O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Prezidentning qonunchilik sohasidagi vakolatlari
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
5. Prezidentning qonunchilik sohasidagi vakolatlari. Bu avvalo, uning qonunchilik tashabbusi huquqiga egaligida ko‘rinadi (83-modda). Hozirgi kunda amalda bo‘lib turgan ko‘plab qonunlar Prezident tashabbusi bilan qabul qilingan yoki o‘zgarishlar kiritilgan. Prezident Parlamentda qabul qilingan qonunlarni imzolaydi va e'lon qiladi. Zarur bo‘lsa qonunga e'tirozlarni ilova qilib, uni takroran muhokama qilish va ovozga qo‘yish uchun Oliy Majdisga qaytarishga haqli (93-modda, 17-band).
Prezidentning qonunchilikka Parlament qo‘shma majlislarida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan qilgan ma'ruzalar orqali kuchli ta'sir qiladi. Ma'ruzadagi holatlar qonunchilikda aks etadi. Yangi qonunlar qabul qilinadi, yoki amaldagilarga o‘zgartirish kiritishga olib keladi. Parlament palatalarining qo‘shma majlisidagi ma'ruzada Prezident tomonidan, shaxsni ushlab turish, hibsga olish, shuningdek boshqa protsessual majburiy choralarni qo‘llash uchun sanksiya berish huquqlarini sudlaga o‘tkazish, moliyaviy va ma'muriy jazolarni faqat sud tomonidan tayinlash tizimiga o‘tish haqidagi va Oliy Majlisning palatalarining qo‘shma majlislardagi Konsepsiyasida ilgari surilgan fikrlar, Prezident tavsiyalari qonunchiligimizga katta o‘zgartirishlar kiritishga asos bo‘ladi. O‘zbekiston Prezidentining yuqorida qayd qilingan vakolatlari birinchidan, Konstitutsiyada, Konstitutsiyaviy qonunlarida va boshqa qonunlarda belgilanganligini; ikiinchidan, bir guruh vakolatlari mustaqil ravishda, boshqa hokimiyat tuzulmalarini ishtirokisiz hal qiladigan vakolatlarga egaligini (Senatorlarni tayinlash, ishonch yorlig‘ini qabul qilish, diplomatik vakolatxonalarga vakillar tayinlashni tavsiya qilish, fuqarolikka qabul qilish, siyosiy boshpana berish, fuqarolarni mukofotlash va boshqalar); uchinchidan, Prezident hal qilib keyinchalik Oliy Majlisda tasdiqlandigan vakolatlarga egaligini (vazirliklar, davlat qo‘mitalarini tuzish va tugatish, urush holati, favqulotda holatlar e'lon qilish, Bosh prakurorni, Hisob palatasi raisini tayinlash, Milliy xafsizlik xizmatini tuzish, uning raisini tayinlash va vazifasidag ozod etish); to‘rtinchidan, Oliy Majlis yoki uni palatalariga taqdim qilish, tavsiya qilish bilan bog‘liq vakolatlarga egaligini (Bosh vazir nomzodini taqdim etish, Oliy sudyalarni taqdim etish, Markaziy bank boshqaruv raisi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasini raisi, Senat raisi lavozimlariga nomzod taqdim etish); beshinchidan, boshqa hokimiyat tuzilmalari va tashkilotlar bilan maslahatlashib, yoki ularning taqdimiga ko‘ra hal qiladigan vakolatlarga egaligini (Bosh vazir taqdimiga ko‘ra Vazirlar Mahkamasi a'zolarini tayinlaydi, siyosiy partiyalar tavsiyasiga ko‘ra Bosh vazir nomzodini Oliy Majlisga taqdim etadi, viloyat (Toshkent shahar) hokimlarini Kengashdagi partiya guruhlari bilan maslahatlashib taqdim etadi; Oliy Majlisni Konstitutsiyaviy Sud bilan maslahatlashib tarqatib yuboradi, viloyat (Toshkent shahar) hokimlariga o‘rinbosarlarini tayinlashda maslahat beradi - Prezident bilan kelishiladi) ko‘ramiz. Prezident bu vakolatlarni farmon, qaror, farmoish chiqarish bilan amalga oshiradi. Prezidentning Konstitutsiya va qonunlarga zid hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bekor qilishi mumkin. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling