O. T. Xusanov o‘zbekiston respublikasining konstitutsiyaviy huquqi darslik toshkent – 2012 Xusanov O. T
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 1.95 Mb.
|
О.Хusanov Kons huquq.lotin.
- Bu sahifa navigatsiya:
- XIII bob. Fuqarolarning asosiy burchlari § 1. Asosiy burchlar tushunchasi
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar.
Huquq va erkinliklarning kafolatlari degaida nimani tushunasiz? Huquq va erkinliklar kafolatlari tizimi nima? Qanday kafolat turlari mavjud? Huquq va erkinliklar davlat tomonidan qanday ta'minlanadi? Huquq va erkinliklarni himoya qiluvchi, ta'minlovchi qanday tuzilmalar mavjud? Huquq va erkinliklar sud tomonidan qanday himoya qilinadi? Sudga shikoyat qilish huquqi nima va u qanday hollarda amalga oshiriladi? Mamlakat aholisining himoyaga muhtoj qismini huquqi qanday himoya qilinadi? Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqligi qanday ta'minlanadi? Fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlari haqida Konstitutsiyada alohida bobni mavjudligining ahamiyati qanday? Huquq va erkinliklarni ta'minlashda nodavlat tashkilotlarning ishtiroki qanday? XIII bob. Fuqarolarning asosiy burchlari § 1. Asosiy burchlar tushunchasi Davlatda fuqarolarning huquqiy holati faqat ularning huquqlari mavjudligi bilan aniqlanmasdan, ularning aniq belgilangan burchlari mavjudligi bilan ham belgilanadi. Burch ijtimoiy hayotda zarur kategoriyadir. Ayniksa fuqaro va davlat munosabatlarini tug‘ri tashkil etishda, manfaatlar mushtarakligini ta'minlashda burch zarur bo‘lib, u davlatda ham fuqarolarda ham bo‘ladi. Mamlakatda jamiyat, fuqarolar, davlat manfaatidan kelib chiqib burchlar o‘rnatiladi. Bu yerda fuqarolarning burchi aniqrog‘i asosiy burchi to‘g‘risida fikr yuritamiz. Mamlakat qonunlarida fuqarolarning burchlari o‘rnatilib, ular fuqarolarning huquqlarini buzilmasligi, davlat manfaatlariga ziyon yetmasligi nuqtai nazaridan belgilanadi. Burch asosan qoidalardan kelib chiqadi; u doimiy yoki muddatli bo‘ladi; davlat tomonidan belgilanadi va bajarilishi talab etiladi. Burch ixtiyoriy bajarishga xavola qilinadi, ixtiyoriy bajarilmaganda jinoiy, ma'muriy jazolar ko‘llaniladi. Burchni bajarish barcha uchun majburiy, ayrim burchlar esa alohida fuqarolarga taalluqlidir. Masalan, harbiy xizmatni - o‘tash burchi hammaga ham taalluqli emas. Xuddi shuningdek qonunda belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni xech qanday daromadga ega bo‘lmaganlar to‘lamaydi. Fuqarolarga yashash, mehnat qilish, bilim olish va boshqa faoliyatlari buyicha ko‘plab burchlar belgilangan. Konstitutsiyada esa jamiyat va davlat hayoti uchun umumiy va eng zarur, qilinishi majburiy yoki qilish mumkin bo‘lmagan xatti-harakatlar burch sifatida belgilangan. Shuning uchun ular mazmuni, amal qilish doirasi, ahamiyati nuqtai nazaridan asosiy burchlar deb ataladi. Fuqarolarning “Konstitutsiyaviy burchi” yoki “asosiy burchi” bir ma'noda ishlatiladi va tushuniladi. Asosiy burchlarni bajarilishidan jamiyat a'zolari, davlat birdek manfaatdordir. Yana burchlar ixtiyoriy va to‘la bajarilishi jamiyat rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi. O‘zbekistan Konstitutsiyasining XI-bobi “Fuqarolarning burchlari” deb nomlangan va olti moddani o‘z ichiga oladi. Bu burchlar siyosiy, iqtisodiy, shaxsiy masalalarga taalluqli, bajarilishi majburiy xatti-harakatlardir. Konstitutsiyada faqat nimalar burch ekanligi ko‘rsatilib, ularni bajarmaslik uchun jazolar ko‘rsatilmagan. Belgilangan burchlarni bajarmaganlik uchun jinoyat va ma'muriy qonunchilikda jazolar belgilangan. Burchlarni bajarmaganlik uchun jazo turlari va miqdori qonunlarda belgilangan doirada sud tomonidan belgilanadi. Download 1.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling