O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Siyosiy partiyalar va harakatlar
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Ommaviy axborot vositalari.
- 5. Kuzatuvchilar ishtiroki.
- 6. Vakillar.
3. Siyosiy partiyalar va harakatlar. Siyosiy partiyalar vakillik organlariga saylovda nomzod ko‘rsatish huquqiga ega sub'ektdir. Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod va Prezidentlikka nomzod ko‘rsatish huquqi, faqat siyosiy partiyalarga berilgan. Siyosiy partiyalar nomzod ko‘rsatishdan tashqari, saylov jarayonida tashviqot-targ‘ibot ishlarida, ovoz berish jarayoni va ovoz berish natijalarini aniqlashda o‘z vakillari orqali nazorat ishlarida ishtirok etadi. O‘zbekiston Respublikasi Ekologik harakati, Qonunchilik palatasiga 15 ta deputat saylash huquqiga ega.
4. Ommaviy axborot vositalari. Saylov to‘g‘risidagi qonunlarga asosan OAV saylovga tayyorgarlikning borishi va saylov qanday o‘tayotganligini yoritib boradi. OAV saylov jarayonidagi har bir tadbirni, saylov kampaniyasi boshlanganligini e'lon qilingandan boshlab, saylov natijalarini e'lon qilishgacha yoritadi, ma'lumotlar beradi. Saylovlarda tashviqot-targ‘ibot ishlarini yo‘lga qo‘yadi, saylovni barcha ishtirokchilari uchun teng imkoniyatlar yaratadi va saylovlarni oshkora etishini ta'minlaydi. 5. Kuzatuvchilar ishtiroki. Saylovlarni qonunga asosan o‘tishi, adolatli o‘tishini ta'minlashda kuzatuvchilar instituti muhim rol o‘ynaydi. Kuzatuvchilar milliy – ya'ni mamlakat ichidagi tuzilmalardan tuzilgan hamda xalqaro kuzatuvchilar – xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlar vakillaridan iborat tuzilishi mumkin. Kuzatuvchilar barcha saylov tadbirlarida, shuningdek ovoz natijalarini aniqlashda ishtirok etishi mumkin. Manfaatdor tashkilotlar o‘z kuzatuvchilari to‘g‘risida okrug saylov komissiyalariga saylovga kamida o‘n besh kun qolganda ma'lum qiladi. Okrug saylov komissiyasi belgilangan namunadagi mandatli ariza tushgandan so‘ng besh kun ichida kuzatuvchilarga beradi. Xalqaro kuzatuvchilarga mandatni Markaziy saylov komissiyasi beradi. Kuzatuvchilarning huquq va burchlari saylov to‘g‘risidagi qonunda belgilangan. 6. Vakillar. Saylov jarayonida deputatlikka, Prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillari, siyosiy partiyalarning vakolatli vakillari ishtirok etadi. O‘zbekiston Prezidentligiga nomzod 15 tagacha, Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzodlar o‘n nafarigacha, mahalliy Kengash deputatligiga nomzodlar uch nafargacha, ishonchili vakiliga ega bo‘ladi. Ishonchli vakillar nomzodlarga saylov kampaniyasini o‘tkazishda yordam beradi, targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib boradi, saylov kampaniyalari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan munosabatlarda nomzodlarni manfaatini ifoda etadi. Prezidentlikka nomzod ishonchli vakillari nomzod taqdimiga ko‘ra MSKda ro‘yxatga olinib, ularga guvohnoma beriladi. Deputatlikka nomzodlar o‘z ishonchli vakillarini o‘zi belgilaydi va okrug saylov komissiyalarida ular ro‘yxatga olinib, tegishli guvohnoma beriladi. Qonunlarda siyosiy partiyalarning vakolatli vakili bo‘lishi belgilangan. Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengash deputatligiga nomzod ko‘rsatgan siyosiy partiyalar ovozlarni sanab chiqishda ishtirok etish uchun MSK tomonidan belgilanadigan tartibda o‘z a'zolari orasidan vakolatli vakil tayinlashga haqli. Vakillar faoliyati, huquq va burchlari, vazifasi saylov to‘g‘risidagi qonunlarda belgilangan. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling