O’ zbekiston r espublikasi a xborot t exnologiyalari va
To‘lqin uzatgichning xususiyatlari bilan bog‘liq dispersiya
Download 302.44 Kb. Pdf ko'rish
|
Topshiriq 5 6
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qutblangan moda dispersiyasi
To‘lqin uzatgichning xususiyatlari bilan bog‘liq dispersiya
To‘lqin uzatishbilan bog‘liq(tola) dispersiya – bu impulslarni tarqalish tezligini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligidir. Xar qanday real nurlanish manbalari ma’lum chastota polosasida to‘lqin uzunliklarini nurlantiradi desak, turli to‘lqin uzunligiga ega yorug‘lik impulslari toladan turli vaqt bo‘yicha kechikib keladi. Natijada boshlang‘ich impulslar buziladi. Signallarni turli to‘lqin uzunligida turli tezliklarda uzatilishi yuqorida keltirilgan edi. Shuningdek yuqorida aytib o‘tilgandek 1310 nm to‘lqin uzunligida dispersiya qiymati minimal bo‘lib, nolga teng. Dispersiyani nol qiymati so‘nish qiymatlari kichik bo‘lgan 3-tiniqlik oynasiga surilgan. Bu kvars shishasini ligerlash yordamida amalga oshiriladi. Bu tolalardan yuqori tezlikli tizimlarda, shunigdek oraliq punklar soni kam bo‘lgan signallarni uzoq masofalarga uzatishda qo‘llaniladi. 2-rasmda turli tolalar uchun xromatik dispersiya qiymatlarini to‘lqin uzunligiga bog‘liqligi keltirilgan. Uzatish liniyasining xromatik dispersiya qiymati quyidagilarga sezgir: • tandem bog‘lanishlar sonini va uzatish liniyasi uzunligini oshishiga; • uzatish tezligini oshishiga. WDM to‘lqin bo‘yicha (spektr bo‘yicha) zichlashtirilgan tizimlarda xromatik dispersiyaga quyidagilar ta’sir qiladi: • kanallar orasida qadamni kamayishi; D, пс/нм·км , нм -40 -32 -24 -8 0 8 16 24 32 40 -16 1100 1200 1400 1500 1600 1300 1 2 • kanallar sonini oshishi. Xromatik dispersiyani kamaytirish uchun dispersiyani kompensatsiyalash usullaridan foydalaniladi. Qutblangan moda dispersiyasi Bir modali optik tolalarda asosan bitta asosiy moda uzatiladi. Biroq, qutblanishni hisobga olsak bir modali tolalarda ikkita moda uzatiladi. Ular boshlang‘ich asosiy modaning o‘zaro perpendikulyar qutblangan ikki tashkil etuvchilaridir. Bu tashkil etuvchilaridan biri dominant hisoblanib, gorizontal X o‘qi bo‘ylab, ikkinchisi vertikal yuzadan Y o‘qi bo‘ylab tarqaladi. X o‘qidan uzatilgan moda Y o‘qidan uzatilgan modaga nisbatan tez yetib borgani uchun X o‘qini “tez uzatadigan o‘q”, Y o‘qini “sekin uzatadigan o‘q” deyiladi. Signal ideal aniq geometriyaga ega toladan uzatilganda edi, modalar qabul qiluvchi punktga bir xil tezlikda, bir xil vaqtda yetib borardi. Lekin, amaliyotda tolaning geometrik noidealligi, shuningdek turli mexanik va optik omillar tufayli sindirish ko‘rsatkichlarining assimetriyasini yuzaga kelishi sababli ikki o‘zaro perpendikulyar qutblangan modalar vaqt bo‘yicha turlicha kechikishi natijasida turli tezliklarda tarqaladi. Tola chiqishida boshlang‘ich signalni asosiy modasi buzilgan xolda yetib keladi. Ikki o‘zaro perperdikulyar qutblangan tashkil etuvchi modalarni turli tezliklarda tarqalishidan boshlang‘ich signalni buzilgan xolda qabul qilinishi qutblangan moda dispersiyasi (QMD) hisoblanadi. Qutblangan moda dispersiyasi (QMD)ni hosil bo‘lishiga asosiy sabab bu tola o‘zagining geometriyasini buzilishi, noidealligidir. Tola o‘zagini noidealligi (ovalligini buzilishi), tola geometriyasining o‘zgarishi ishlab chiqarish yoki foydalanish jarayonlarida yuzaga keladi. Shuningdek, qutblangan moda dispersiyasini hosil bo‘lishiga olib keladigan tola geometriyasining o‘zgarishiga tolani bukilishlari, tolani jo‘natish uchun maxsus g‘altaklarga o‘rash, so‘ng uni yotkazishdagi mexanik harakatlar ham ta’sir qiladi. Bu harakatlar tola deformatsiyasiga olib keladi va tolani profilini yoki o‘zakni qobiq markazida joylashuvini buzadi. Qutblangan moda dispersiyasi pikosekundda (ps) da o‘lchanadi. Tola defektlarini qo‘shilishi va qutblangan moda dispersiyasi bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lishi natijasida seksiyadan seksiyagacha signal yetib borguncha qutblangan moda dispersiyasi oshib boradi. Tolani xarakterlovchi bunday xoldagi qutblangan moda dispersiyasi ps/nm -1/2 da o‘lchanadi. Bir necha seksiyalardan iborat trassa uchun har bir uchastkalarga mos keluvchi qutblangan moda dispersiyalarini o‘rtacha kvadratik yig‘indisini qo‘llash kerak. Tolali optik aloqa tizimlariga qutblangan moda dispersiyasini ta’siri ushbu xollarda oshadi: kanalda uzatish tezligi oshganda; regeneratorlar orasidagi masofa uzaytirilganda; kanallar soni oshganda (DWDM)- zich spektr bo‘yicha zichlashtirilgan texnologiya qo‘llanilganda. Tolani ishlab chiqarish jarayonini qat’iy nazoratga olish bilangina qutblangan moda dispersiyasi qiymatini kamaytirish mumkin. ` Download 302.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling