2. Prezidentning mamlakat suvereniteti, xafsizligini va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalarga doir vazifa va vakolatlari.
Bu vazifa va vakolatlarga avvalo, Konstitutsiyaning 93-modda 2-bandiga asosan shu masalalarga doir qarorlarni amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni ko‘radi degan faoliyatni ko‘rsatish mumkin.
Prezidentning bu sohadagi vakolatlariga yana, yuqorida tilga olingan 93-moddaning 3, 4, 18, 19-bandlarini ham ko‘rsatish mumkin. Bundan tashqari Konstitutsiyada (93-modda, 20-bandi), Prezident Qurolli Kuchlarning Oliy Bosh qo‘mondoni hisoblanadi degan qoida ham Prezidentning dalat suvereniteti, mustaqilligi, xafsizligini saqlashda tegishli vakolatga egaligini ko‘rsatadi. Konstitutsiyaning 93-moddasi 24-bandida ko‘rsatilgan Prezidentning Milliy xafsizlik xizmatini tuzish, uni raisini lavozimiga tayinlashi va ozod qilishi, keyinchalik bu farmonlarni Senat tasdig‘iga kiritish uning xafsizlikni ta'minlashga qaratilgan vakolatlaridandir.
3. Prezidentning ichki va tashqi siyosati sohasidagi vakolatlari. Prezident xalqaro munosabatlarda xalq nomidan ish olib boradi.
Prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga davlat boshlig‘i sifatida har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotning, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalar yuzasidan ma'ruzalar taqdim etadi.
Xalqaro muzokaralarda ishtirok etadi, tegishli hujjatlarni imzolaydi, mamlakat zimasiga olgan xalqaro munosabatlarni bajarilishini ta'minlaydi, diplomatik va chet ellarning boshqa vakilliridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oladi; O‘zbekistonning chet davlatlaridagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlash uchun Senatga taqdim etadi. Tashqi siyosatimizning ustivor yo‘nalishlarini belgilaydi. Mamlakat hayotida eng muhim masalalarini yechish maqsadida referendum o‘tkazish tashabusi bilan chiqadi.
4. Prezidentning turli davlat organlari, muasasa va tashkilotlarni tuzish, hokimiyat tarmoqlarini tashkil qilish, ularni bahamjihat ishlashini ta'minlash sohasidagi vakolatlari.
Prezidentga davlat boshlig‘i sifatida davlat hokimiyati organlarining kelishilgan holda faoliyat yuritishini hamda ularning hamkorligini ta'minlash vakolati yuklatilgan.
Prezident barcha hokimiyat tarmoqlarini tashkil qilishda hamda maxsus organlarning rahbarlarini tayinlash va saylashda, markaziy organ va muassasalarni tashkil qilish, tugatish bo‘yicha vakolatlarga ega.
Prezidentning bu sohadagi vakolatlariga Senat a'zolarining 16 nafarini tayinlash (Konstitutsiya 77-moddasi); Senat Raisi lavozimiga saylash uchun nomzod taqdim etish (93-modda 9-band); Oliy Majlis palatalariga ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun Bosh vazir nomzodini taqdim etish va lavozimidan ozod etish (10-band); Hukumat a'zolarini tayinlash; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o‘rinbosarlarini tayinlash, ularni lavozimidan ozod qilish (12-band); Oliy Majlisning Senatiga Konstitutsiyaviy sud raisi va sudyalari, Oliy sud raisi va sudyalari, Oliy Xo‘jalik sudi raisi va sudyalari, Markaziy bank raisi lavozimlariga nomzodlarni taqdim etish (13-band); viloyat, tumanlararo, tuman shahar, harbiy va xo‘jalik sudlari sudyalarini tayinlash (15-band); Milliy xavfsizlik xizmatini tuzish. Uni raisini tayinlash va lavozimidan ozod qilish (24-band); Oliy Majlisni tarqatib yuborish (95-modda) vakolatlari kiradi.
O‘zbekston Prezidenti vazirliklar, davlat qo‘mitalari, hamda dalat boshqaruvining boshqa organlarini tuzadi va tugatadi (8-band);
Qonunlarga asosan Prezident Senatni navbatdan tashqari majlisini chaqirishni talab qilishi, MSK raisligiga nomzod taqdim qilish huquqiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |