O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.95 Mb.
bet41/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.

1. Hokimiyat nima?


2. Davlat hokimiyati nima?
3. Davlat hokimiyatining manbai kim?
4. Davlat hokimiyatini kimlar amalga oshiradi?
5. Hokimiyatni amalga oshirishda nimalar ta'qiqlanadi?
6. Hokimiyat bo‘linishi prinsipi nima?
7. O‘zbekiston xalqi kim. Ular davlat va jamiyat hayotida qanday ishtirok etadi?
8. Xalqning nomidan kim ish olib boradi?
9. Referendum nima, u qanday tashkil qilinadi?
10. Siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlar xilma-xilligi nima uchun kerak?
11. Davlat tayanadigan demokratik prinsiplar qanday?
12. Demokratiya shakllari qanday?


VI bob. Konstitutsiya va qonunning ustunligi


§ 1. Konstitutsiya va qonunning ustunligi hamda ularning tan olishva bajarilishi shartligi

Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda nimaga nisbatan ustunlik va nima uchun ustunlik bo‘lishini aniqlash lozim.


Konstitutsiya va qonunning ustunligi boshqa qabul qilinadigan barcha hujjatlarga nisbatan (qonun osti hujjatlariga) qaraladi. Bundan tashqari Konstitutsiyani qonunga nisbatan ham ustunligi mavjud.
Konstitutsiyani qonunga nisbatan ustunligi deyilganda boshqa birorta qonun, ularning normalari konstitutsiyaga zid bo‘lmasligini, Qonunning ustunligi deganda boshqa birorta qonun osti hujjatlarini qonunga zid kelmasligi tushuniladi. Qabul qilinadigan har qanday boshqa hujjatlar Konstitutsiya, qonun normalarini o‘zgartirishni emas, ularni amal qilishini ta'minlashi zarur. Konstitutsiya va qonunning ustunligi ularning huquqiy tabiatidan kelib chiqadi.
Konstitutsiya eng oliy kuchga ega alohida tartibda qabul qilinadigan davlatning asosiy qonunidir. U xalq tomonidan (referendum orqali) yoki oliy vakillik organi Oliy Majlis (Parlament) tomonidan qabul qilindi1. Konstitutsiya O‘zbekiston hududida birdek kuchga ega. O‘zbekistonda qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar Konstitutsiya asosida va uni ijro qilish uchun qabul qilinadi.
O‘zbekiston qonunlari eng muhim va barqaror ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun qabul qilinadi.
O‘zbekistonda “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” maxsus qonun bo‘lib, u normativ-huquqiy hujjatlarning turlarini, ularni kim tomonidan qabul qilinishi, bir-biri bilan munosabatlarini belgilab qo‘ygan2.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi yana bu masala Konstitutsiyada maxsus belgilanganligida ham ko‘riladi. Konstitutsiyaning III bobi “Konstitutsiya va qonunning ustunligi” deb nomlanib, bu konstitutsiyaviy tuzumning asoslari, asosiy prinsipi sifatida belgilanganligini ko‘rsatadi.
Konstitutsiyani ustunligi – bu konstitutsiya prinsiplaridan biridir.
Konstitutsiya va qonunlar ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Ularning barcha qoidalarini bajarilishi, bu qoidalarning bajarilishi shartligi davlatga, davlat organlariga, fuqarolarga, jamoat birlashmalariga, barcha nodavlat tashkilotlariga taalluqlidir.
Konstitutsiya va qonunning asosiy xususiyati ham ularning qoidalarini bajarilishini shartligidir. Buning uchun jamiyatning barcha a'zolari, tuzilmalari Konstitutsiya va qonunlarni so‘zsiz tan olishi kerak. Konstitutsiya va qonunlarni tan olish uchun ularni bilish zarur. Konstitutsiya va qonunlar jamiyat a'zolariga turli shakldagi bilimlar berish, tashviqot-targ‘ibot olib borish natijasida yetkaziladi. Bunda ta'lim muassasalari va ommaviy axborot vositalarining roli katta.
Qonunlarni tan olish bu ularni so‘zsiz bajarish demakdir. Qonunlarni bajarish majburiy, lekin u ongli, ixtiyoriy bajarilganda samarasi ko‘proq bo‘ladi.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi va so‘zsiz tan olinishi Konstitutsiyaning o‘zida Konstitutsiyaviy qoida sifatida belgilab qo‘yilgan bo‘lib, bu mazkur qoidani ahamiyatini yanada oshiradi (15-modda).
Konstitutsiya va qonunning ustunligi deganda, ularning norma va qoidalarini boshqa har qanday huquqiy hujjatlardan yuqori turishi tushuniladi. Boshqa barcha huquqiy hujjatlar farmon, qaror, farmoyish, buyruq, yo‘riqnoma, nizomlar ularga mos bo‘lishi shart.
Konstitutsiya va qonunning ustunligi, boshqa qonun osti hujjatlari bilan Konstitutsiya hamda qonun normalari orasida ziddiyatlar. kelishmovchiliklar kelib chiqqanda, Konstitutsiya va qonunlarni amal qilish bilan ta'minlanadi.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashda birinchidan qonunlarni bilish muhim ahamiyat kasb etsa, ikkinchi muhim sharti qonunlarni hurmat qilishdir. Bunga juda katta va keng qamrovli tushuntirish, tashviqot-targ‘ibot olib borish bilan birga, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish orqali erishiladi. Shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish har qanday tashviqot va targ‘ibotdan ham samarali bo‘lishi mumkin.
Har bir shaxs, u mansabdor shaxsmi, davlat xizmatchisi yoki oddiy xizmatchimi, yoki oddiy fuqaromi, qonunlarni hurmat qilib, har qanday holda ham ularni bajarsa, bu boshqalarga iborat bo‘lishi mumkin.
Ayniqsa mansabdor shaxslarni qonunlarni ustunligini e'tirof etishi va bajarishi, boshqa xodimlarni ham qonunlarga shunday munosabatda bo‘lishga olib kelishi mumkin.
Qonunlarni bajarmaslik, ularga rioya qilmaslikni oqlovchi hyech qanday bahona, sabablar bo‘lmasligi qonun ustuvorligini ta'minlaydi. Hyech narsa, ya'ni davlat manfaatimi, jamoat manfaatimi, jamiyat birlashmalari manfaatimi qonun buzilishiga olib kelmasligi kerak.
Konstitutsiya va qonun ustuvorligini so‘zsiz tan olish huquqiy davlat sharti hisoblanadi. Bu fuqarolar huquq-erkinliklarini ta'minlash, ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish, Konstitutsiyaviy tuzumni barqarorligini ta'minlash, bozor munosabatlarini shakllantirish garovidir. “Huquqiy davlatning asosiy belgisi – barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi ta'minlanishidir”1.
Konstitutsiya va qonunning ustunligini so‘zsiz tan olish Konstitutsiyaviy qoida sifatida o‘rnatilgan bo‘lsada, hayotda shu qoidaga amal qilmaslik hollari bo‘lib turadi. Bu qonunlarni bilmaslik, yoki bilib turib unga bepisandalik bilan qarash, shaxsiy hamda idora manfaatlarini ustun qo‘yish natijasida vujudga keladi.
Idoraviy manfaatlarini ustun qo‘yish natijasida ba'zi qonun osti hujjatlarini Konstitutsiya va qonunlarga zid tarzda qabul qilish hollari uchrab, bu umumiy manfaatga zarar yetkazishi mumkin.
Shuning uchun Konstitutsiya va qonunlarning ustunligi prinsipini buzish huquqbuzarlik hisoblanib, javobgarlikni keltirib chiqaradi.
Konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta'minlashda turli tuzilmalar ishtirok etib, bunda Konstitutsiyaviy sud alohida o‘rin tutadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling