da'vat ko‘rinishida bo‘lsa ham kelajak maqsadlar belgilanadi. Masalan, O‘zbekiston Konstitutsiyasi muqaddimasida “demokratik huquqiy davlat barpo etish” maqsadi ko‘rsatilgan.
5. Konstitutsiyaning oliy yuridik kuchga egaligi, ustuvorligi uning muhim xususiyatidir. Yuqorida tilga olingan 4 ta xususiyatning o‘zi ham Konstitutsiyaning oliyligini ko‘rsatadi. Konstitutsiya barcha qonunlardan yuqori turadi. uning normalariga boshqa qonunlar zid bo‘lmasligi kerak. Konstitutsiyaning oliyligi, ustunligi uni qabul qilish va unga o‘zgartirish kiritish alohida tartibda o‘rnatilganligida ham ko‘rinadi. Boshqa qonunlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinsa, Konstitutsiya mutloq ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Konstitutsiyani himoyalash, muhofaza qilishning aloha tartibi, mexanizmi o‘rnatiladi. Buning uchun hokimiyat tizimida maxsus organlar tuziladi. Masalan Konstitutsiyaviy sud. Uning asosiy vazifasi Konstitutsiyani muhofaza qilish hisoblandi.
6. Konstitutsiyani huquq tizimi poydevori bo‘lishi masalasi keyingi bandlarda batafsil yoritiladi.
Har bir Konstitutsiya alohida mamlakatda vujudga keladi. Uning vujudga kelish sharoitlari har xil bo‘lishi mumkin. Milliy qadriyatlar, xalq o‘tmishi, madaniyati, tili ham konstitutsiyalarda aks etadi. Shuning uchun har bir mamlakatlarning konstitutsiyalari yuqoridagi yuridik xususiyatlarga zid bo‘lmagan holda, maxsus xususiyatlarni bo‘lishini ham taqozo etadi. Bu xususiyatlar mavjud masalalarni mohiyatini buzmagan holda turlicha belgilanishda, talqin qilinishda ko‘rinadi. Konstitutsiyalarning tuzilishlarida ham alohida xususiyalar uchrashi mumkin.
Masalan ayrim mamlakatlarning konstitutsiyalarida konstitutsiyaviy tuzum asoslari alohida belgilangan (Rossiya Konstitutsiyasi). O‘zbekiston Konstitutsiyasining o‘ziga xos xususiyatlar qatoriga: fuqarolar huquqlarining kafolatlari,oila munosabatlarining alohida bobda ko‘rsatilganligi, saylov tizimi uchun, mahalliy davlat hokimiyati uchun, prokuratura organlari uchun alohida boblar ajratilganligini ko‘rsatish mumkin.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling