O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Teng saylov huquqi prinsipi
- Yashirin ovoz berish
- Saylovda ishtirok etishning erkinligi
Umumiy saylov prinsipi – mamlakatdagi barcha fuqarolarga kimligidan qat'iy nazar, (ya'ni millati, dini, irqi, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, partiyaviyligidan qatiy nazar) saylov huquqidan foydalanish imkoniyatini beradi. Umumiy saylov huquqi yosh chegarasini bo‘lishi, sud yo‘li bilan saylov huquqidan cheklash mumkinligiga yo‘l qo‘yadi. Boshqacha har qanday cheklashlar umumiy saylov huquqi prinsiplariga ziddir.
Teng saylov huquqi prinsipi – har bir saylovchini bir ovozga ega ekanligi, fuqarolar faqat bir saylov uchastkasida ro‘yxatga olinib, ovoz berishda ishtirok etishi, saylovda ishtirok etuvchi partiyalarga bir xil imkoniyatlar yaratilganligini bildiradi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi – har bir fuqaro mahalliy vakillik organlari, Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga deputatlarni, shuningdek, Prezidentni saylashda bevosita o‘zi shaxsan ovoz berish orqali saylovda ishtirok etishini bildiradi. To‘g‘ri saylov orqali fuqarolar yashab turgan joylarini o‘zida ovoz beradi va ularning bergan ovozi deputatlar, Prezident saylanishiga ta'sir ko‘rsatadi. Yashirin ovoz berish – bunda fuqarolarning ovoz berishiga hyech kim ta'sir qila olmaydi. Fuqarolar hyech kimning ta'sirisiz ovoz bersagina o‘zi xohlagancha ovoz berishi mumkin bo‘ladi. Yashirin ovoz berishda ovoz berish natijasi ham ma'lum bo‘lmaydi, shuning uchun fuqarolar qo‘rqmasdan, ikkilanmasdan, shubhalanmasdan o‘zi xohlaganiga ovoz beradi. Saylovda ishtirok etishning erkinligi – fuqarolar saylovlarning hamma jarayonlarida, shuningdek ovoz berishda ham erkin ishtirok etadi. Saylov jarayonlarida ishtirok etishiga to‘sqinlik ham qilmaydi, ishtirok etishga, ovoz berishga majbur ham qilinmaydi. Fuqarolar xohlasa ovoz berishda ishtirok etib, xohlagancha ovoz beradi yoki xohlamasa umuman ishtirok etmaydi. Buning uchun ular majburlanmaydi, hyech qanday tazyiqlarga uchramaydi, quvg‘in qilinmaydi. Faqat fuqarolar o‘z siyosiy qarashlari, ongi, madaniyatiga qarab ovoz berishda ishtirok etish yoki etmaslik masalasini o‘zi hal qiladi. Ovoz berishga majburlash ham, to‘sqinlik qilish ham javobgarlik keltirib chiqaradi. Oshkoralik ham saylov huquqining muhim prinsipidandir. Saylovlarni barcha jarayonlari oshkora o‘tadi. Ommaviy axborot vositalarida saylov jarayonlari bo‘yicha muntazam ma'lumotlar berib boriladi. Saylovlarda kuzatuvchilarning ishtiroki (Xalqaro va milliy kuzatuvchilar) uning ishtirokini ta'minlaydi. Demokratiyani kuchayishi, saylov qonunchiligini takomillashib borishi bilan, saylov huquqining prinsiplarini qo‘llash kengayib boradi va prinsiplarni o‘zi ham takomillashtiriladi. Amaldagi saylov to‘g‘risidagi qonunlardan vakillik organlarini deputatlikka nomzod ko‘rsatish huquqini chiqarib tashlanishi, teng saylov huquqini ta'minlashni yanada kuchaytirdi. Oliy Majlisni ikki palatali tuzilishga o‘tilishi, uning yuqori palatasi Senat a'zolarini mahalliy Kengashlar deputatlari orasidan, mahalliy Kengashlarning qo‘shma majlisida saylanishi, saylov tizimiga pog‘onali saylov prinsipini kiritdi. Bu prinsip ham jahon mamlakatlari tajribasida foydalaniladi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling