O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet189/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

S A V O L L A R
1.Loviya (fasol)ning ahamiyati, ekin maydonlari va hosildorligi.
2.Fasolning turlari va navlarini t a ’riflang.
3 .Oddiy loviya yetishtirish texnologiyasini tushuntiring.
4.8. Mosh
Moshning xalq xo‘jaligidagi ahamiyati. Markaziy Osiyo va Kavkazorti 
respublikalarida moshdan oziq-ovqat sanoatida foydalaniladi. Moshdan 
tayyorlangan unni makaronga qo‘shib, to ‘yimliligi oshiriladi. Moshning 
ko‘k va qurigan poyalari hayvonlar uchun to ‘yimli oziqa hisoblanadi.


Moshni makkajo‘xori bilan aralash ekib, oqsilga boy ko‘k poya va silos 
tayyorlash mumkin. U rug‘i tarkibida 25-27 % oqsil bor. Bu o ‘simlik 
juda qadimdan Markaziy Osiyo respublikalarida ekilib kelinadi. Turkiston 
va O zarbayjon m am lakatlarining sug‘oriladigan hud ud larid a ham
qisman o ‘stirib kelinadi. M am lakatim izda yaqin yillargacha mosh 
maydonlari dehqonlarning tom orqa xo‘jaliklarida mavjud edi. 1989- 
yildan boshlab bu ekin rejali ravishda takro riy ekin sifatida ekila 
boshlandi.
Botanik ta’rifi. Phaseolus aureus Piper mayda urug‘li Osiyo loviyalari 
jumlasiga kiradi. Osiyo mamlakatlarida, shuningdek, 0 ‘rta Osiyoda keng 
tarqalgan. 0 ‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarga birinchi va ikkinchi ekin 
sifatida (ang‘izga) ekiladi. Amerika loviyalaridan farq qilib, moshning 
doni faqat oziq-ovqatga ishlatilmasdan, balki hayvonlar va parrandalarga 
ham-beriladi. Moshning ko‘k poyasi, pichan, poxoli hayvonlarga yaxshi 
oziqa bo‘ladi. Mosh eng yaxshi ko‘kat-o‘g‘itdir.
Mosh bir yillik o ‘t o ‘simlik. Ildizi o‘q ildiz bo‘lib, yaxshi rivojlanadi.
Poyasi qirrali, chirmashib yoki yer bag‘irlab o ‘sadi, bo‘yi 15-120 sm, 
o ‘rtacha 30-60 sm, yaxshi shoxlanadi. Tupining shakli ko‘pincha yoyiq 
b o ‘ladi, bu hosilni m exanizm lar y o rd am id a o ‘rib -y ig ‘ib olishni 
qiyinlashtiradi.
Barglari uch qo‘shaloq (uchtali), yirik, uzun bandli boiadi.
Gullari yirik, binafsha rang yoki sariq boiib, to'pgulga, ya’ni 10-20 
guldan iborat k o ‘p gulli shingilga to ‘planadi. Gullarining bir qismi 
rivojlanmasdan qurib qoladi.
Mevasi naysimon, to ‘g‘ri yoki egilgan, ingichka dukkak, tumshuqsiz, 
b o ‘yi 5-18 sm ga yetadi va 7-15 ta don tugadi. Yetilgan dukkaklari 
jigarrang, deyarli qora, osilib turadi, yetilganda chatnaydi. 0 ‘simlik 
butunlay tuk bilan qoplangan b o iad i.
U rug‘i mayda, tuxumsimon cho‘ziq, uchlari kesik yoki yumaloq
yashil, sariq, q o ‘n g ‘ir, qora rangda, yaltiroq yoki xol-xol b o ia d i. 
Ekiladigan navlarida 1000 dona vazni 50-80 g keladi.
0 ‘zbekistonda moshning Q ahrabo, N avro‘z, Pobeda-104, R adost 
navlari ekish uchun davlat ro ‘yxatiga kiritilgan.



Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling