O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov


Download 95.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet68/221
Sana12.11.2023
Hajmi95.66 Kb.
#1769026
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   221
Bog'liq
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J

Yerni ekishga tayyorlash. 
Sug‘oriladigan yerlarda kuzda kuzgi arpa 
ekiladigan maydonlar chimqirqarli pluglar bilan 25-27 sm, lalmikorlikda 
20-22 sm chuqurlikda haydaladi va bir y o ia boronalash o ‘tkaziladi.


Haydash chuqurligi o ‘tmishdosh ekin va o ‘tmishdosh ekinni oldingi 
haydash chuqurligi hisobga olinib o ‘tkaziladi.
Ekish. 
Ekish uchun yirik, nav sifati yaxshi va hosildorligi yuqori 
b o ‘lgan sara urug‘lar ishlatilishi kerak. Bu arpaning bir tekis va qiyg‘os 
unib chiqishini va yaxshi maysa hosil qilishini ta ’minlaydi. Arpa har bir 
mintaqaning tabiiy iqlim sharoiti uchun eng maqbul muddatlarida ekilishi 
kerak. Sug‘oriladigan yerlarda biologik kuzgi arpa navlarini sentabrning 
oxiri, oktabrning boshida; yarim kuzgi turdagi navlarni esa oktabrning 
ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. 
Agar yarim kuzgi duvarak tipdagi arpa navlari juda ham erta ekilsa
sovuq tushgunga qadar poya chiqarib qishga chidamsiz bo‘lib qoladi va 
sovuqda zararlanadi. Arpaning barcha turdagi navlari juda kech ekilsa, 
sovuq tushib qolishi o q ib atida siyrak b o ‘lib, h a tto m utlaqo unib 
chiqmasligi ham mumkin. U rug'lar 1 va 2-sinf talablariga javob berishi 
hamda fungitsidlar bilan ishlov berilishi talab qilinadi.
Ekish usuli. 
Tor qatorlab (7-8 sm), qatorlab (13-15 sm), qatorlam i 
kesishtirib ekish. Ochiq maydonlarda qatorlarni kesishtirib ekish usuli 
yaxshi natija beradi. Ekish chuqurligi 4-6 sm.
Ekish me’yori. 
Arpaning ekish me’yori ekiladigan mintaqaning tabiiy 
iqlim sharoitiga, navning biologik xususiyatiga, urug‘ning yirikligiga
urug‘likning ekishga yaroqliligiga qarab belgilanadi. Sug‘oriladigan 
yerlarda ekish m e’yori o ‘rtacha gektariga 4-4,5 mln. dona unuvchan 
urug‘ bo'lishi maqsadga muvofiq. Ekish o‘z vaqtidan kechiksa, ekish 
m e’yori 10-15 % oshiriladi. Lalmikorlikda kuzgi arpa gektariga 2-2,5 mln. 
dona unuvchan urug‘ hisobida ekiladi.

Download 95.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   221




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling