O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T


§ 4. Saylov senzlari. Saylovda ishtirok etmaslik asoslari. Saylovlarda erkinlik


Download 1.95 Mb.
bet124/206
Sana11.03.2023
Hajmi1.95 Mb.
#1261606
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   206
Bog'liq
О.Хusanov Kons huquq.lotin.

§ 4. Saylov senzlari. Saylovda ishtirok etmaslik asoslari. Saylovlarda erkinlik

Saylov huquqi – fuqarolarning siyosiy huquqlari hisoblanadi. Undan foydalanish siyosiy hayotda ishtirokni ta'minlab, mamlakat taqdirini hal qilishda ishtirok etish imkoniyatini yaratadi.


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarga saylov huquqini berish, ta'minlash bilan birga kimlar saylovda ishtirok etmasligini, kimlarning saylov huquqi vaqtincha to‘xtatilishi, uning asoslari ham ko‘rsatib qo‘yilgan. Bu Konstitutsiyamizning 117-moddasida shunday belgilangan: “Sud tomonidan muomilaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas va saylovlarda qatnashmaydilar. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarining to‘g‘tidan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi”.
Konstitutsiyamizning bu qoidasi saylovda qatnashmasligi uchun ikki asosini belgilaydi.
Birinchi – fuqaroning muomilaga layoqatini cheklanganligi, aqli zaifligi natijasida. Bunday shaxslar o‘zlarini harakatlarini baholay olmaydi yoki ongli harakat qilolmaydi. O‘zini harakati qanday oqibatlar keltirib chiqarishi anglamaydi. Ikkinchi – ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan ya'ni jazo o‘tayotganlar. Bularni saylov huquqi jazo o‘tash davrida to‘xtatiladi.
Har ikki holatda ham saylovda ishtirok etmaslikning asosi sud hujjatidir. Sud shaxsni muomilaga layoqatsizligi to‘g‘risida qaror qabul qiladi, shaxsning ozodlikdan mahrum qilish ham sudning hukmiga asosan amalga oshiriladi.
Konstitutsiya boshqa hyech qanday holatda fuqarolarning saylov huquqini cheklashga yo‘l qo‘ymaydi.
Saylovlarda turli senzlar o‘rnatilishi (senz cheklash ma'nosini beradi) mumkin. Hozirgi kunda butun dunyoda saylov huquqida mavjud bo‘lgan senz – bu yosh senzidir. Yosh senzi fuqaroni voyaga yetgan bo‘lishi, uning natijasida esa o‘z harakatiga javob bera olishni nazarda tutadi.
Aktiv va passiv saylovda yosh senzi har hil o‘rnatilgan, masalan, O‘zbekistonda aktiv saylov huquqiga (saylash huquqiga) 18 yoshdan ega bo‘linadi. Hamma organlarga saylash huquqi 18 yoshdan vujudga keladi. Passiv (saylanish huquqi esa) turli organlarga turlicha o‘rnatilgan. Xalq deputatlari mahalliy Kengashda deputatlar uchun 21 yosh, Qonunchilik palatasi deputatlari, Senat a'zolari uchun 25 yosh. O‘zbekiston Prezidenti bo‘lib saylanish uchun 35 yosh belgilangan. Shu yoshga yetmaganlar tegishli organlarga saylana olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida boshqa, milliy, jinsiy, irqiy, mulkiy, irqiy cheklashlar nazarda tutilmagan.
Shu bilan birga aytish mumkinki, turli organlarga passiv saylov huquqida, saylanishda, saylanuvchilar (nomzodlar) oldiga ma'lum talablar qo‘yiladi. Bu talablar qonuniy asosda, chunki ular tegishli qonunlarda belgilab qo‘yilgan.
Bunday shartlar, talablar Prezidentlikka saylanuvchilar va vakillik organiga saylanuvchilar uchun alohida-alohida bo‘ladi.
Konstitutsiyaning 99-moddasiga binoan, Przident bo‘lib saylanish uchun fuqaro o‘ttiz besh yoshdan kichik bo‘lmasligi, davlat tilini yaxshi bilishi, saylovgacha O‘zbekistonda kamida 10 yil muqim (doimiy) yashagan bo‘lishi kerak. Shu shartlar mavjud bo‘lsa fuqaro nomzodi tegishli tartibda Prezidentlikka nomzod sifatida qo‘yiladi va saylovda ishtirok etadi. “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunda ham Prezidentlikka nomzodlar oldiga ba'zi talablar qo‘yiladi. Ular quyidagilar:
- qasddan sodir etilgan jinoyatlari uchun ilgari sudlangan fuqarolar;
- o‘zlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganligi munosabati bilan qonun tomonidan ta'qib etilayotgan fuqarolar;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari (Qonunning 25-moddasi) Prezidentlikka nomzod bo‘lolmaydilar.
Konstitutsiya Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a'zosi bo‘lib saylanadiganlar oldiga ayrim talablarni qo‘ygan, fuqaro deputat va senator bo‘lib saylanish uchun yigirma besh yoshga to‘lgan va kamida besh yil O‘zbekistonda muqim yashagan bo‘lish kerak.
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida” Qonunda ham deputat bo‘lib saylanuvchilarga ba'zi talablar qo‘yilgan. (25-modda).
Quyidagilar:
- sodir etgan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston hududida muqim yashamagan fuqarolar;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilari, Milliy xavfsizlik xizmati, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning professional xizmatchilari deputatlikka nomzod qilib ro‘yxatga olinmaydi.
Senat a'zoligiga saylanish uchun qonunning 53-moddasida talablar qo‘yilgan bo‘lib, senatorlikni yigirma besh yoshga to‘lgan kamida besh yil O‘zbekistonda muqim yashgan, Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i Kengesi va Mahalliy Kengash deputatlari saylanadi.
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasida shu Kengash deputatligiga nomzodlar odiga ma'lum talablar qo‘yilgan.
Quyidagilar:
- sodir etgan og‘ir jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yohud sudlanganligi olib tashlanmagan fuqarolar;
- saylov kuniga qadar so‘nggi besh yil mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hududida muqim yashamagan shaxslar;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini harbiy xizmatchilari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Davlat bojxona qo‘mitasining, boshqa harbiylashtirilgan bo‘linmalarning xodimlari;
- diniy tashkilotlar va birlashmalarning xizmatchilari deputatlikka nomzod etib ro‘yxatga olinmaydi.
Sudyalar, prokurotura organlari va hokimiyat ijroiya organlarining mansabdor shaxslari (hokimlar bundan mustasno) deputat etib saylangudek bo‘lsalar, egallab turgan lavozimlaridan bo‘shash to‘g‘risida ariza berganlari taqdirdagina xalq deputatligiga nomzod etib ro‘xatga olinadi.
Saylov to‘g‘risidagi qonunlarda boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylash, saylanish huquqlarini cheklash taqiqlanishi qayd qilingan. Jumladan, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasida “Ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy va mulkiy ahvoliga, irqiy va milliy mansubligiga, jinsi, ma'lumoti, tili, dinga munosabatiga, mashg‘ulot turi va xususiyatiga qarab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining saylov huquqini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash ta'qiqlanadi.
Shunday cheklashlar bo‘lgan paytda aybdorlar qonunlar bilan tegishli tartibda jazolanadi.
Saylov cheklashlari saylov erkinligi bilan bog‘liq masala. Cheklashlar qanchalik kam bo‘lsa saylovlar erkin o‘tadi.
Saylov huquqi fuqarolarning siyosiy huquqi bo‘lib, ularning jamiyat va davlat ishlarida ishtirokini ta'minlovchi muhim vositadir. Shunday ekan saylov huquqidan foydalanganlik erkinlik, ixtiyoriylik prinsipiga asoslanadi.
Konstitutsiyaning 117-moddasida “Ovoz berish huquqi, o‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi” – deyilgan. Ko‘rinib turibdiki, ovoz berish erkinligi, umuman saylovda qatnashish erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunning 3-moddasida fuqarolar saylov oldi kampaniyasida va ovoz berishda ixtiyoriy ravishda qatnashish, fuqarolarning xohish-iroda bildirishlari ustidan nazorat etishga yo‘l qo‘yilmasligi mustahkamlab qo‘yilgan.

Download 1.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling