Oʻ zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻ ona filiali sport turlari faoliyati fakulteti mbtjts 04-21 guruh talabasi Mamajonov Oybekning Falsafa fanidan tayyorlagan mustaqil ishi


Islomning muqaddas manbaalari. Hadislar. Buyuk muhaddislar


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana24.12.2022
Hajmi0.61 Mb.
#1054775
1   2   3
Bog'liq
MAMAJONOV OYBEK 04-21 FALSAFA

Islomning muqaddas manbaalari. Hadislar. Buyuk muhaddislar
Qur’oni Karim Islom dinining asosiy ilohiy, muqaddas kitobidir. Islom dinida 
aytilishicha Qur’on Allohning kalomi (kalomulloh) bo’lib, uning har bir kalomi 
Alloh tarafidan so’zma-so’z nozil etilgan va Jabroil alayhissalom orqali 
payg’ambarga yetkazilgan. Alloh taolo tarafidan oxirgi payg’ambar Muhammad 
alayhissalomga yuborilgan bu so’nggi kitob to qiyomat-qoyim bo’lgunga qadar, 
insonlar orasida abadiyan amal qiladi deyiladi.
Islomda aytilishicha Qur’oni Karim va Islom dini muayyan qabila, xalq, 
elatlarga yuborilgan bo’lmay, balki butun bashariyatga, yer yuzidagi barcha 
xalqlarga nozil etilgan.
Qur’onning nozil qilinishi-vahiy qilib yuborilishi muqaddas ramazon oyining 
yigirma yettinchi kuni kechasi boshlangan. Shuning uchun ham bu oy muqaddas 
hisoblanib, ro’za tutilgan kunning yigirma yettinchi kechasi “Laylat ul-Qadr”, 
ya’ni qudrat kechasi, ilohiy qudrat namoyon bo’lgan tabarruk kecha deb 
ulug’lanadi.
Qur’ondaa aytilishicha Islom aqidalari, e’tiqod talablari, xuquq va axloq 
me’yorlari, inson uchun foydali bo’lgan, har bir zamonga to’g’ri keladigan va 
qiyomatgacha o’zgarmaydigan hikmatli hukmlar yozilgandir. Qur’oni karimning 
asosiy mavzusi va maqsadi bashariyat tafakkurida ko’p xudolikka barham berish, 
yakka xudolikka targ’ib qilish va Islom dinini o’rnatishdir.
Qur’on har xil hajmdagi 30 pora (bo’lak, qism), 114 suraga bo’lindi va 77439 
kalima, 325743 harfdan iborat 6236 oyat joylashtirilib, har bir suraga nom 
berildi, Qur’onning oxirgi oyati payg’ambar vafodan 18 kun avval nozil bo’lgan. 
Qur’onning birinchi surasi - “Fotiha”, oxirgi bir yuz o’n to’rtinchisi - “An-nos” 
surasidir.


Qur’ondagi suralar makkiy va madiniy suralarga bo’linadi. Jumladan, 90 sura, 
4780 oyat Makkada 610-622 yillarda, 24 sura, 1456 oyat Madinada 622-632 
yillarda nozil bo’lgan.
Qur’on Muhammad payg’ambar tomonidan hali jamlanib to’plam holiga 
keltirilmagan edi. Rasullulloh vafot etgan vaqtda Qur’on sahobalar, qori-hofizlar 
tomonidan to’liq yod olinib, xurmo po’stloqlariga, toshtaxtalarga, teri va boshqa 
narsalarga yozib qo’yilgan edi. O’sha davrlarda Qur’onni to’liq holda yod olgan 
sahoba-hofizlaridan 30 kishi sanab o’tilgan. Rasulullohning 24 nafar vahiy 
yozuvchi kotiblari bo’lgan. Ular navbatma-navbat kotiblik qilganlar. Rasululloh 
mirzalaridan eng mashhuri Zayd ibn Sobit raziyallohu anhudir.
Ma’lumki, Muhammad alayhissalom o’qish-yozishni bilmagan: “Siz, ilgari biror 
kitobni tilovat qiluvchi emas edingiz va o’z qo’lingiz bilan xat ham yozgan emas 
edingiz. Aks holda buzg’unchilar, albatta, shubhaga tushgan bo’lur edilar”(29-
“Ankabut” surasi, 48-oyat)
O’uronda aytilishicha Muhammad payg’ambar Qur’on oyatlarini farishta 
Jabroil alayhissalomdan eshitib, yod olgan va sahobalariga aytib, o’qitib, uqtirib 
turgan, ular esa yodlab olganlar. Payg’ambarimiz har bir yangi oyatni qaysi 
suraga taaluqli ekanligini va o’rnini kotiblarga tushuntirib turganlar. Qur’on 
suralari shu tariqa 23 yil davomida yod olingan va xatga bitilgan.
Islomning asosiy hujjati bo’lgan Qur’on musulmonlarning diniy, ijtimoiy va 
siyosiy hayotida yagona qo’llanma, doimiy yo’lboshchi bo’lib xizmat qilib kelgan. 
Qur’oni Karim jumlalariga biron-bir o’zgartirish kiritish, bironta harfni, xatto 
harflar belgisi-zer-zabarini ham o’zgartirish mumkin emas, qat’iyan taqiqlangan; 
Qur’on ta’limotining markaziy g’oyasi yakkayu yagona Alloh to’g’risidagi 
ta’limotdir. Shuningdek, unda iymon, Allohga ishonch, olamning yaratilishi, 
farishtalar, payg’ambarlar, oxirat-qiyomat, qayta tirilish, qazoi qadar, Islom 
dinining asoslari va boshqa diniy ko’rsatmalar belgilab berilgan. Undagi axloqiy, 
xuquqiy, ijtimoiy, iqtisodiy meyorlar Islom dinining qonunlari majmuasi-
shariatga asos qilib olingan.
Qur’oni Karimning asosiy nomlari:

Qur’on. Mazmuni “O’qish kitobi”. Bu kalom faqat Muhammad a.s.ga nozil 
qilingan ilohiy kitobga qo’llaniladi.



Furqon. Haq bilan nohaqni ajrim qilib beruvchi degani. Bu nom Qur’onga, 
gohida Tavrot va Injil kitoblariga ham qo’llanilgan.

Kalomulloh. Allohning kalomi degani.

Mus’haf. Sahifalangan, muqovalangan kitob degani.
“Qur’on” - arabcha “qara’a” (o’qimoq) felidan olingan. Qur’on suralardan 
iborat. Sura Qur’ondan bir bo’lak bo’lib, eng kami uchta yoki undan ortiq 
oyatlarni o’z ichiga oladi. Qur’onda jami 114 ta sura mavjud. Oyatlar soni esa, 
Qur’on mantlarini taqsimlashning turli yo’llariga ko’ra, 6204 ta, 6232 ta, hatto 
6666 tagacha belgilangan. Bu narsa Qur’on nusxalarining bir-biridan farqli 
ekanligini emas, balki undagi oyatlarning turlicha taqsimlanganini bildiradi.
Suralar Qur’onda o’z mazmuniy izchilligiga yoki o’qilgan vaqtiga, ya’ni 
xronologik tartibiga qarab emas, balki hajmiga ko’ra-avval katta suralar, undan 
so’ng kichik suralar tartibi Muhammad s.a.v. ko’rsatmalariga binoan joylangan. 
Suralarning hajmi ham har hil: eng katta hajmga ega bo’lgan 2-surada 286 oyat 
bor, eng kichik suralar faqat 3 oyatdangina iborat.
Qur’on matnlarining to’planishi, tahrir qilinishi va muqaddas yozuv sifatida 
e’tirof etilishi Muhammad vafotidan keyin 20-25 yil davomida, dastlabki xalifalar 
Abu Bakr, Umar, Usmon davrida amalga oshirilgan.
Muhammad suralarni yoddan o’qigan, targ’ibot vaqtida musulmonlar ham uni 
yod olgan. Boshqa xalqlardagidek, arablar o’rtasida ham folklorga hos she’rlar, 
rivoyatlar faqat yod olish va og’izdan-og’izga ko’chirish yo’li bilan avloddan-
avlodga o’tib saqlangan. Faqat ayrim savodli kishilargina ba’zi suralarni 
pergament, yog’och tahtakach, kurak suyaklariga yozib olganlar. Suralarni to’la 
yodlab olgan musulmonlar anchagina bo’lgan.
Abu Bakr hukmronligi davrida barcha suralarni to’la yod bilgan 7 tagina odam 
qolgan edi. Muhammad umrining oxirlarida 5 yil davomida unga kotiblik qilgan 
Zayd ibn Sobit bitta suraning oxirinigina bilmagan, qolgan barcha suralarni yod 
bilgan. Ko’pchilik musulmonlar ayrim sura yoki parchalarni yod bilganlar, xolos. 
Binobarin, yana bir necha janglardan so’ng suralarni yod bilgan odamlar 
qolmasligi va Qur’on matnini tiklash mumkin bo’lmay qolish xavfi paydo bo’lgan.
Shuni hisobga olib, Abu Bakr eng yaqin safdoshi Umar maslahati bilan 633 
yilda Qur’on suralarini to’plab, dastxat qildirishga qaror bergan va bu vazifani 
bajarishni Zaydga topshirgan. Rivoyatlar bo’yicha, u masjidga o’tqazib 


qo’yilgan, sahobalardan har biri o’zi bilgan suralarni o’qigan, Zayd yozib 
borgan. Har bir sura, parcha yoki oyatlar qismini avval bir kishi o’qib,so’ngra 
ikkinchi kishi o’qiganda aynan mos kelsa, o’shandagina yozib borilgan. Bu 
to’plam dastavval Suhuf (sahifalar) deb nom olgan. Binobarin, u alohida 
pergament sahifalarga yozilgan bo’lishi kerak. Lekin bu nusha saqlanib 
qolmagan. U haqidagi ma’lumotlarni biz faqat ilk manbalardangina bilamiz.
Qur’onning hozirgi nusxasidagi 114 ta sura bilan taqqoslab ko’rilsa, Suhufda 
hammasi 109 ta sura bo’lganligi va 1, 34, 41, 45 va 96-suralar bo’lmaganlligi 
aniqlanadi. Shundan ham ma’lum bo’ladiki, Suhuf tarkibi to’la bo’lmagan.
Oradan 17-18 yil o’tgach, ilgaridan o’z ixtiyorlari bilan suralarni yozib 
yurgan va alohida to’plam qilib olgan ayrim kishilar qo’lidagi nushalarni 
xalifalikning ayrim shaharlarida o’qish va ibodatxonalarda ulardan foydalanish 
kengayib borgan sari ana shu nushalar orasidagi tafovut sezilib borgan. Bunday 
nusxalarni ayrim shaxslar o’z ixtiyori bilan to’plab yurgan, shu sababli ularda 
Suhufga nisbatan ba’zi suralar yo’q, yoki aksincha, Suhufda yo’q suralar bor 
bo’lgan. Ilohiy yozuvda kelajakda yuz berishi mumkin bo’lgan xilma-xilliklarning 
oldini olish maqsadida Usmon barcha dastxatlarni to’plab, taqqoslab chiqish va 
ular asosida bo’lajak Qur’onning yagona nushasini tayyorlashga amr bergan va 
o’zi bu ishga bosh bo’lgan.
Ma’lumotlar bo’yicha Muhammadning yaqin sahobalaridan Ubay ibn Ke’b 
(vafoti 643), Ibn Ma’sud (vafoti 650) va boshqalarning xususiy to’plamlari 
bo’lgan. Bular Damashq, Kufa, Basra, Homis shaharlarida amalda qo’llanilgan.
Usmon amrini bajarish uchun to’rt kishilik guruh belgilangan. Unga Zayd 
rahbarlik qilgan, uning tarkibiga Qur’onni yahshi bilgan sahobalardan az-
Zubayr, al-Os, ibn Hishomlar kiritilgan. Bular barcha nusxalar va topilgan 
suralarni qaytadan tekshirib, taqqoslash asosida yagona nusxani tayyorlagan. 
Ilgarigi shahsiy nusxalarning barchasi yo’qotilgan. Yangidan dastxat qilingan 
yagona nusxa tarixda “Xalifa Usmon mushafi” deb nom olgan. Lekin ayrim 
nusxalar saqlanib qolgani ham ma’lum. Masalan, mashhur avstraliyalik 
arabshunos olim Adam Mes o’zining “Musulmanskiy renessans” kitobida o’rta 
asr arab tarixchisi al-Javziyga asoslanib, bir voqeani keltiradi. 1008 yilda rasmiy 
Musxafdan farq qiladigan va Ibn Ma’sudning qo’lyozma nushasi degan nom 
ostida yana bir bor Qur’on dastxati paydo bo’lgan, qozilar hukmi bilan yoqib 
yuborilgan. Usha kuni yarim kechada dastxatning egasi paydo bo’lib, uni yoqib 
yuborilganini bilgandan keyin, bu ishni qilganlarni la’natlagan. Bunga javoban 
uning o’zi ham o’limga hukm qilingan. Har holda XI asr boshida yuz bergan ana 


shu voqeadan keyin, rasmiy Mushafdan farq qiladigan Qur’on nusxasining 
topilgani haqida biror ma’lumot uchramaydi.
Usmon buyrug’i bilan yozilgan Mushaf Madina shahrida saqlanadi. 1964 
yilda u yerda nashr qilingan Madina shahridagi islom yodgorliklari haqidagi 
kitobda, bir necha asrlar davomida Mushaf Madinadagi Muhammad masjidida 
saqlangani, keyinchalik islom mamlakatlari tomonidan masjid yaqinida ana shu 
Qur’onni va Muhammaddan qolgan muqaddas yodgorliklarni saqlash uchun 
maxsus qurilgan binoda saqlanayotgani qayd qilingan.
Mushaf qo’lyozmasi tayyor bo’lgandan keyin tez orada Usmon buyrug’i 
bilan undan 2 nusha (ba’zi ma’lumotlar bo’yicha 4 nusxa) buqa terisiga kufiy 
alifbosida ko’chirilgan va o’qishda hamda ibodatda barcha yerlarda Qur’onning 
yagona matnidan foydalanishni amalga oshirish maqsadida, bu nusxalar Kufa, 
Basra, Damashq va boshqa shaharlarga yuborilgan.
Hozirgi kunda Islom olamida 4 ta qadimiy Mushaf nusxalarining borligi 
ma’lum. Ulardan biri Madinada saqlanayotgan asl nusxasi bo’lib, islom 
manbalarida u “Imom” nomi bilan tilga olinadi. Ikkinchi nusxa Ka’bada, 
uchinchi nusxa Qohiradagi Misr milliy kutubxonasida saqlanmoqda. To’rtinchisi 
Toshkentda O’zbekiston xalqlari tarixi muzeyida saqlanib, 1989 yil boshlarida 
Movarounnahr musulmonlari diniy boshqarmasiga topshirilgan.
Mushaflarning bu nusxasining qanday qilib Markaziy Osiyoga kelib qolgani 
haqida bir necha xil tarixiy ma’lumotlar va rivoyatlar saqlangan. Ular qisman 
ilmiy adabiyotlarda ham tilga olingan. Mushafning Samarqanddan 1865 yilada 
Sankt-Peterburgga olib ketilgani, 1920 yilda musulmonlarga qaytarib berilgani, 
1923 yilda Toshkentga olib kelingani yoritib berilgan.
Biz bu masalaga mufassal to’xtalib o’tirmaymiz. Shuni ilova qilib aytish 
kifoyaki, bu mushafning Markaziy Osiyoga olib kelinishi bilan bog’liq bo’lgan 
ma’lumotlar ichida tarixiy jihatdan asoslirog’i va ishonchlirog’i sohibqiron Amir 
Temurning Iroqdan Samarqandga Qur’onning qadimiy bir nusxasini jo’natgani 
haqidagi ma’lumot deb hisoblash mumkin.
Mushaf keyinchalik musulmon olamida tarqalgan va minglab marotaba 
nashr qilinayotgan Qur’onning asl nusxasi hisoblanadi. Qur’on qayerda nashr 
qilinmasin, uning birinchi sahifasida Usmon mushafi matniga muvofiq ekani 
yozib qo’yilgan bo’ladi.


Qur’on suralarining to’planishi va dastxat qilinishi ilk islom manbalarida 
batafsil bayon etilgan va islomda eng keng tarqalgan yo’nalishi sunniylikda 
e’tirof etilgan.
Dastlab islom jamoasida faqat Qur’on dinshunoslikning, shu bilan birga 
huquqning asosi va manbai deb tan olingan. Lekin arab istilosi davrlarida (632-
751 yillar atrofida) bu manbaaning o’zi talabni qondira olmagach, asta-sekin 
uning yoniga boshqa manba (sunna) qo’shilgan.
Zabt etilgan Osiyo oldi, Markaziy Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlarida 
eski arab jamiyatiga qaraganda nisbatan murakkab iqtisodga, ijtimoiy 
munosabatlarga va madaniyatga ega bo’lgan jamiyatga duch kelganlar. Arablar 
zabt etgan mamlakatlarda yer-mulk munosabatlari, shahar hayoti, mulkiy 
qonun-qoidalar majmui, hokimiyat tashkilotlari, ijtimoiy-maishiy hayot arablar 
mamlakatlaridagiga qaraganda ancha murakkab edi. Bu yerlarda arablar bir 
qator muammolar va talab-ehtiyojlarga duch keldilarki, ularga Qur’on to’la 
javob bera olmas edi. Bu davrlarda hali arablar diniy jamoa va davlat, din va 
siyosat, diniy qonun va davlat huquqini aniq farqlamaganliklari tufayli yangi 
ijtimoiy munosabatlarga asoslanadigan hayotning hamma talablariga javobni 
istilochilar din nufuzi bilan asoslashga harakat qilganlar. Shundagina go’yo 
payg’ambar Muhammad hayotligida bo’lib o’tgan amaliy ishlar va uning 
taxminiy so’zlariga tayana boshlaganlar. Ayni vaqtda bu usulni qo’llashda 
taqvodorona soxtakorlikdan ham hazar qilmas edilar. Shu tariqa pand-
nasihatlar yig’indisi - Sunna shakllangan.
Arabcha Sunna (as-sunna, ko’plikda sunan) - yo’l, yo’nalish, ko’chma 
ma’nosi - “ajdodlardan qolgan urf-odatlar”, ya’ni “rivoyat”, “naql”, “xotira”, 
“odat”, “hatti-harakat” ma’nolarini beradi.
Sunna islomda Qur’ondan keyingi, uni to’ldiruvchi manba, islom ilohiyoti va 
shariatining ikkinchi asosi sifatida e’tirof etilgan. U VII asr o’rtalaridan e’tiboran 
yig’ila boshlagan. Unda arab xalifaligidagi sinfiy munosabat, ijtimoiy ziddiyatlar, 
islom mafkurasi doirasidagi ichki kurashlar o’z ifodasini topgan. Islomgacha 
davrdagi Arabistonda bu nom bilan odat tusini olgan axloqiy-huquqiy yo’l-
yo’riqlar majmuasi- Shimoliy Arabistondagi eski jamoaning oddiy huquqlari 
atalgan. Sinfiy jamiyat va islom vujudga kelgandan so’ng bu eski arab majusiy 
sunnasi rad etilib, asta-sekin yangisi, musulmon sunnasi bilan almashtirila 
boshlangan. Eskisidan yangisiga o’tgan qismlar esa go’yo payg’ambar 
ko’rsatmasi sifatida talqin qiinar edi. Keyin, arab harbiy yurishlaridan so’ng 
Musulmon sunnasiga ko’plab Rumo, Vizantiya va Eron hududidan olingan 


xristian, iudaizm, zardushtiylik dinlari elementlari kirgan, lekin yana ular 
payg’ambardan kelayotgan qoida va yo’l-yo’riqlar sifatida ifodalangan.
Musulmon sunnalari ko’plab hadislardan tashkil topgan. Hadis so’zining 
dastlabki ma’nosi (arabchada ko’plikda “ahadis” so’zidan) -“xabar”, “hikoya”, 
“bildirish”, tor ma’noda - “parcha” (sitata). Rasmiy ma’noda hadis-Muhammad 
so’zlari va amaliy ishlari haqidagi rivoyatlardir. Bu ma’noda hadis faqat 
Muhammad so’zlariga nisbatangina ishlatiladi.
Ba’zi ulamolar esa, hadis deganda faqat Payg’ambarninggina emas, balki 
sahoba va tobeinlarning ham bergan xabarlarini tushunadilar.
Ba’zi hadisshunoslar faqat Payg’ambar so’zlarinigina hadis deb, 
boshqalarnikini esa xabar deb ataganlar. Shu boisdan ham Payg’ambar 
hadislarini to’plovchilarga muhaddis, boshqa tarix, qissa kabilarni naql 
qiluvchilarga axboriy deyilgan.
Qandayligidan qat’i nazar, har qalay. Hozir musulmon olamida hadis 
deyilganda Payg’ambarning so’zlari, fe’l va atvorlari tushuniladi.
Hadis - islomda Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblangan. Bunda 
Muhammadning hayoti, faoliyati va ko’rsatmalari, uning diniy, axloqiy 
dasturlari ham o’z ifodasini topgan. Muhammad biror gap aytgan yoki ma’lum 
ishni qilib ko’rsatgan bo’lsa, yoxud boshqalarning qilayotgan ishini ko’rib, uni 
man etmagan bo’lsa shu uch holatning har biri hadis deb atalaveradi. 
Ma’lumki, hadislarda islom ahkomlari, ya’ni farz, vojib, sunnat, mustahab, 
halol, harom, makruh, muboh kabi amal turlaridan tashqari, axloq-odobga doir 
dasturlar talqin etiladi. Unda xalq orasida keng tarqalgan axloq-odobga doir 
maqol, qimmatli, hikmatli gaplar ham qamrab olingan.
Hadislarni saqlab, kelajakka yetkazuvchilar birinchi navbatda sahobalar-
payg’ambarning qarindoshlari, do’stlari, yordamchilari va shogirdlari, uning 
o’limidan keyin asosan Madinada yashab kelganlar hisoblanganlar.
Adabiyotlar:
1.
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. Тoshkent, «O’zbekiston», 
2012 yil.
2.
“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasi 
qonuni (yangi tahriri). T.: Adolat 1998 yil.


3.
Prezident I. A. Karimovning O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 23 
yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so’zi. Xalq so’zi gazetasi 
2014 yil 1 sentyabr soni.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling