O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8. Davlat organlari.
- § 6. Saylov o‘tkazish muddatlari va saylov kampaniyasining boshlanganligini elon qilish
7. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari saylovni o‘tkazishda faol ishtirok etadi. Ular tashviqot-targ‘ibot ishlarida, nomzodlar bilan uchrashuvlar tashkil qilishda, saylovchilarni ro‘yxatini tuzishda, saylov kuni, vaqti, joyi haqida saylovchilarga ma'lumotlar berishda tegishli organlarga yordam beradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini saylov ishtirokchisi sifatida namoyon qiladigan eng muhim narsa, ularni tuman, shahar Kengashlariga saylovda shu Kengash deputatligiga nomzod ko‘rsatish huquqiga ega ekanligidir. 8. Davlat organlari. Turli davlat organlari saylov jarayonlarida ishtirok etadi. Ular turli vazifalarni bajaradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari, saylov o‘tadigan joylar bilan ta'minlash, saylov uchastkalarini tegishli holatga keltirish, moddiy ta'minotiga yordam berish, saylov komissiyalari a'zoligiga nomzodlar taqdim qilish, tegishli Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi komissiyalarni tuzish bilan saylov jarayonida ishtirok etadi. Saylovlarni adolatli, qonun asosida o‘tishini, fuqarolar saylov huquqlarini buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida saylov jarayonida sud va prokuratura organlarini ishtiroki ham nazarda tutilgan ularning vazifa va vakolatlari saylov to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan. § 6. Saylov o‘tkazish muddatlari va saylov kampaniyasining boshlanganligini e'lon qilish O‘zbekiston Respublikasining vakillik organlariga, Prezidentlikka saylov o‘tkazish muddatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Saylovlar muddatli, zarurat tufayli yoki navbatdan tashqari bo‘lishi mumkin. Muddatli saylovlar Prezident va vakillik organlari (vakillik organlari deganda Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlarning barcha bo‘g‘inlari nazarda tutiladi) vakolat muddati tugashi bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Prezidentligiga vakolat muddati, 2003-yil 24-aprelda qabul qilingan. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi qonunga asosan yetti yil qilib belgilangan edi. 2011-yil dekabr qonuni bilan Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishga asosan besh yil qilib belgilandi. Vakillik organlarini barchasining vakolat muddati besh yil qilib belgilangan. Shu muddatni o‘tishi yangi saylov o‘tishiga sabab bo‘ladi. Konstitutsiyaning 117-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasiga hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, viloyatlar, tumanlar, shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlariga saylov tegishincha ularning Konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaydigan yilda - dekabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkaziladi” – deb belgilangan. Bunday saylov o‘tkazish muddatini avvaldan aniq belgilanishi saylovlarni har doim bir vaqtda, oldinga, orqaga surish imkoniyatini yo‘q qilib, saylovlarni bir vaqtda barqaror o‘tishini ta'minlaydi, bunday tartib dunyodagi ko‘plab mamlakatlar tajribasida uchraydi. Zaruratga qarab o‘tkaziladigan saylovlar, deputatlik o‘rni bo‘shab qolgan vaqtlarda o‘tkaziladigan saylovlardir. Ular besh yil mobaynida har qanday vaqtda o‘tkazilishi mumkin, faqat vakillik organini vakolat muddati tugashiga olti oy qolganda, bo‘shab qolgan joylarda saylov o‘tkazilmasligi mumkin. Navbatdan tashqari saylovlar Konstitutsiyaning 96-moddasida ko‘zda tutilgan ya'ni Prezident betobligi tufayli o‘z vazifasini bajara olmagan taqdirda, Konstitutsiyaning 95-moddasidagi holatlar mavjud bo‘lib, Oliy Majlis palatalari tarqatib yuborilganda muddatdan tashqari saylov o‘tkaziladi. Bunday saylovlar uch oy mobaynida o‘tkazilishi belgilangan. “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunning 6-moddasiga asosan viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari lavozimi ko‘rsatilgan nomzodlarni tegishli Kengashlar uch marta rad etsa, Prezident Kengashni tarqatib yuborish huquqiga ega. Bunda ham saylov uch oy muddat ichida o‘tkaziladi. Prezident saylovi, vakillik organlariga saylov, saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon qilish orqali boshlanadi. “Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida” va vakillik organlariga saylov to‘g‘risidagi qonunlarda saylov kampaniyasini boshlanganligini e'lon qilish vakolati MSKga berilgan. Saylov kampaniyasi boshlanganligi tegishli organlarning vakolat muddati tugashidan kamida uch oy oldin e'lon qilinadi. Bu saylov jarayonlarini boshlanishi hisoblanadi. Shuningdek, saylov tayinlash yo‘li bilan ham o‘tkaziladi, jumladan takroriy ovoz berish, takroriy saylov yoki o‘rni bo‘shab qolgan okruglarda saylov o‘tkazish haqida, uni kuni, vaqti haqida qaror qabul qilinadi. Qonunchilik palatasiga takroriy ovoz berish haqida okrug saylov komissiyasi MSK xabardor qiladi va ikki haftalik muddatda takroriy ovoz berish o‘tkaziladi. Takroriy saylov bir oy muddatda MSK topshirig‘iga binoan okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. Bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov MSK tomonidan saylov o‘tkazishga bir oy qolganda tayinlanadi. Mahalliy Kengashlarga takroriy ovoz berish, takroriy saylov yuqoridagi muddatlarda okrug saylov komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi. O‘rni bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylov esa, tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan saylov o‘tkazilishi kechi bilan bir oy qolganda tayinlanadi. Aslida bu ishni tegishli kengashlarga saylov o‘tkazuvchi komissiya zimmasiga yuklansa to‘g‘ri bo‘lar edi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling