O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


Download 1.95 Mb.
bet126/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

1. Fuqarolar. Fuqarolar saylovlar jarayonini deyarli barcha bosqichlarida ishtirok etadi. Ular saylov jarayonida bevosita o‘zlari yoki tegishli tuzilmalar, organlar faoliyati orqali ishtirok etadi. Boshqa barcha saylov jarayonini sub'ektlari faoliyatida fuqarolar ishtirok etadi. Faqat u yerda fuqaro sifatida emas, tegishli tuzilma a'zosi, xizmatchi sifatida. Fuqarolar saylov jarayonini tashviqot-targ‘ibot ishlarida, saylov oldi yig‘ilishlarida, siyosiy partiyalar, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari faoliyatida, turli saylov komissiyalari tarkibida a'zo bo‘lib, ishonchli vakillar bo‘lib, kuzatuvchilar tarkibida qatnashib, vakolatli vakil sifatida qatnashishi ularning saylov jarayonini sub'ekti sifatida bevosita ishtirokini ko‘rsatadi.
Ommaviy axborot vositasida, turli davlat organlarida ishtirok etishi esa fuqarolarning saylov jarayonida bilvosita ishtirokini ko‘rsatadi.
2. Saylov komissiyalari. Vakillik organlariga saylov, Prezidentlikka saylov jarayonida saylov komissiyalari aloxida rol o‘ynaydi. Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi va Prezidentlikka saylovda Markaziy saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuzilsa, xalq deputatlari Kengashlariga saylovda tegishli Kengashga (viloyatga, shaharga, tumanga) saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi, okrug saylov komissiyasi, uchastka saylov komissiyasi tuziladi.
Markaziy saylov komissiyasi doimiy ishlaydigan Markaziy muassasa bo‘lib, Oliy Majlis tomonidan tuziladi. Raisi Prezident taqdimiga binoan a'zolari tomonidan saylanadi.
Okrug saylov komissiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan, uchastka saylov komissiyasi okrug saylov komissiyasi tomonidan tuziladi. Okrug va uchastka saylov komissiyalari saylov natijalari e'lon qilinib, deputatlar ro‘yxatga olingach faoliyatini tugatadi.
Mahalliy Kengashga saylovlarda, viloyat, tuman, shahar Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyasi tegishli Kengash tomonidan tuzilib, keyingi saylov kampaniyasi e'lon qilingunga qadar faoliyat ko‘rsatadi. Okrug saylov komissiyasi tegishli Kengashga saylov o‘tkazuvchi komissiya tomonidan, uchastka saylov komissiyasi esa okrug saylov komissiyasi tomonidan tuzilib, saylov natijalari e'lon qilinib, deputatlar ro‘yxatga olingach o‘z faoliyatlarini tugatadi.
Markaziy saylov komissiyasining faoliyati, “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”, okrug va uchastka saylov komissiyalarini faoliyati “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida” mahalliy Kengashlarga saylov o‘tkazuvchi saylov komissiyalar faoliyati “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi qonunlar bilan tartibga solinadi.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling