O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
§ 6. Konstitutsiyalarning turlari
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
§ 6. Konstitutsiyalarning turlari.
Konstitutsiyalar taraqqiyotning turli davrlarida va alohida sharoitlarda vujudga kelganligi sababli ularning turlari ham xilma-xildir. Ularning turlanishiga shakli, qabul qilinish tartibi, amal qilishi va boshqalar ta'sir qiladi. Eng avvalo Konstitutsiyalar yozilgan va yozilmagan Konstitutsiyalarga bo‘linadi. Aksariyat mamlakatlarning konstitutsiyalari alohida tartibda qabulq ilingan, yagona hujjat tartibida mavjud bo‘lgan Konstitutsiya bo‘lib, ular yozilgan konstitutsiya deb e'tirof etiladi. Ayrim mamlakatlarda Konstitutsiyalar yagona hujjat shaklida bo‘lmay, turli munosabatlarni tartibga soluvchi turli hujjatlar qabul q ilingan bo‘lib, ular ham konstitutsiya hisoblanadi. Hatto konstitutsiyaviy kelishuv hujjatlari, odatlar ham Konstitutsiya hisoblanadi. Bunday mamlaktlar Konstitutsiyalari yozilmagan Konstitutsiya deb hisoblanadi. (Buyuk Britaniya, Shvetsiya va hokazo). Bunday mamlakatlarning konstitutsiyalari ham kuchli konstitutsiyaviy tuzum bo‘lishini ta'minlanmoqda. Konstitutsiyalar yana qabul qilinish tartibiga qarab ham turlanadi. Asosan Konstitutsiyalar ligitim vosita orqali, ya'ni ko‘pchilik e'tirof etgan yo‘llar bilan qabul qilinishi mumkin, xalq tomonidan (referendum yo‘li bilan) qabul qilinishi – Rossiya, Fransiya Konstitutsiyalari, Konstitutsiya qabul qilish uchun maxsus chaqirilgan ta'sis majlisi tomonidan qabul qilinishi AQSH, Italiya, Hindiston konstitutsiyalari, yoki qonunchilik organi – Parlament tomonidan qabul qilinishi mumkin (O‘zbekiston Konstitutsiyasi). Ayrim mamlakatlar Konstitutsiyalari oldin parlamentda qabul qilinib, keyin referendum orqali qabul qilingan (Ispaniya Konstitutsiyasi). Bunday tartibda qabul qilingan Konstitutsiyalar had'ya qilinmagan Konstitutsiyalar hisoblanib, ularni qabul qilish tartibi demokratik hisoblandi. Jahon Konstitutsiyaviy tajribasida kam uchrasada oktroir (yuqoridan had'ya qilingan) Konstitutsiyalar ham uchraydi. O‘z davlati uchun monarx-davlat boshlig‘i tomonidan had'ya qilingan konstitutsiya bunga misol bo‘ladi. Yaponiya imperatori tomonidan xad'ya qilingan Konstitutsiya xad'ya qilingan Konstitutsiyadir. Oktroir Konstitutsiyalarining ikkinchi guruhiga mustamlakachi davlat o‘z mustamlakasiga mustaqillik berayotganda qabul qilingan konstitutsiyalarni keltirish mumkin. Buyuk Britaniya o‘z qaramog‘idagi ko‘pgina davlatlarga Konstitutsiya hadya qilgan. Konstitutsiyalarni mamlakt dohiysi, yo‘lboshchisi nomi bilan atash ham tajribada ma'lum. 1936-yilgi SSSR Konstitutsiyasi Stalin Konstitutsiyasi, 1977-yilgi SSSR Konstitutsiyasi – Brejnev Konstitutsiyasi, 1993 yilgi Rossiya konstitutsiyasi yelsin Konstitutsiyasi deb ham ataladi. Sababi shu yo‘lboshchilar konstitutsiya qabul qilishda yetakchi rol o‘ynagan. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibiga qarb yumshoq va qattiq konstitutsiyalarga bo‘linadi. “Yumshoq” konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish tartibi oddiy qonunga o‘zgartirish kirish tartibiga o‘xshagan bo‘ladi. “Qattiq” Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishda murakkab tartib o‘rnatilgan. Masalan shunday taklif tushgandan so‘ng muhokama uchun ma'lum vaqt ajratiladi, o‘zgartirish kiritish uchun mutlaq ko‘pchilik ovozi talab etiladi, agar Konstitutsiya federativ davlat Konstitutsiyasi bo‘lsa, o‘zgartirishni federatsiya sub'ektlari ham maqullashi talab etiladi. AQSH Konstitutsiyasini haqiqatdan qattiq Konstitutsiya desa bo‘ladi. Uni qabul qilinganligiga 225-yil o‘tgan bo‘lsa unga bor yo‘g‘i 27 qo‘shimcha kiritilgan, uni ham 10 tasi dastlabki ikki yilda 1787-89-yillarda kiritilgan. Rossiya Konstitutsiyasi ham qattiq Konstitutsiya hisoblanadi. O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish uchun oddiy qonunlarga nisbatan ancha murakkab tartib o‘rnatilgan. Bundan tashqari Konstitutsiyalarni vaqtincha va doimiy konstitutsiyalarga bo‘lish mumkin. Vaqtincha konstitutsiyalar o‘tish davrida, ko‘pincha davlat to‘ntarishlaridan keyin qabul qilinadi va ma'lum vaqt faoliyat ko‘rsatadi. Doimiy Konstitutsiyalar muddati yo‘q uzoq vaqt davomida amalda bo‘ladi. AQSH Konstitutsiyasi hozir IV asr yuzini ko‘rgan eng keksa konstitutsiyadir. Shunday qilib Konstitutsiya turlari: yozilgan va yozilmagan; hadya qilinmagan (ligitim usulda qabul qilingan) va hadya qilingan (oktroir); qattiq va yumshoq; vaqtincha va doimiy turlarga bo‘linadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling