O yakubjonov, S. Tursunov, J. Muqimov
Download 95.66 Kb. Pdf ko'rish
|
Donchilik. Yakubjanov O, Tursunov S, Muqimov J
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuzgi javdar yetishtirish.
Rivojlanish bosqichlari.
Kuzgi javdarning tuplanishi kuzda uchinchi va to ‘rtinchi barglaming hosil boiishi bilan boshlanadi. Tuplanish bo‘g‘imi nisbatan yuza 0,5-2 sm chuqurlikda joylashadi. Tuproq ostidagi bo‘g‘im (mezokatil) qancha qisqa b o is a , tuplanish b o ‘g‘imi shuncha chuqur joylashadi. Juda sovuqqa chidamli navlarda mezokatil qisqa boiadi. Kuzgi javdar asosan kuzda tuplanadi, ayrim hollarda (kech ekilganda) bahorda ham tuplanishini davom ettirishi mumkin. Bahorda juda tez o ‘sadi va begona o ‘tlarni soyalaydi. Tuplanish va naychalash kuzgi bug‘doyga nisbatan tez o‘tadi, ammo boshoqlash va gullash cho‘ziladi. Tuplanish kuzgi javdarda 35-40 kun davom etadi. Bu davrda kuzgi javdar yarovizatsiya pallasini o‘taydi va u 0-2 °C da 20-70 kun davom etadi. Havo harorati 10 °C boisa, yarovizatsiya pallasining davomiyligi oshadi. Kuzgi javdami boshoqlash bosqichi boshqa g‘alla ekinlariga nisbatan uzoqroq, davomliligi 10-12 kun. Gullash boshoqlashdan 7-12 kundan keyin boshlanadi. Bitta gul 12-30 daqiqa, boshoq 4-5 kun, o ‘simlik 7-8 kun, dala 8-12 kunda gullab boiadi. Boshoqlash oldidan o ‘simlik juda tez, sutkasiga 5 sm o ‘sadi. Sug‘oriladigan yerlarda m a ’danli o ‘g ‘itlarni yuqori m e’yorlarda qo ilash , sug‘orish, ekish me’yorlarining yuqori b o iish i va erta ekish o ‘simlikning yotib qolishiga sabab boiadi. Kuzgi jav d ar kuzgi b u g ‘doyga n isbatan 8-10 kun erta yetiladi. Boshoqlashdan pishishgacha 50-60 kun o ‘tadi. 0 ‘sish davri navga qoilanilgan agrotexnikaga bogiiq holda 179-240 kunni tashkil etadi. Kuzgi javdar yetishtirish. 0 ‘zbekistonda kuzgi javdar sug‘oriladigan va lalmikor yerlarda ekiladi. Kuzgi javdar 0 ‘zbekistonda oraliq ekin, ko‘k massasi va doni uchun yetishtiriladi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi javdar oraliq ekin sifatida yetishtirilganda ko‘k massa hosili 300-350 s/ga ga yetadi. Doni uchun kam ekiladi. Sug‘oriladigan yerlarda, almashlab ekishlarda, g‘o‘zadan keyin oraliq ekin sifatida yetishtiriladi. Sholichilikka, paxtachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklarda kuzgi javdar siderat ekini sifatida ekiladi. Lalmikorlikda toza shudgorga joylashtirilganda yuqori hosil beradi. K uzgi ja v d a rn in g kuzgi b u g 'd o y g a n isb atan o ‘tm ish d o sh larg a talabchanligi kam. Kuzgi javdar oraliq ekin sifatida ekilib, erta bahorda tuproqqa qo‘shib haydab y ub orilgandan keyin g ‘o ‘za ekilganda, paxta hosildorligi gektaridan 3-4 sentnerga oshgan. Kuzgi javdardan keyin joylashtirilgan g‘o ‘zaning vilt bilan kasallanishi keskin kamayadi. Sug‘oriladigan yerlarda kuzgi javdar uchun eng yaxshi o ‘tmishdoshlar g‘o ‘za, kartoshka, sabzavot, poliz, dukkakli don, qandlavlagi hisoblanadi. Kuzgi javdar ham jud a k o ‘p qishloq xo‘jalik ekinlari (kartoshka, ildizmevalar, m akkajo‘xori) uchun yaxshi o ‘tmishdosh. Bir yillik ikki pallali begona o ‘tlarga agrotexnik usulda qarshi kurashishda keng q o ‘llaniladi. Kuzgi javdar bir maydonga don uchun surunkasiga ikki yil ekilganda ham yaxshi hosil beradi. Sug‘oriladigan yerlarda o ‘stirish texnologiyalariga rioya qilinganda, har gektardan 50-60 s don hosili yetishtiriladi. Download 95.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling