O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ekish usuli.
Yerni ekishga tayyorlash.
Sug‘oriladigan yerlarda kuzda kuzgi arpa ekiladigan maydonlar chimqirqarli pluglar bilan 25-27 sm, lalmikorlikda 20-22 sm chuqurlikda haydaladi va bir y o ia boronalash o ‘tkaziladi. Haydash chuqurligi o ‘tmishdosh ekin va o ‘tmishdosh ekinni oldingi haydash chuqurligi hisobga olinib o ‘tkaziladi. Ekish. Ekish uchun yirik, nav sifati yaxshi va hosildorligi yuqori b o ‘lgan sara urug‘lar ishlatilishi kerak. Bu arpaning bir tekis va qiyg‘os unib chiqishini va yaxshi maysa hosil qilishini ta ’minlaydi. Arpa har bir mintaqaning tabiiy iqlim sharoiti uchun eng maqbul muddatlarida ekilishi kerak. Sug‘oriladigan yerlarda biologik kuzgi arpa navlarini sentabrning oxiri, oktabrning boshida; yarim kuzgi turdagi navlarni esa oktabrning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida ekish eng maqbul muddat hisoblanadi. Agar yarim kuzgi duvarak tipdagi arpa navlari juda ham erta ekilsa, sovuq tushgunga qadar poya chiqarib qishga chidamsiz bo‘lib qoladi va sovuqda zararlanadi. Arpaning barcha turdagi navlari juda kech ekilsa, sovuq tushib qolishi o q ib atida siyrak b o ‘lib, h a tto m utlaqo unib chiqmasligi ham mumkin. U rug'lar 1 va 2-sinf talablariga javob berishi hamda fungitsidlar bilan ishlov berilishi talab qilinadi. Ekish usuli. Tor qatorlab (7-8 sm), qatorlab (13-15 sm), qatorlam i kesishtirib ekish. Ochiq maydonlarda qatorlarni kesishtirib ekish usuli yaxshi natija beradi. Ekish chuqurligi 4-6 sm. Ekish me’yori. Arpaning ekish me’yori ekiladigan mintaqaning tabiiy iqlim sharoitiga, navning biologik xususiyatiga, urug‘ning yirikligiga, urug‘likning ekishga yaroqliligiga qarab belgilanadi. Sug‘oriladigan yerlarda ekish m e’yori o ‘rtacha gektariga 4-4,5 mln. dona unuvchan urug‘ bo'lishi maqsadga muvofiq. Ekish o‘z vaqtidan kechiksa, ekish m e’yori 10-15 % oshiriladi. Lalmikorlikda kuzgi arpa gektariga 2-2,5 mln. dona unuvchan urug‘ hisobida ekiladi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling