O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
Bolg‘ali.
0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi. Gallyaaralskiy (K21) x Krasnodarskiy 100/1 (K-24713) navlarini chatishtirib olingan duragaydan yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan. M u alliflar: M am atq u lov Т., A ripov Y u .A ., Jum aboyev P.A ., Lukyanova M.V., Amanov A.A., Sheremet A.M. 1996-yildan respublikaning sug‘oriladigan yerlarida kuzgi ekish muddatida davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Duvarak (biologik kuzgi). Nutans tur xiliga mansub. Boshog‘i ikki qatorli, och sariq, o'rtacha uzunlikda. Boshoq qipig‘i tor va kuchsiz rivojlangan. Q iltig‘i sariq o ‘rtacha uzunlikda va d ag ‘allikla. D oni o ‘rtacha kattalikda, dumaloq-elliptik shaklda, och sariq. 1000 ta donining vazni 40,0-42,8 g. 0 ‘rtapishar, o ‘sish davri 190-194 kun. 0 ‘rtacha hosildorlik 1996-2000- sinov yillarida respublika nav sinash shoxobchalarida gektaridan 36,0- 46,3 sentnerni tashkil etgan. Nav yotib qolish, to ‘kilishga bardoshli. Qishga chidamliligi 5,0 ball ga teng. Navning oziqaboplik xususiyati yaxshi, oqsil miqdori 9,8-10,8 %. Qishloq xo‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada 10,0-15,0 % gacha zararlanadi. Gulnoz. 0 ‘zbekiston donchilik ilmiy tekshirish instituti («Don» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi)ning seleksiya navi. K-22734 x K-21475 navlarini chatishtirib, olingan duragaydan yakkalab tanlash y o ii bilan yaratilgan. Mualliflar: Muhamedov J.M., Rasulov R.R., Mirzayev X. 1997-yildan Andijon, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Qashqadaryo, Toshkent va Farg'ona viloyatlarining sug‘oriladigan yerlarida pivo ishlab chiqarish maqsadida Davlat ro ‘yxatiga kiritilgan. Duvarak (biologik bahorgi). Nutans tur xiliga mansub. B o sho g'i ikki q ato rli, och sariq, t o ‘g ‘n o g ‘ichsim on, o ‘rtac h a uzunlikda. T o‘la pishish davrida boshog‘i egiladi. Boshoq qipig‘i tor va unchalik rivojlanmagan. Qipig'i sariq, kam tarqoq, tishsimon, o ‘rtacha uzunlikda va dag‘allikda. Doni o‘rtacha kattalikda, tuxumsimon, sariq. 1000 ta donining vazni 43,0-45,0 g. 0 ‘rtapishar, o ‘sish davri 185-192 kun. Samarqand Davlat nav sinash stansiyasida (1996-2000) sinov yillari o ‘rtacha don hosildorligi gektaridan 44,0 sentnerni tashkil etdi. Navning yotib qolish va to ‘kilishga bardoshliligi 5,0 ball, qishga chidamliligi o ‘rtacha. N avning oziqaboplik xususiyati yaxshi: oqsil miqdori 10,0-11,5 %, ekstraktligi 74,0-78,0 %. Sinov yillarida qishloq x o ‘jalik kasalliklari va hasharotlari bilan kuchsiz darajada 10,0-15,0 % gacha zararlanadi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling