O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Download 1.95 Mb.
bet120/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

Birinchidan, saylovlar demokratiyani amalga oshirishning bevosita shakli bo‘lib, fuqarolarni uyushgan holda o‘zlari yashab turgan davlat va jamiyatni boshqarish jarayonlariga safarbar etadi. Saylov xalq hokimiyatining bevosita oliy ifodasini tashkil etadi. Bunda fuqarolar har qanday jarayonning ishtirokchisi bo‘lganidek, saylov jarayonida ishtirok etib siyosiy tajriba orttiradilar. Ular, avvalambor, o‘zlarining siyosiy ongini charxlab, siyosiy-huquqiy madaniyatini oshiradi va bu jarayonda ishtirok etishning tashkiliy-huquqiy jihatlarini takomillashtirib boradilar. Shuningdek, fuqarolar uyushqoqlik, hamjihatlik bilan, o‘z harakatlarini kelishuv asosida namoyon qilishlarida siyosiy tajriba va ko‘nikmalarni orttirib boradilar.
Ikkinchidan, demokratik davlatning muhim belgilaridan birini vakillik demokratiyasi tashkil etadi. Vakillik demokratiyasi fuqarolarning manfaatlarini birlashtirib, qonunlar va qarorlar qabul qilishga mutloq huquq berilgan saylanadigan muassasalar orqali xalq hokimiyatini amalga oshirishidir. Bundan kelib chiqadiki, vakillik demokratiyasining haqiqatan amalga oshishini asosan saylov jarayonining demokratik tamoyillarga amal qilishligiga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq. Bundan xulosa qilish mumkinki, demokratiya va saylovlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqdir tushunchalardir.
Saylovlarning ijtimoiy hayotdagi yuqori o‘rni hisobga olinib Prezident tomonidan ilgari surilgan Konsepsiyaning IV bo‘limi “O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta'minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish” deb nomlanadi.
Unda qayd qilinishicha “Saylovlar – bu mamlakatimizda amalda bo‘lgan huquqiy normalarning nechog‘lik demokratik ruhda ekanligini namoyon etadigan, xalqning o‘z xohish-irodasini erkin ifoda etishini, fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi asosiy ishtiroki bo‘lib, o‘sha hal qiluvchi va muhim ahamiyatga ega masaladir”1. Bu saylovlarning ahamiyatini to‘la ko‘rsata oladigan ilmiy va hamma uchun tushunarli ta'rifdir. Konsepsiyada O‘zbekistonda o‘tadigan saylovlarni yanada erkin o‘tishini ta'minlovchi ko‘plab fikrlar bayon qilindi va saylov qonunchiligini takomillashtish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling