O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
Krasnovodopadskaya-210.
Krasnovodopad Davlat seleksiya stansiyasida (Krasnovodopadskaya-49 x Bima-1) x Bezostaya-1 navlarini chatishtirish y o ii bilan yaratilgan. Muallif: Marko A.F. 1980-yildan Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi ekish muddatida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Eritrospermum tur xiliga mansub. Biologik kuzgi. Boshog‘i prizmasimon, to ‘g‘ri burchakli, mayda (6,0-7,8 sm), o ‘rtacha zichlikda. Qiltig‘i o ‘rtacha uzunlikda, tarqoq, dag‘al. Boshoq qipig‘i tuxumsimon cho‘ziq, yirik, tuksiz, yelkasi juda kuchsiz rivojlangan. Choki ingichka, qipiq asosigacha cho‘zilgan. Chokining tishchasi o ‘rtacha uzunlikda, o'tkir, asosidan boshlab yuqorisigacha ortib boradi, orqaga biroz egilgan. Doni bochkasimon, qizil ariqchasi o ‘rtacha. Doni o ‘rtacha yiriklikda. 1000 ta donining vazni 35,8-40,0 g gacha. Nav ertapishar. 0 ‘sish davri 143-177 kun. Yotib qolish va to ‘kilishga bardoshli (5,0 ball). Navning qim m atbaho fiziologik belgisi uning qurg‘oqchilikka chidamliligidir (4,3-5,0 ball). 1996-2001-sinov yillari lalm ikor yerlar sharoitida: Jizzax viloyati G ‘allaorol nav sinash shoxobchasi va Qashqadaryo viloyati Qamashi nav sinash shoxobchasida o ‘rtacha don hosildorligi gektaridan 15,9-29,1 sentnerga teng. 1996- 2001-sinov yillarida sariq zang kasali bilan o ‘rtacha darajada zararlandi, G ‘allaorol nav sinash shoxobchasida 20,0 % gacha. Navning texnologik va non yopish sifati yaxshi: kleykovina miqdori 26,0-27,0 %, oqsil (protein) 13,4 %, un chiqishi 70,0 %. Umumiy non yopish bahosi yaxshi (4,2 ball). Ko‘kbulak. 0 ‘zbekiston Donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiq arish b irlash m asi)d a Qizil S harq x K44395 kombinatsiyalaridan yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan. Mualliflar: Amanov A., Umirov N., Kiryash V.A., Xolmatov M. 2001-yilda Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining lalmikor yerlarida kuzgi ekish muddatida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Eritrospermum tur xiliga mansub. Duvarak, biologik kuzgi. B oshog‘i oq, urchuqsim on, o ‘rtac h a zichlikda. Boshoq q ip ig ‘i lansetsimon, kuchsiz tomirlagan. Boshoq qipig‘ining tishchasi o ‘tkir, yelkasi ensiz kesilgan, choki yaxshi ko‘rinadi. Qipig‘i oq, tarqoqsimon, o ‘rtacha uzunlikda va dag‘allikda. Doni o‘rtacha yiriklikda, qizil tuxumsimon cho‘ziq-uzunchoq shaklda, sayoz ariqchali. 1000 ta donining vazni 38,9 dan 45,0 g gacha. Nav o ‘rtapishar navlar guruhiga mansub, o ‘rtacha 235 kunda pishadi. 1996-2000-sinov yillarida o‘sish davri (erta bahorda unib chiqqanda) 147 kundan 177 kungacha boigan. Nav qishga chidamli. Y o tib qolish va t o ‘k ilishga b ard o sh lilig i 5,0 ballg a teng. Q urg‘oqchilikka chidamliligi 4,0-4,3 ball. 1996-2000 sinov yillarida o ‘rtacha don hosildorligi lalmikor nav sinash shoxobchalarida gektaridan: G ‘allaorol nav sinash shoxobchasida 15,1 sentner, Qamashi nav sinash shoxobchasida 19,1 sentnerni tashkil etdi. Sinov yillarida qishloq xo‘jalik kasalliklari (sariq zang) bilan faqat G ‘allaorol nav sinash shoxobchasida kuchsiz darajada, 16,0 % atrofida zararlanganligi aniqlandi. R espublika non nazorati laboratoriyasining m a’lum otiga k o ‘ra, navning non yopish sifati qoniqarli: oqsil miqdori 9,8 %, kleykovina 25,0%, nonning ko‘tarilish hajmi 229 sm3. Umumiy non yopish bahosi 3,8 ball. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling