§ 5. Soliq va yig‘imlarni to‘lash
Mamlakatimizda bozor munosabatlarini shakllantirish, bozor iqtisodiyotini tamoyillarini hayotga tatbiq; qilish, huquqiy munosabatlarda yangi jihatlarini vujudga keltirdi va ularni Konstitutsiyada mustahkamlash zarurati vujudga keldi.
Shu tufayli Konstitutsiyada fuqarolarning yangi huquqlari singari (mulkdor bo‘lish huquqi) yangi burchlari ham belgilandi.
Davlat o‘z ehtiyojlarini va fuqarolarning turli ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli iqtisodiy imkoniyatga ega bo‘lishi zarur. Shu maqsadda davlat byudjeti shakllantiriladi. Davlat byudjeti turli manbaalardan shakllanib, ular ichida soliqlar alohida o‘rin tutadi. Soliqlar to‘lash faqat korxona, tashkilotlarning (yuridik shaxslarning) burchi bo‘lib qolmasdan, bunday burch fuqarolarga (jismoniy shaxslarga) ham yuklatilgan.
Konstitutsiyaning 51-moddasida “Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lashga majburdirlar” - deb mustahkamlangan.
Demak fuqarolar albatta soliq va yig‘imlarni to‘lashi kerak va bu to‘lovlar (soliq, yig‘imlar) qonunga binoan amalga oshirishi kerak.
Soliq va yig‘imlarning turlari har xil bo‘lib, ularni to‘lash tartibi, miqdori qonunlar bilan belgilanadi. Bunday qonunlar jumlasiga “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqaroligi bo‘lmagan va xorijiy fuqarolardan olinadigan daromad solig‘i to‘g‘risida”, “Mahalliy soliq va yig‘imlar to‘g‘risida” qonunlar, “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi” kiradi.
Fuqarolarning soliq to‘lash manbai, ularning pul yoki natura tarzida oladigan barcha daromadlari hisoblanadi. Bundan tashqari fuqarolar yer solig‘i, mulk solig‘i to‘lashga majbur.
Soliq kodeksiga binoan mamlakatimizda soliq va yig‘imlar umumdavlat soliqlari, mahalliy soliq va daromad solig‘i, mulk solig‘i, yer solig‘i, savdo haqi yig‘imi, avtotransport vositalarini qo‘yganlik uchun, obodonlashtirish ishlari yig‘imlardan iboratdir.
Soliqlarni to‘lash burch qilib belgilangan ekan, shu tufayli uni bajarmaganliq ya'ni soliq to‘lamaganlik, o‘z vaqtida to‘lamaganlik daromadlarni yashirganlik uchun turli javobgarliklar belgilangan.
O‘zbekistan Respublikasining Jinoyat Kodeksi 184-moddasida “Soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan buyin tovlash” uchun jinoiy javobgarlik va jazo belgilangan.
Mamlakatimizda bozor munosabatlari shakllanishi natijasida soliq to‘g‘risidagi qonunchilikka ham o‘zgartirishlar kiritilib, soliq tizimini takomillashtirishga, soliq to‘lash yukini yengillashtirishga harakat qilinmokda. Soliq tizimi fuqarolarni daromad manbaalarini cheklamasligini, ishlab chiqarish orqali va boshqacha olinadigan daromadlarni doimiy ortib borishdan manfaatdor bo‘lishini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |